O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

6.2. Axloqqa oid asarlar tarjimalari 
“Axloqi  Muhsiniy”  mavlono  Husayn  bin  Ali  Voiz  al  Koshifiy-
ning (910/1505-yilda vafot etgan) asari bo„lib, u temuriylardan Sulton 
Husayn  Mirzoning  o„g„li  shahzoda  Muhsinga  bag„ishlagan.  (Kitob-
ning  nomi  ham  shundan  olingan).  Bu  kitob  o„zbek  tiliga  bir  necha 
marta tarjima qilingan. Birinchi marta Xivada mashhur shoir Muham-
mad Rizo Ogahiy tomonidan forschadan 1275/1858-yilda o„zbek tili-
ga  ag„darildi  (inv.  №  1597/1);  qo„lyozmaning  hajmi  432  bet  bo„lib, 
mulla Bobojon Xudoyberdi o„g„li Sanoiy tomonidan ko„chirilgan. 
“Haft kishvar” (Yetti mamlakat) nomli asarni kotib Sanoiy laqabli 
mulla  Bobojon  Xudoyberdi  o„g„li  1278/1861-1862-yilda  ag„darib, 
qo„lyozmani  o„zi  ko„chirgan.  “Haft  kishvar”ning  muallifi  Faxri  bin 
Amiri Heraviy bo„lib, uning o„zi Navoiyning “Majolisun-nafois” asa-
rini fors tiliga tarjima qilgan, “Haft kishvar” axloqqa oid she‟riy asar-
dir. “Nasihatul-mulk” (Podshohlarga nasihat) Abu Homid Muhammad 
bin  Muhammad  ul-G„azzoliy  tomonidan  fors  tilida  yozilgan.  U 
505/1111-yilda  vafot  qilgan.  Bu  asar  fors  tilidan  arab  tiliga  tarjima 
qilingan.  Muallif  asarni  saljuqiylardan  1105–1118-yillarda  hukm 
surgan Malikshohga bag„ishlagan.  
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling