O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
-MA‟RUZA VAQTLI MATBUOTDA TARJIMA QILINGAN ASARLAR
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
8-MA‟RUZA
VAQTLI MATBUOTDA TARJIMA QILINGAN ASARLAR HAQIDA Reja: 1. “Sho„ro” jurnalida arab, fors, turk tillarida qilingan tarjimalar 2. “Sho„ro” jurnalida rus tilidan tarjima qilingan asarlar 3. Vaqtli matbuotda 1905-yildan keyin bosilgan tarjimalar Tayanch so„z va iboralar: “Sho„ro” jurnali, “Tarjimon” gazeta- si, “Turkiston viloyatining gazeti”, vaqtli matbuot, ilg„or demokratik intelligensiya. O„rta Osiyoda, shu jumladan O„zbekistonda gazeta va jurnallar dastlab chiqarila boshlagan davrdan uning sahifalarida diplomatik hujjatlar, telegramma xabarlardan tortib, arab, fors-tojik tillaridan ba‟zi bir hikoyalar, rus tilidan ilmiy, badiiy asarlarning tarjimalari bosila bordi. Ma‟lumki, XIX asr oxiri, XX-asr boshlarida, ayniqsa, 1905-yil to„ntarishidan so„ng turkiy tillarda gazeta-jurnallar chiqa boshladi. Rossiya tarkibida yashovchi turkiy xalqlar ichida tatar tilida ko„proq gazeta-jurnallar chiqar, ular tarjima ishlarida ham boshqalarga qaraganda oldinda edi. Qrimda 1882-yilda “Tarjimon” nomli maxsus gazeta chiqarilib, uning bir tomonida rus tilida, ikkinchi tomonida qrim-tatar tilida ayni bir material tarjima qilinib bosilar edi. “Tarjimon” Osiyoda, jumladan hozirgi O„zbekiston hududida ko„p tarqalgan gazetalardan biri edi. Bu tipdagi, ya‟ni ikki tilli gazeta 1882-yilgacha boshqa turkiy tillarning birontasida chiqarilmas edi. “Tarjimon” gazetasida maqola, xabarlar ruscha yozilsa, uni qrim- tatar tiliga, agar qrim-tatar tilida yozilsa, rus tiliga sistemali ravishda tarjima qilinar edi. Faqat ba‟zi mahalliy xabarlar yoki arabcha, fors- chadan tarjima qilingan hikoyalargina rus tilida berilmas edi. “Tarjimon” gazetasi “Hikoya” rubrikasi ostida 50-sonidan bosh- lab “Ming bir kecha”ning tarjimasi bosa boshladi. Bu bilan gazetxon- larni arab xalqining ajoyib adabiy yodgorligi bilan birinchi martaba vaqtli matbuotda tanishtirdi. “Turkiston viloyatining gazeti” (u “Tarjimon”ga qaraganda o„n ikki yil ilgari chiqa boshlagan) ikki tilda nashr etilmasa ham, dastlabki yillardanoq tarjima ishlariga o„z sahifalaridan o„rin ajratdi. 93 “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida tizimli ravishda ilmiy va badiiy tarjima asarlari bosilib turdi. Gazetadagi barcha material- larni Shohmardon Ibrohimov tarjima qilgan. Bu gazeta sahifalarida 1872-yil dekabridan boshlab “Bir ming va bir kechada aytilgan afso- nalar” tarjimasi berib borildi va bu ish 2 yilga yaqin davom etdi. “Turkiston viloyatining gazeti” chorizm manfaatlarini qanchalik ko„z- lamasin, baribir uning sahifalarida progressiv olimlar, shoirlar-ning so„zlari, rus tili, madaniyati haqidagi qimmatli fikrlar bor edi. 1906- yil, 2-yanvarda “O„rta Osiyoning umr guzorligi” gazetasi chiqa bosh- ladi. Gazeta muallifi, muharriri va noshiri Ivan Geyr bo„lib, uning yor- damchilari mulla Olim mahzum bilan tarjimon Aydarov edi. Ammo gazetaning umri uzoq bo„lmadi: 3 oydan so„ng hukumat uni taqiqla- gani sababli yopilgan edi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling