O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


“Sho„ro” jurnalida arab, fors, turk tillarida qilingan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

8.1. “Sho„ro” jurnalida arab, fors, turk tillarida qilingan 
tarjimalar 
1910-yilda  shoir  Dardmand  Shayx  Sa‟diydan  bir  qancha  she‟rni 
tarjima  qiladi
5
, shu vaqtdan boshlab uning “Guliston” dostonidan bir 
qancha she‟r, hikoyalar bosila boshlaydi. Jurnal “Guliston” va “Bo„s-
ton”  asarlarining  tarjimasiga  alohida  ahamiyat  berib,  bu  haqda  qator 
maqolalarni bosib chiqardi. 1914-yil Najib bin Badriddinning “Gulis-
ton tarjimasi munosabati bilan” degan maqolasi bosiladi. “Guliston”ni 
tarjima qilishni istagan bir tarjimonning (muallif o„z nomini aytmaydi) 
“Muhtaram  shoirlarimizdan  bir  rijo”  degan  maqolasi  e‟lon  qilinadi. 
Unda tarjimon “Guliston”ni tarjima qilish prinsiplari haqida o„z fikrini 
aytib, shoirlardan bu haqda fikr-maslahatlar so„raydi
8
. Shundan keyin 
juda  ko„p  shoir,  tanqidchi,  tarjimonlar  bu  masala  haqida  o„z  fikr-
mulohazalarini jurnal sahifalari-da bayon qiladilar. Ufadan Said Rami-
yev “Guliston” tarjimasi haqi-da» degan sarlavha ostida ushbu asarni 
tarjima  qilish  prinsiplarini  mufassal  yozadi.  Yana  Shayx  Sa‟diyning 
bu dostonini tarjima qi-lishga talabgor bo„lgan o„sha kishi “Guliston” 
tarjimasi  haqida»  qator-qator  maqola  va  o„z  tarjimasidan  namunalar 
bostirib chiqardi. 
Olimjon-ul  Idris  o„z  davrining  madaniy,  o„qimishli  bir  tarjimoni 
bo„lib,  u  fransuz  tilidan  xam  bemalol  tarjima  qila  bilgan  (“Sho„ro” 
jurnalining  1914-yil,8-soniga  qarang).  1914-yilning  o„rtalariga  borib, 
Umar Xayyomning ruboiyotida  she‟riy tarjimalar bosildi. 


 
94 
Umar Xayyom ruboiylarini kollektiv bo„lib tarjima qilish tajribasi 
ham ro„y berdi. Bu tarjimalar jurnalning 1917-yilda chiqqan bir qan-
cha sonlarida bosila bordi (2 va 4-sonlariga qarang). Lekin mualliflar 
o„z nomlarini to„la yozmay, faqat bosh harflarini (“M.S.I.Ch”) qo„y-
ganlar,  xolos.  Jurnalning  11  va  13-sonlarida  chiqqan  Umar  Xayyom 
ruboiylarining tarjimasiga esa “M.S” deb imzo chekilgan. 
Jurnal  Hofiz  Sheroziy  she‟rlari  tarjimasiga  ham  alohida  diqqat 
qildi  va  shoirning  ijodi  hamda  uning  asarlari  tarjimasining  sifati 
to„g„risida bir qancha maqolalar bosib chiqardi. 
Tarjimon Musa afandi Hofizning devonini tarjima qilar ekan, jur-
nal bu haqda o„quvchilarga darhol ma‟lumot berdi (1912-yil, 6-soniga 
qarang). Ikki yildan so„ng„ (1914-yil, 18-sonda) Hofiz Sheroziy haqi-
da  katta  bir  maqola  yozilib,  unda  shoirning  devoni  Yevropa  tillariga 
tarjima qilingani haqida mufassal ma‟lumot berilgan. 
Shayx  Sa‟diyning  she‟rlarini  tarjima  qilgan  Muhammad  Said 
Ahmad Jalil ham Hofiz Sheroziyning devonidan bir qancha she‟rlarni 
1916-yilda tarjima qildi. Bular ham jurnal sahifalaridan o„rin olgan. 
“Kalila va Dimna”ni arab tiliga tarjima qilgan ibn Muqaffa‟ haqi-
dagi  maqolalar  “Sho„ro”  jurnalida  tarjima  masalalariga  oid  bosilgan 
eng  yaxshi  ilmiy  maqolalardan  hisoblanadi.  Biz  bu  maqola  haqida 
yuqorida  “Kalila  va  Dimna”  tarjimasi  to„g„risida  yozganimizda  to„x-
tab o„tgan edik. A.Sa‟diev tomonidan yozilgan “Tarixul-ulum” (Ilmlar 
tarixi) sarlavhali ilmiy maqolada (1909-yil, 5-son) tarjimaga aloqador 
ko„p  gaplar  bor.  Bizningcha,  “A.Sa‟diev”  20-yillardan  keyin  umrini 
O„zbekistonda  o„tkazgan  prof.  Abdurahmon  Sa‟diyning  yoshlikda 
qo„ygan  imzosi  bo„lsa  kerak.  Prof.  A.Sa‟diyning  o„zi  ham  20-yillar-
dan ilgari badiiy tarjima bilan shug„ullangan edi. U 1910-yilda Xolid 
Ziyobekning “Qabrdan tovushlar“ degan asarini turkchadan tatar tiliga 
tarjima qilgan bo„lib, bu asar “Sho„ro” jurnalining bir qancha sonida 
bosilgan (1909-yil, 7-12-sonlar). 
“Sho„ro” jurnali  sahifalarida  badiiy  tarjima sohasida qo„llanilgan 
diqqatga sazovor bir tajribani qayd etib o„tamiz. Chunonchi, o„quvchi-
lardan  biri  tahririyatga  xat  yozib,  falon  muallifning  falon  she‟rlarini 
tarjima  qilishni  iltimos  qiladi.  Tahririyat  bu  she‟rning  asl  nusxasini 
jurnal sahifasida e‟lon qilib, har bir tarjimonni o„sha she‟rni ag„darish-
ga da‟vat etadi. Shundan so„ng tarjimon o„z variantini yuboradi. (Bun-
day ijodiy musobaqada Toshkent, Qo„qon, Karmana tarjimonlari ham 


 
95 
o„z  tarjimalari  bilan  ishtirok  etganlar).  Tahririyat  ularni  o„z  navbati 
bilan bosib chiqaradi.  
Yozuvchi Jyul Vern haqida jurnalda maqola bosilib (1911-yil, 15-
son),  unda  yozuvchining  asarlari  tarjimasiga  katta  e‟tibor  qilingan. 
1911-yilda “So„ng„i dars” degan hikoya fransuz tilidan tarjima qilinib, 
ko„pchilikka manzur bo„lgan (Tarjimon bu hikoyaga “B.Sh” deb imzo 
qo„ygan). Shillerning “Makr va muhabbat” asari L.Mustafiy tarjimasi-
da, Ahmad Gerey Husni noshirligida bosilib chiqdi. (“Sho„ro” jurnali-
ning  1912-yil,  9-sonida  bu  tarjimaning  sifati  haqida  taqriz  bosilgan). 
Jurnal  sahifalarida  leksikografiyaga  doir  ancha  boy  material  e‟lon 
qilindi. Usha davr sharoitida eng katta ishlardan “Lug„ati Xamsa” bo-
silib  chiqdiki,  bunda  turkcha-arab-cha-forscha-ruscha-fransuzcha  lu-
g„atlar tartib qilingan. Bu lug„atni Kamoliddin afandi ibn mulla Tojid-
din tuzgan va uni Qozonda Xaritonov matbaasida bostirgan. “Sho„ro” 
jurnalida “sart” so„zi haqida 1912-yildan tortib to 1917-yilgacha mu-
nozarali  maqolalar  bosildi.
12
  Bu  maqolalarda  “Turkiston  viloyatining 
gazeti“  da  o„zbeklarga  nisbatan  ishlatiladigan  “sart”  so„ziga  qarshi 
keskin gaplar aytilgan. 
Jurnal  sahifalarida,  bulardan  tashqari,  izohli  lug„atlar,  ona  tili  va 
lug„atlarning  ahamiyati,turkiy  tillarda  lug„at  masalasi,  uyg„ur  tili 
lug„ati va hokazolar haqida ko„p maqolalar bosilgan.   

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling