O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Tayanch so„z va iboralar: tarjima san‟ati, erkin tarjima, ijodiy
tarjima, ilmiy aniq va badiiy muqobil tarjima, “Ravzatus-safo”, “Tazkirat ul-avliyo” asarlari. 9.1. Tarjima san‟atida ayrim umumiy va xususiy holatlar Tarjima san‟atida bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilina boshlagan davrdan to hozirgacha ikki tendensiya hukm surib, ularning tarafdor- lari o„rtasida munozara davom etadi. Birinchisi – erkin tarjima, ikkin- chisi – aniq va to„g„ri tarjima. Erkin tarjimada tarjimon o„z istagi bilan tarjima qilayotgan asarni o„zgartirib, ba‟zan unga hatto yangi boblar qo„shib, syujetlarni qisqartirib yoki kengaytirib beradi. Bunday tarji- mada asarning nomini ham o„zgartirish hollari uchraydi. Tarjima tarixida erkin tarjima qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Bizningcha, “erkin” va “ijodiy” tarjima tushunchalarini bir-biridan farqlamoq kerak. Ijodiy tarjima ilmiy aniq va badiiy muqobil tarjima demakdir, ya‟ni asarning ruhini, ma‟nosini, obrazlarini to„la berish demakdir. Erkin tarjima qilish tendentsiyasi hech qachon ustun bo„l- gan emas. Qadimgi tarjimonlar original asarga va uni ijod qilgan muallifga katta hurmat bilan qaraganlar. XX asrning 20-yillarigacha bo„lgan tarjimalarning umumiy xusu- siyatlaridan biri shuki, tarjimonlarning ko„pchiligi shoir va adiblar bo„lib, ular badiiy, tarixiy-falsafiy asarlarni ham tarjima qilganlar. Original tarixiy asarlar mualliflarining o„zlari ham ko„pincha shoir yoki adib bo„lganlar. Tarjimonlar hozirgiday maxsus soha yoki ayrim janrlar bo„yicha ixtisoslashmagan. Hikoyani tarjima qilgan adib tari- xiy asarni, falsafiy kitoblarni ham tarjima qilgan. 99 XX asrning 20-yillariga qadar O„zbekiston hududida biron nash- riyot va yoki biron tashkilot tarjima ishlarini xalqning talab va ehtiyoj- lari asosida rejalashtirib nashr qilmagan. Ko„pincha tarjimonlarning o„zlari asar tanlab o„zlari tashabbus ko„rsatganlar, ba‟zan kitoblar ayrim hukmdorlar, beklar yoki ruhoniylar talabi bilan tarjima qilingan. Tarjima asarlari qo„lyozma holida tarqatilgan, kotiblar ularni ko„chir- ganda ba‟zi bir o„zgarishlar kiritganlar. Shuning uchun tarjima asarla- rining qo„lyozma nusxalarida har xillik bo„lgan. XX asrning 20-yillarigacha bo„lgan tarjima amaliyotida ikki tur- li yo„nalish mavjud edi. Birinchi yo„nalish – asarlarni murakkab yo„l bilan, ya‟ni uzundan-uzoq tuzilgan jumlalar, oddiy kitobxon tushunishi qiyin bo„lgan arabcha, forscha so„zlar, dabdabali ibora- lar bilan tarjima qilish bo„lsa, ikkinchisi – qisqa va aniq jumlalar bilan, xalq jonli tilida, sodda uslubda tarjima qilishdir. O„zbek tarjimachiligi tarixining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, arab va fors tillaridan ko„plab yirik va fundamental asarlar to„la-to„kis, aniq va to„g„ri tarjima qilingan. Halol mehnat bilan tirikchilik qilgan zahmatkash tarjimonlarimiz dunyo adabiyoti xazina- siga kirgan asarlar bilan o„zbek xalqini tanishtirdilar va xalqlar o„rtasidagi madaniy, adabiy aloqani kuchaytirishga o„zlarining munosib hissalarini qo„shdilar. XX asrning 20-yillarigacha bo„lgan tarjimalarning ayrim xusu- siy tomonlari ham bor edi. Ma‟lumki, eski vaqtda kitoblarning nomlari arabcha yozilar edi. Bu hol musulmon xalqlari ichida an‟a- na bo„lib qolgan edi. Masalan, fors-tojik shoiri Nosir Xisravning (1004–1088/89) falsafiy, axloqiy asarlari “Jome ul-hikmatayn” (Ikki hikmatning jami), “Vajhi din” (Diniy dalillar) deb atalgan, Ulug„ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning (1121–1203) mash- hur asarlari “Xamsa” (Beshlik), “Maxzan ul-asror” (Sirlar xazinasi) deb nomlangan. Ulug„ shoir Navoiyning adabiy, tarixiy, ilmiy asar- larining nomlari ham arabchadir. Masalan: “Xamsa” (Beshlik), “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), “Mezon ul- avzon” (Vaznlar o„lchovi), “Mahbub ul-qulub” (Ko„ngillarning sevgani), “Xazoyin ul-maoniy” (Ma‟nolar xazinasi), “Sab‟a-i say- yor” (Yetti sayyora yoki yetti kezuvchi) va b. XIX asrda ham xuddi shu holni ko„ramiz. Masalan, Ogahiy ham ba‟zi asarlariga arabcha nom qo„ygan: “Ta‟viz ul-oshiqin” (Oshiqlarning tumori), “Firdavs ul-iqbol” (Iqbol bog„i) kabi. 100 Tarjima kitoblarining nomlari ba‟zan tamom o„zgartirilib, ularga yangi nom qo„yilish hollarini aytgan edik. Masalan, Jomiyning “Nafa- hot ul-uns” asarini Navoiy tarjima qilib, unga yangi boblar qo„shib, nomini “Nasoyim ul-muhabbat” deb qo„ygan. Ayrim tarjima asarlariga yozilgan so„z boshilarda xonlar va ular- ning vazirlariga atab madhiyalar bitilgan, ayniqsa Xorazm xoni Muhammad Rahimxon haqida haddan ortiq xushomadgo„y maqtovlar, madhiyalar uchraydi. Tarjima qililgan asarlarning xotimasida ba‟zan ayni asarni tarjima qilishning qisqacha tarixi va uning nechanchi yilda ag„darilganligi nazm bilan bayon qilinadi. Masalan, Jomiyning “Yusuf va Zulayxo” asarini tarjima qilgan Ogahiy kitob oxirida: Bu nodir nusxai farxanda anjom, Muborak soat ichra topdi anjom, Yil hijridin erdi bekamu bish, Ming ikki yuz ham sakson besh 1 deb yozadi. Tarjimonlarning kirish so„zlari ularga tarjima qilayotgan asar haqida o„z munosabatlarini bildirishga va shu yo„l bilan asar muallifi- ning ijodini tashviq qilishga katta imkon bergan. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling