O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Tarjimada sinonim so„zlarning o„rni va ishlatilishi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
9.3. Tarjimada sinonim so„zlarning o„rni va ishlatilishi Sinonimlarni o„z o„rnida ishlatish yozuvchining kuch-quvvati va iste‟dodidan darak beradi hamda har bir shoir, har bir adibning bilim doirasi, turmushni anglashi va ayniqsa, xalq jonli tilini qanchalik bili- shini ko„rsatadi. Ulug„ yozuvchilarning asarlarini tekshirib ko„rganda, ularda rang-barang sinonim so„zlarning keng va o„rinli ishla-tilganli- gining shohidi bo„lamiz. Sinonimlar tilning turli nozik ma‟no qirralarini ifodalaydi. Ular fikrni aniqroq, chuqurroq va mukammalroq ifodalashga yordam bera- di. Sinonim grekcha “synonymos” so„zidan olingan bo„lib, “nom- 104 dosh”, “otdosh” degan ma‟noni beradi. Demak, shakl jihatdan har xil, ma‟nolari bir xil yoki uyg„un bo„lgan so„zlar sinonimlardir. Sinonim so„zlarni ishlatish tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. XI asr yozma yodgorligi “Devonu lug„otit turk”da ham sinonim so„z- larning keng ko„lamda qo„llanilgani ma‟lum. S.Mutallibov XI asr yoz- ma yodgorliklarida ishlatilgan so„zlarni uchga bo„ladi: 1. Juda qadimgi vaqtlardan boshlab qabilalarning xos so„zlari tar- zida qo„llanib, u qabilalar birikkanda sinonim holiga ko„chgan so„zlar; 2. Turmush zarurati bilan til taraqqiy qoidalariga muvofiq qo„llanib turgan so„zlardan yangi so„zlar yasash asosida kelib chiqqan sinonimlar; 3. Turmush talablariga muvofiq, chet so„zlarni qo„llash natijasida maydonga kelgan sinonimlar». XI asrdagi yozma yodgorliklarda uchragan sinonim so„zlar juda ko„p, masalan: “Qaychi”ni bildiradigan so„zlar: “kaytu”, “sijdu”, “qo„shpichoq”. “Shahar”ni bildiradigan so„zlar: “qand”, “ulush”, “baliq”. “Molxona” – “og„il”, “otxona”, “uzliq”. “Chumchuq”ni bildiradigan so„zlar: “chungurxa”, “sajo”, “qo„sh- g„och” va b. Bu sinonimlarning bir qismi hozir ham tilimizda aynan o„sha ma‟noda ishlatilsa, ko„pgina so„zlarning ma‟nolari davrlar o„ti- shi bilan o„zgarib ketgan va ba‟zilari iste‟moldan chiqib qolgan yoki o„sha vaqtda sinonim bo„lgan so„zlar hozir sinonimlikdan chiqqan bo„lishi mumkin. Chunonchi, ilgarigi “tuya” so„zining “tavay - atay – engon – davay” kabi hozir ishlatilmaydigan sinonimlari bor. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug„atayn” nomli asarida o„zbek tilining sinonimlarga nihoyatda boy ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdi. Masalan, u o„zbek tilida “ot” ma‟nosida juda ko„p so„z- lar ishlatilishini quyidagicha ko„rsatgan edi. “Yana ot anvoidagi, tubuchoq va arg„umoq va yaka va yobu va totu yo„sunliq – barini turkcha-o„q ayturlar. Va otning yoshin dag„i ko„prakini turkcha ayturlar. Bir qulunni “kurra” derlar. O„zga: toy va g„o„nan va do„nan va tulan va chirg„a va lang„a deguncha fasihroqlari turkcha derlar” 1 O„zbek klassik shoirlarining ko„plari ham ikki tilda (o„zbek va tojik tillarida) so„zlashib, o„sha tillarda she‟rlar yozganlar. Shu yo„l 1 Alisher Navoiy. Muhokamatul-luqatain. –Tashkent, 1940. –B.25. 105 bilan o„zbek tiliga tojikchadan kirgan bir qancha so„zlar sinonimik shaklga kirib qolgan. Masalan, “oltin–tilla”, “yayov–piyoda”, “buloq– chashma”, “o„rnak–namuna”, “manglay–peshona”, “kulgi–xanda”, “kiyik–ohu”, “ulug„vor–buzrukvor”, “yuz–chehra”, “bilim–donish”, “ko„ngil–dil”, “erkak–nar”, “so„z–suxan” va h. Arabchadan kirgan so„zlar evaziga ham sinonimlar ko„paygan. Masalan, “yer yuzi–olam–jahon–dunyo”, “payt–vaqt–zamon”, “go„zal – chiroyli–badiiy”, “daryo–bahr”, “mayda–juz‟iy”, “kunlar–ayyom”, “bog„-firdavs–jannat”, “ayriliq–firoq–hijron”, “tonmoq–inkor”, “ya- gona–nodir–kamyob”, “sevgi–muhabbat” va h. Arab, fors-tojik tilidan kirib kelgan so„zlar o„zbek tilidagi boshqa so„zlar bilan sinonimlarni hosil qiladi. Bunday sinonim so„zlar o„zbek tiliga boshqa tillar: turk, hind, mo„g„ul tillaridan ham kirib kelgan. Forscha matnning eng oxirida kelgan “beguyad” so„zini Ogahiy “dedi”, “aytdi” shaklida tarjima qilmasdan, “izhor etdi” deb juda to„g„ri bergan, zotan, matnda “Andoqkim, debdurlar” so„zlari ishlatil- gach, bosh “dedi” so„zining ishlatilishi takror bo„lib qolar edi. Yuqori- da aytilganlardan xulosa shuki, har bir tarjimon sinonim so„zlarni o„z o„rnida, ma‟nosiga qarab, to„g„ri ishlata bilishi kerak. Sinonimlarni o„z joyida ma‟noga muvofiq holda qo„llash tarjimonning tilga boyli- gini ko„rsatishi bilan birga, adabiy tilning tobora boyishida katta aha- miyat kasb etadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling