O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

10.8. Badiiy tarjima tarixiga doir 
Badiiy  tarjima  siyosiy,  ilmiy  va  publisistik  asarlar  tarjimasidan 
tamom ajralib turadi. Uning o„ziga xos xususiyatlari bor. ХХ asrning 
20-yillariga qadar rus tilidan o„zbek tiliga maqol, matal, masal, ertak, 
hikoya, she‟rlar tarjima qilingan bo„lsa-da, katta asarlar, qissa, poema, 
romanlar va dramatik asarlar tarjima qilinmagan. 
Birinchi  marta  tarjima  qililgan  nasriy  asar  1873-yilda  “Turkiston 
viloyati  gazeti”ning  5-sonida  bosilgan  “Hikoyat”  nomidagi  asar  bo„-
lib, unda Kavkaz asiri Kashimirovning sarguzashti yoziladi. Bu hiko-
yaning davomi gazetaning bir qancha (6, 18, 25) sonlarida bosildi. 
She‟riy asarlar ichida dastlab tarjima qilingani I.A.Krilov masalla-
ri “Fil va laycha”, “Qarg„a va tulki”, “Maymun bilan ko„zoynak” edi. 
(Bular  “Turkiston  viloyati  gazeti”ning  1875-yil,  21-aprel,  10-sonida 
bosilgan).  Birinchi  ocherk  –  “Magilan  hikoyasi”  1875-yil,  10-
sentyabrda  (№  22),  rus  tili  orqali  ag„darilgan  birinchi  nemis  ertagi 
“Latifa” nomli asar edi. 1885-yil 12-apreldan boshlab (Sattorxonning 
gazetada tarjimon bo„lib ishlashining ikkinchi yilida) yunon faylasuf-
larining hikmatli so„zlari turkumi tarjima qilila bordi. 
“Turkiston  viloyati  gazeta”  yunon  donishmandlarining  hikmatli 
so„zlari  tarjimasi  siklini  bosib  tugallagach,  o„sha  yili  10-oktyabrdan 
boshlab L.Tolstoyning “Odamlar nima birlan tirik” hikoyasining tarji-
masini  bera  boshladi.  1887-yilning  oxirida  bu  hikoya  tarjimasi  to„la 


 
124 
nashr  etib  tugallandi.  1888-yilda  esa  Maykovga  bag„ishlangan  she‟r, 
1889-yilda A.Fetning she‟rlari va uning ijodiga bag„ishlangan maqola-
lar  bosildi.  1889-yilda  “Bir  rusiya  shoiri”,  “Ko„klam”,  “Yulduzlar”, 
“Oy” nomli she‟rlarining satrma-satr ag„darmasi o„quvchilarga taqdim 
qilindi. Gazetaning 1890-yil 11-sentyabr sonida “Odam ko„ngli avsa-
ri”
1
 asarining tarjimasi bosilarkan, redaksiya: “Ushbu baytni biz rusiya 
kitobida o„qib, ushbu gazetamizda tarjima qilduk” deb yozgan. 
Oradan  bir  necha  yillar  o„tgach,  1899-yilda  A.S.Pushkinning  tu-
g„ilganiga yuz yil to„lishi munosabati bilan o„tkazilgan yubiley kunlari 
uning haqida maqolalar va yuqorida qayd qilingan “Shoir”, “Shoirga” 
she‟rlari (1899-yil, 20, 28-may), “mazkur Pushkin shoir shoirlik xusu-
sida bul tariqa mazmunlik nazm etibdurlar” degan nom bilan “Baxcha 
saroy  fontani”  [1899-yil,  3-iyul  (nasriy  yo„l  bilan)]  kabi  asarlarining 
tarjimalari  bosildi.  Bulardan  tashqari,  o„sha  yilning  24-iyulida  shoir-
ning  “Baliqchi  va  baliq  haqida  ertak”  nomli  asari  xam  nasriy  yo„l 
bilan  tarjima  qililgan.  Mazkur  asarning  she‟riy  tarjimasi  gazetaning 
1899-yil  14-avgust  sonida  bosilgan  bo„lib,  bu  Pushkin  asarlarining 
birinchi she‟riy tarjimasi edi. 
1902-yilga borib L.Tolstoyning “Бог правду видит, да не скоро 
скажет” degan hikoyasi o„zbek tiliga o„girilib, mazkur gazetaning 22-
fevral, 2-mart sonlarida nashr qilindi. (Hikoyaning sarlavhasi o„zbek-
chaga  tarjima  qililmagan,  shuning  uchun  biz  ham  asarning  nomini 
aynan keltirdik). O„sha sonda I.A.Krilovning “Волк и журавль” nom-
li  masali  qozoqchaga  tarjima  qilib  berilgan.  Ammo  na  Krilovning  va 
na  tarjimonning  nomi  ko„rsatilmagan,  hatto  sarlavhasi  ham  tarjima 
qililmagan. Gazetaning o„sha yil 24-oktabr sonida “Krilov nomli katta 
rus shoir musannifining timsoli “Maymun ila ko„zoynak” va “Лев на 
ловле”  (keyingi  masalning  sarlavhasi  tarjima  qililmay  ruscha  yozil-
gan)  hamda  “Tulki  bilan  uzum”,  “Oqqush,  qisqichbaqa  va  cho„rton” 
kabi masalalarning tarjimalarini ko„ramiz.  
1900-1917-yillar  mobaynida  o„zbek  tilida  chiqqan  terma  kitob- 
xrestomatiyalarda  ham  I.A.Krilovning  bir  qancha  masallari  tarjima 
qilib bosildi. Masalan, Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” kito-
bida  “Bo„ri  bilan  turna”,  “Tulki  bilan  xo„roz”,  “Pashsha  bilan  ari”, 
“Qurbaqa bilan ho„kiz” masallari, Ali Asqar ibn Bayram Ali Kalinen-
ning “Muallim us-soniy” xrestomatiyasida “Tulki bilan uzum”, “Bog„-
                                                 
1
 Sifati – maqtovlari.  


 
125 
bon bilan ayiq”, “Eshak bilan bulbul”, “Oqqush, qisqichbaqa va cho„r-
ton”, G„ulomiddin Kabirzodaning “Ta‟limi soniy” to„plamida “Tikan-
lik daraxt bilan bog„bon”, “Pashsha bilan ho„kiz”, “Ari bilan asalari”, 
Serikboy Oqaevning “Xrestomatiya, ya‟ni terma kitob”ida esa “Sich-
qon bilan kalamush”, “Bo„ri bilan turna”, “Dehqon bilan ot”, “Do„sti 
nodon” (“Пустынник и медведь”) va boshqa masallarning tarjimalari 
berilgan. Bularning ba‟zilari nasriy va ayrimlari she‟riy tarjimalardir.  
Yuqorida qayd qilib o„tilgan kitoblarda A.S.Pushkin she‟rlari, Lev 
Tolstoy hikoyalari va mualliflari ma‟lum bo„lmagan masal, hikoyalar-
ning  tarjimalari  ham  mavjud.  Masalan,  Oqaevning  xrestomatiyasida 
“Urus  bilan  tatar”,  “Tulki  bilan  bo„ri”,  “Ilgari  aytma”,  “Qalmoqning 
hikoyasi”,  Kalinenning  “Muallim  us-soniy”  xrestomatiyasida  “Oʻqi 
bilan choʻpi”, “Sud, ya‟ni soʻrog„” va boshqalar bor. 
Yuqorida nomlari qayd etilgan tarjima asarlari rus tilidan o„zbek 
tiliga qilingan badiiy tarjima tarixining ilk sahifalarini tashkil etadi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling