I.A.Krilov masallarining XX asrning 20-yillarigacha bo„lgan
ilgarigi tarjimalari haqida. I.A.Krilovning nomi dunyoga mashhur
bo„lgan ulug„ masalchi Ezop bilan bir qatorda turadi. I.A.Krilov
masallari haqsizlik, adolatsizlik, zulm, riyokorlik, makkorlik, maqtan-
choqlik, munofiqlik, poraxo„rlik va amaldorlik kabi maraz, illatlarga
qarshi yozilgan otashin asarlar edi. Uning asarlari sodda, jonli xalq
tilida yozilib, ma‟nosi chuqur va tarbiyaviy jihatdan zo„r ahamiyatga
ega edi. Ular har bir xalqqa tushunarli va uning yuragiga tez yetib
borar edi. O„zbek xalqi ham bundan to„qson yil ilgari bu masallarni
o„z tiliga tarjima qilib, ularni sevib o„qigan.
I.A.Krilovning “Крестьянин и лошадь” (“Dehqon bilan ot”)
masali Serikboy Oqaevning “Xrestomatiya, ya‟ni terma kitob”iga
kirgan. Lekin I.A.Krilovning nomi ko„rsatilmagan. Mazkur masal
I.A.Krilovniki ekanligini aniqlash uchun ularni bir-biriga solishtirib
ko„raylik:
I.A. Krilovda:
Крестьянин и лошадь
Крестьянин засевал овес;
То видя Лошадь молодая
Так про себя ворчала, рассуждая:
“За делом столько он овса сюда
принес!
Вот говорят, что люди нас умнее,
Do'stlaringiz bilan baham: |