O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Он в другой раз закинул невод,- 
Пришел невод с травою морскою, 
В третий раз закинул он невод,- 
Пришел невод с одною рыбкой, 
                                                 
1
 Keyingi nashrida “Pushkin nom” deb olingan. 


 
131 
С непростою рыбкой, - золотою. 
Buni  Ali  Asqar  shunday  tarjima  qilgan:  “Bir  kambag„al  chol 
kampir xotini ilan ko„k dengizni[ng]  kanorida bir yerto„la uyda isti-
qomat qilar erdi. Chol to„r bilan dengizdan baliq tutar erdi va xotuni 
charx yigirib, kalava qilar erdi. Shul ahvolda bular mazkur yer uyda 
miqdor o„ttiz uch sana umr kechirmishlar erdi. Bir kuni mazkur chol 
turini  olib  borib  dengizg„a  soldi,  to„ri  faqat  balchiq  olib  chiqdi. 
Yana  tashladi,  dengiz  tagida  o„sadurg„an  o„tlar  chiqdi.  Uchinchi 
marotaba tashlab erdiki, birgina baliq chiqdi, ammo ul baliq rasmiy 
baliqlardan  emas,  taajjub  va  g„ayr  muqarrar  bir  tilla  baliq  erdi”. 
Mana  bu  keltirilgan  misoldan  ko„rinib  turibdiki,  tarjima  originalga 
monanddir.  Yuqoridagi  misralarning  mazmunini  to„la  va  keng  aks 
ettiruvchi  bu  parchada  ba‟zi  bir  kitobiy  jumlalar  asarning  uslubiga 
ma‟lum darajada ziyon yetkazadi. 
“Turkiston  viloyati  gazeti”da  chiqqan  she‟riy  tarjimaning  kim 
tomonidan  qilinganligi  aytilmagan.  U  masnaviy  yo„lida  tarjima 
qilingan.  Qofiyalar  sistemasi  “аа  бб  вв  гг”  bo„lib,  bu  tartib  asar 
oxirigacha  saqlangan.  Mazkur  she‟riy  tarjimada  ba‟zi  bir  epizodlar 
to„g„ri berilgan, ularda soxtalik, zo„rma-zo„rakilik yo„q, chunonchi, 
cholning  xotini  dvoryanka  bo„lib  olgach,  uning  fe‟l-atvorida  yuz 
bergan o„zgarishlar tasvirini ko„ring: 
Kelibon ko„rsa ul ajuzani pir,  
Faxri saodat etardi ul kampir.  
Egnida shol va zarafshonlar,  
Xizmatini qilurdi jononlar.  
Ba‟zi jononlarga adovatlik,  
Ba‟zilarg„a bo„lib siyosatlik,  
Shul zamon pir anga salom qilib,  
Arz etardi anga qiyom qilib: 
- “Bo„yla tabiat bilan tabiat chog„,  
Qolmagandir ko„ngil ora bir dog„”
1
. 
Ammo  bu  she‟riy  tarjimada  bir  qancha  satrlar  qo„shilgan  va 
ba‟zilari tushib qolgan, arabcha, forscha so„zlar ko„p. Ertakni sodda 
tilda  berish  o„rniga  og„ir  iboralar  ishlatilgan.  Masalan,  ertakning 
boshlanishini olib ko„raylik: 
Bir hikoyat ekan bidoyatdin,  
                                                 
1
 Туркистон вилояти газетаси. 1902, 14 август. 


 
132 
Har kishi fahm etar diroyatdin.  
Pir mardeki ul qilurdi sayd,  
Mohilar yo„lig„a solurdi qayd,  
Manzil erdi anga labi daryo,  
Hafar kuhi edi anga ma‟vo.  
Sayd chun ittifoq chiqmish edi,  
Qutini sayd ila qidirmish edi.  
Ko„k dengiz der, anga solub to„rin, 
Qildi sa‟y-u, taraddudu, zo„rin, 
Olibon ko„rsa to„rga to„lmish loy, 
Ul malul o„ldi, qildi boz bajoy, 
Ko„rdi ikkinchisida to„r ko„torib, 
Xas-xashak ekan, ani chiqorib, 
Soldi to„rni uchinchi martaba ul, 
Sarig„ oltin balig„ chiqordi bu yo„l. 
Agar  bu  satrlarning  asl  nusxasi  bilan  solishtirsangiz,  bir  qancha 
jumlalar  tushib  qolganini  ko„rasiz:  chol  bilan  kampir  o„ttiz  uch  yil 
umr  ko„rgani,  kampirning  urchiq  yigirishi  va  boshqalar  tarjima  qilil-
magan, buning o„rniga “Bir hikoyat ekan bidoyatdin, Har kishi fahm 
etar  diroyatdin,  Hafar  kuhi  edi  anga  ma‟vo”  kabi  ortiqcha  misralar 
qo„shilgan.  Ertakning  eski  tarjimasi  bilan  keyingi  tarjimasi  bir-biriga 
solishtirilsa, katta farq borligi yaqqol ko„zga tashlanadi: 
O„tgan choqda dengiz bo„yida 
Chol va kampir umr suripti, 
Yerto„lada - eski   uyida 
O„ttiz uch yil birga turipti, 
Chol to„r solib ovlarkan baliq, 
Kampir esa yigirar urchiq. 
Chol dengizga to„r solsa bir gal, 
Baqa yaproq tushipti  yolg„iz: 
To„r solganda chol ikkinchi gal 
Ilinipti dengiz o„lani. 
To„r solganda chol uchinchi gal
To„rga tushmish bir mitti baliq,  
Jo„n baliqmas, naq oltin baliq. 
(Mirtemir tarjimasi). 
Asl nusxaning quyidagi ikki misrasi: 
Хоть бы взял ты с нее корыто, 


 
133 
Наше-то совсем раскололось 
eski tarjimada naq o„n to„rt misra bilan berilgan: 
Aytdikim: – Bul nechuk balohatdur, 
Xalqaro tushmagan balodatdur. 
O„ylamasmu kishi nadir holi, 
Kimga qilmish ziyon jahon moli, 
Garchi shoh o„lsa ham yig„ar amvol, 
Tark qilmas xirojini bir sol. 
San agar shohdin baland o„lsang, 
Ayb emas qut uchun agar so„rsang. 
Xonamiz ichra yo„q bir asbobim, 
Bu chuqurda turarga yo„q tobim, 
Bul kuni bir xusus odatim, 
Sindi-yu o„rtada dili chokim, 
Jomashovdurki, ul kerak bizga, 
So„ragaysan agarchi yo„q o„zga. 
Mirtemir tarjimasi esa asl nusxaga to„la monand: 
Hech bo„lmasa bitta tog„ora –  
Olmaysanmi undan oxir sen,  
Tog„oramiz, bilasan, teshik. 
Personaj  tili  individual  xususiyatlarini  aks  ettirishda  ham  bu  ikki 
tarjima o„rtasida tafovut borligi quyidagi misollardan aniq bo„ladi: 
 
1. Piri zan boz anga qilib janjal  
Aydikim: - “Naylaram muni 
tanho, 
Bizga lozim edi yangi ma‟vo”,  
“Qayta bor!” - deb, xitob qilib... 
 
I. Urishipti kampir battarroq,  
“Ey tentak chol, go„l, devona 
chol!  
Kir tog„ora boy qilarmidi.  
Jo„na tentak, baliqda borgil,  
Ta‟zim qil-u, uy so„rab olgil”. 
II. “Bul nechuk”, – deb, imorati 
oliy, 
Loyiq ermas anga turon voliy,  
Manga ko„p hullai g„arib kerak,  
Hech kishi ko„rmagan ajib 
kerak,  
Bir necha xodimi dilovorlar  
Ham yana ne‟mati sarosarlar”. 
II. “Ey tentak chol, go„l, devona 
chol! 
Kelib-kelib uy so„rabsan-da!  
Jo„na darrov baliq yoniga,  
Ta‟zim qilg„il unga sen tag„in,  
Qora dehqon bo„lmayman ortiq  
Men – begoyim bo„lish istayman” 
III. “Shul kun oltun baliqg„a 
III. “Tez bor, ta‟zim qilgil 


 
134 
borgaysan,  
Anga  bu so„zlarimni aytgaysan: 
“Bo„yla davlat netay farog„at 
yo„q. 
G„ayra tobi‟ bo„lurg„a toqat 
yo„q. 
Xohlarman malika bo„lmoqni  
Orzu dodi raiya so„rmoqni” 
baliqqa, Ortiq men begoyim 
bo„lmayman. 
Poshsho xotin bo„lish 
xohlayman” 
 
I.O.Sultonov  “Baliqchi  va  baliq  ertagi”ning  she‟riy  tarjimasiga 
yuksak  baho  beradi.  U  shunday  deb  yozadi:  “Tarjimon  to„g„risida 
shuni  aytish  kerakki,  u  tekstning  ma‟nosini  juda  to„g„ri  tushungan, 
uni  aniq,  to„la-to„kis  berishga  hamda  kitobxonga  tushunarli  qilib 
ifodalashga harakat qilgan. Bu tarjima XIX asr o„zbek adabiyotining 
eng yaxshi namunalaridan biridir”. 
A.S.Pushkin  asarlari  tarjimasining  ahamiyati  juda  katta.  Ularni 
o„qigan o„zbek demokrat yozuvchilari shoirdan ilhomlanib, ozodlikka 
chorlovchi o„tkir asarlar yozganlar. Ma‟rifatparvar shoir Furqat Push-
kin asarlarini o„qib, ularning ta‟siri ostida yangi-yangi she‟rlar yozdi. 
Adabiyotshunos olimlarimizning yozishlariga qaraganda,  o„zbek ada-
biyotining  asoschisi  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  Pushkin  she‟rlarini 
rus va o„zbek tillarida o„qib, undan ilhomlanib, yuksak badiiy asarlar 
yaratdi. Pushkin asarlarining tarjimalari adabiyotimizga, shoirlarimiz-
ning ijodiga katta ta‟sir etdi.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling