O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Maqol, matal va hikmatli so„zlar tarjimasi haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Maqol, matal va hikmatli so„zlar tarjimasi haqida. Biz yuqori-
da arab, fors, turk tillaridan qilingan maqol, matal va aforizmlar tarji- masi naqadar og„ir ekanligini so„zlab o„tgan edik. Ruscha maqol, ma- tal va frazologik iboralarni tarjima qilish esa yana ham kattaroq qiyin- chiliklar tug„dirar edi, negaki, arab, fors, turk tillaridek tarjima qilish ishlari bir necha yuz yillardan beri davom etgan, bu sohada katta taj- riba orttirilgan bo„lib, rus tilidan tarjima qilish prinsiplari mutlaqo aniq emas edi. Binobarin, rus tilidan badiiy asarlarni puxta tarjima qilishga qobiliyatli kadrlar ham yetarli emas edi. Tarjimonlar matn ichida ishlatilgan ruscha maqol yoki matalning o„zbekcha ekvivalentini topib ishlatganlar: “Куй пока железо горячо” – “Temirni qizig„ida ur”, “Дело мастера боится” – “Har ish ustasidan qo„rqadi», “Шило в мешке не таишь” – “Bigizni qofg„a berkitib bo„lmaydur”, “Нет дыма без огня” – “O„tsiz tutun bo„lmay- dir”. “Волков бояться – в лес не ходить” – “Bo„ridan qo„rqqan o„rmonga bormas” kabi. Biz quyida “Muallimus-soniy” nomli kitobga kirgan “Rusiya maqollari”dan bir nechtasini keltiramiz: Haq so„z oftobdek ravshan bo„ladur, Yolg‟on bilan butun olamni kezarsan, ammo qaytib kelmassan, Hamma o„tar haq so„z qolar, Izzat qilsang otang birlan onangni – xudo seni tashlamas, Qandoq qichqirsang, shundoq sado eshitursan, Haydama otni qamchin birlan – hayda arfa birlan, Tupurma quduqqa – balki suv icharsan, Hovli olma – qo„shni ol, Temirni qizig„ida so„q, Tomchi toshni teshadur, Har ish ustasidan qo„rqadur, Erinchoqqa kuniga bayram. Bosh faqat telpak uchun emas, Yuz yil umr ko„r – yuz yil ilm tahsil qil, Yarqirag„onni hammasi tillo bo„lmas, 139 Birovnikig„a yopishma o„zingnikini tashlama, Salomat kishig„a tabib hojat emas, Urushqoq hurus semiz bo„lmaydur, Bo„rig„a qo„yni topshurg„ondek, Sigirga egar yarashg„ondek, Bigizni qopg„a berkitib bo„lmaydur. O„tsiz tutun bo„lmaydur, Ochning holini to„q bilmas, Etukchi sombusa qilsa va sombusapaz etik tiksa na bolg‟ay, Chiroylik uy chiroylik emas, dasturxonlik uy chiroylik, Bo„ridan qo„rqqan o„rmong„a bormas, Til bir, quloq ikki, kam gapirib, ko„p eshitmoq uchun, Ko„pg„a yugursang, ozdin quruq qolursan, Nima eksang shuni o„rarsan, Sichqong„a olum, mushukka kulgi. Lekin ba‟zi bir maqollarning tarjimasi sun‟iy, soxta, yuzaki chiq- qan. Bunga misol qilib “Urushqoq hurus semiz bo„lmaydi”, “Bir mul- laga ikki omini beradurlar, balki olmaydurlar” kabi tarjimalarni ko„r- satish mumkin. Lekin bunday o„rinsiz tarjimalar kam. Yunon faylasuflarining yuqorida qayd etganimiz kabi hikmatli so„zlari tarjimasi alohida ahamiyatga ega. Sattorxonning zakovati, ko„p yillik tajribasi, har ikki tilni yaxshi bilishi bu hikmatlarning o„zbek tiliga juda yaxshi tarjima qilinishiga yordam qilgan. Bir nechta misol keltiramiz. Biasning so„zlari: Oqil odamlar ahmoqlardan foyda hosil qiladur, nechukkim alar ahmoqlarni ishini ko„rub ibrat oladurlar, ammo ahmoqlar oqillardan ibrat olg„ulari kelmaydur. Haq bo„lg„on vaqtda hech bir qo„rqush kerak emas. Yoshlikdin o„tub qarilik yo„lig„a kiradurg„on vaqtda yo„l ozig„i donishdur. Demokritning so„zlaridan: Yaxshilik qilmoqqa qodir bo„lsang, ani kechiktirmag„il. Har qandoq qari odam ilgari yigit bo„lg„andur va le- kin har bir yigitni qari bo„ladur deb aytib bo„lmaydur; shuning uchun qari odamlarni izzat qilmoq yigitlarni izzat qilg„andin yaxshiroqdur. Pifagorning so„zlaridan: ...Birov bilan so„zlashgan vaqtda shul tariqa so„zlashmoq kerakkim, dushman do„st bo„lub qolsun va do„st dushman bo„lub qolmasun. G„azab kelgan vaqtida so„zlamoq va hara- 140 kat qilmoq kerak emasdur. So„zlasang yaxshi so„znigina so„zlag„il, bo„lmasa xab o„lturg„il. Donishmandning aqli oltundek vazmindur. 1885-1890-yillar mobaynida 20ga yaqin yunon faylasufining hik- matli so„zlari rus tilidan tarjima qilindi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling