O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Birinchi tarjimonlar va dastlabki tarjimalarning turlari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
10.7. Birinchi tarjimonlar va dastlabki tarjimalarning turlari Turkiston general gubernatorligi uyezd, viloyat va shaharlardagi barcha mahkama idoralarni tarjimonlar bilan ta‟minlash masalasiga muhim vazifa deb qarar edi. Hatto har bir tarjimon general gubernator farmoni bilan ishga tayinlangan. General gubernatorlik mahkamasida tarjimon bo„lib ishlagan Sh.Ibrohimov, Chanishev, Hasanovlar o„zbek tilida chiqadigan gazetada ham muharrir va tarjimonlik qilganlar. Guberna, shahar mahkamalariga tilmoch (tarjimon) qilib tayinlash haqidagi general gubernator buyruqlari “Turkiston viloyati gazeti”da maxsus e‟lon qilinardi. Masalan: “Alimuhammad Urazaevni Chust mahkamasiga tilmoch ayladim”; “Sultonxon Garay Muhammad Hasan o„g„lining Ho„qand hokimining mahkamasiga tilmoch qildim”; “Meni[ng] mirzoxonamda xizmat qilib turg„an mirzo To„g„onbek Abdullo o„g„lini Andijon uyezdini[ng] mahkamasig„a tilmoch ayla- dim”. “Ho„qand mahkamasida tilmoch bo„lib turuvchi podporutchik Bogdanovni Ho„qand uyezdining hokimiga tilmoch ayladim” va h. Mulla Olim mahzum mulla Abul Qosim Xalifa o„g„li 1890-yilda Sattorxon Chimkentga qozi bo„lib saylangach, uning o„rniga “Turkis- ton viloyati gazeti” ga ishga kirdi. U ilgari ham gazetada Sh.Ibrohi- mov bilan birga ishlagan edi. 123 Diplomatik hujjatlar va ma‟muriy rasmiy yozishmalar yozma tarjima turlaridan biri bo„lib, shartnoma, bitim, ahdnoma, ittifoqnoma, oliy farmon, manifest, dasturilamal, buyruq, nizomnoma kabi shakl- larga ega. Gazeta-informasion materiallar tarjimasining o„ziga xos xususiyatlari bor. Gazeta tili va gazeta uslubi tarjima ishlariga ham ta‟sir qiladi. Har qaysi davrda chiqqan gazetaning o„ziga yarasha uslubi bo„lganiday, tarjimada ham bu xususiyat o„z in‟ikosini topadi. Masalan, “Turkiston viloyati gazeti”dagi tarjima materiallari bilan “Sadoyi Farg„ona” yoki “Turkiston” gazetalarining tarjimalarini bir- biriga solishtirsangiz, katta farq borligini ko„rasiz. Bu farq material tanlashda, leksikada, termin qo„llashda, umuman til va uslubda yaqqol ko„zga tashlanadi. Xulosa qilib aytganda, o„zbek xalqi ichidan yetishib chiqqan tarjimonlar rus tilidan bir qancha foydali asarlarni tarjima qilib, fan va madaniyatimizni boyitishda va uning ravnaqida katta xizmat qildilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling