O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.3. Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari
va foydalanish yo’nalishlari 
Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning daromadlari 
darajasiga bog’liq. Insonning daromadi darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning o’z zaruriy 
ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil etish, ma’lumot olish va 
bo’sh vaqtini madaniy tarzda o’tkazish imkoniyatlari shuncha ko’p bo’ladi. 
Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta rol’ 
o’ynaydi. Davlat byudjetining daromad qismi asosan jismoniy va yuridik shaxslardan 
olinadigan soliq va to’lovlardan tashkil topadi hamda ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun 
sarflanadi va shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda «daromad» tushunchasi ishlab chiqarilgan mahsulot 
narxining uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek har bir sinf, ijtimoiy 
guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo’lgan va uning u 
tomonidan o’zlashtirilgan ulushi sifatida ta’riflanadi. 
Daromadlar harakati iqtisodiyotning ishlab turishini ta’minlaydi. Aylanish 
jarayonida daromadlar izchil ravishda yuzaga kelish, taqsimlanish va qayta taqsimlanish, 
pirovard, iste’molga ishlatilish, jamg’arilish kabi bosqichlaridan o’tadi. Daromadlarning 
yuzaga kelishi ularning tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonidagi 


215 
harakatining boshlang’ich bosqichi bo’ladi. Bu bosqichda daromadlar birlamchi 
ko’rinishga ega bo’ladi. 
Taqsimlanish jarayonida tadbirkorlar birlamchi daromadlardan mahsulot ishlab 
chiqarish va sotish yuzasidan soliqlar to’laydilar, mehnat haqi va ishlab chiqarishning 
boshqa omillari yuzasidan haq to’laydilar. Natijada dastlabki daromadlar ish haqi, foizlar, 
renta va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasiga aylanadi. 
Daromadlarning qayta taqsimlanishi jarayoni keyingi bosqich bo’ladi. U soliqlar 
to’lash, ijtimoiy fondlarga mablag’lar o’tkazish, korxonalar va aholiga turli transfertlar 
tarzida daromadlar bir qismini yo’llashni o’z ichiga oladi. 
Yaratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijalari bo’yicha 
tasarrufdagi daromadlar (pirovard daromadlar) shakllanadi. Daromadlarning pirovard 
iste’moli va yalpi jamg’arilishi ular aylanishining tugallovchi bosqichi bo’ladi. 
Daromadlar darajasini tahlil etish, o’lchash va taxmin qilish uchun ularning turlari va 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Daromadlar pul va natural shaklida bo’lishi mumkin. 
Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul 
mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, 
renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatbaho qog’ozlar, ko’chmas mulk, 
chorva hayvonlari, tomorqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni 
sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish uchun haqlar va 
boshqalardan tashkil topadi. 
Aholining natural daromadlari – qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha 
tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo’rg’on, 
sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy 
ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat. 
Pul va natural daromadlarning nisbati tez-tez o’zgarib turadi, ammo pul shakli 
ko’proq tarqalgan. Odatda, aholining kam ta’minlangan qatlamlarida natural daromadlar 
hissasi yuqori bo’ladi. Iqtisodiy vaziyat yomonlashgan davrda natural daromadlar 
salmog’i oshib ketadi. 
Mulkdan olinadigan daromadlar xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga moliyaviy va 
nomoliyaviy resurslarni foydalanishga berib qo’yishdan olinadigan daromadlardir. 
Foizlar quyilma va qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar olish shaklidir. Dividendlar 
mulkdan olinadigan daromadning shunday shakliki, aktsiyadorlar mablag’larni 
hissadorlik jamiyatlari tasarrufiga topshirganliklari natijasida (aktsiyalar sotib olish 
orqali) uni olishga haqli bo’ladilar. 
Aholi daromadlari nominal va real ko’rinishda bo’ladi. Nominal daromadlar pul 
ko’rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste’mol narxlarining indeksiga 
qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir. 
Nominal va real daromadlar ko’rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli 
daromadlarining xarid qobiliyati ko’rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu ko’rsatkich 
aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo’yicha imkoniyatlarini aks ettiradi hamda 
aholining o’rta hisobda jon boshiga to’g’ri keladigan pulli daromadlarining tovar 
ekvivalenti orqali ifodalanadi. Jon boshiga to’g’ri keladigan pulli daromadlar jami pulli 
daromadlar miqdorini mavjud aholi soniga bo’lish orqali hisoblab chiqiladi. 
Hisoblab chiqilgan yoki olingan daromadlardan fuqarolar turli soliq to’lovlari va 
badallar to’lashlariga to’g’ri keladi. Shu sababli, fuqaroning haqiqiy tasarrufida bo’lgan 


216 
daromadlarni tavsiflaydigan ko’rsatkichga ta’rif berish muhim. O’zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot vazirligi majburiy to’lovlar va badallar chegirilganidan qoladigan joriy davr 
pul daromadlarini tasarrufdagi pul daromadlari deb ta’riflaydi. 
Daromadni shakllantirishda shaxsiy tomorqa xo’jaliklaridan (pulli va tabiiy 
shakllarda) olinadigan daromadlar muhim rol’ o’ynaydi. Ularning hajmi Milliy Hisob 
tizimida umumqabul qilingan quyidagi printsip bo’yicha hisoblab chiqiladi: mahsulot 
chiqarish qiymatidan uni ishlab chiqarishga ishlatilgan mahsulot va xizmatlar qiymati 
ayiriladi. 
Uy-joy va kommunal xo’jalik, yo’lovchi transporti, yo’l xo’jaligi, sog’liqni saqlash 
va madaniyat muassasalari tarmoqlarining katta qismi, respublika va mahalliy 
byudjetlariga bog’liq bo’ladi. Shu sababli, mazkur qismning kattagina hajmi ijtimoiy 
transfert to’lovlari hisoblanadi va uni aholining yalpi daromadlari jumlasiga kiritish 
to’g’ri bo’ladi. 
Daromad olish uchun mehnat va kapital bozorida qancha hajmda xizmatlar taklif etish 
to’g’risida qaror, odatda, oila darajasida qabul qilinadi. Shu bois, bozor iqtisodiyotida 
daromadning shakllanishi nafaqat umumiy aholi darajasida, shu bilan birga uy xo’jaligi 
darajasida ham olib qaraladi. Uy xo’jaliklarining yalpi daromadi birlamchi va ikkilamchi 
daromadlardan shakllanadi (11.2-chizmaga qarang). 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling