O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomali tartibga solish: 1. Umummilliy va sektorial jamoa shartnomalari
11.7-chizma. Rivojlangan kapitalistik davlatlarda ish haqini tartibga solish modeli Davlat tomonidan tartibga solish Shartnomali tartibga solish: 1. Umummilliy va sektorial jamoa shartnomalari 2. Tarmoq jamoa shartnomalari 3. Firma jamoa shartnomalari Mehnat bozori va bozorga o’z-o’zini moslash 1. Davlat va xususiy korxonalarda ish haqi 2. Uyushmagan mehnatdagi ish haqi (kichik korxonalar, xizmat ko’rsatish sohasi) O’rtacha statistik ish haqi 226 1) Davlat aralashuvi (iqtisodiydan ko’ra ijtimoiyroq rol’, bevositadan ko’ra bilvosita xarakter); 2) Jamoa-shartnomali (umummilliy, tarmoq, firma) tartibga solish; 3) Qiymat qonuniga bo’ysunuvchi mehnat bozori. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlatning boshqaruv idoralari ish haqini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tartibga soladi: - kafolatlangan eng kam ish haqini belgilash (AQSh, Fransiya, Ispaniya va boshqalar), ammo u umummilliy shartnomalar asosiga qurilishi ham mumkin; - soliq tizimi (daromadlar va ish haqiga nisbatan); - inflyatsiya kuchaygan davrda ish haqi miqdorining chegarasi (yoki narxlarning oshishi davrida daromadlar pasayishini kompensatsiyalash); - iqtisodiyotning davlat sektorida ish haqini bevosita tartibga solish (ammo u cheklangan xarakterga ega, chunki aksariyat korxonalar to’la erkinlik va o’z-o’zini ta’minlash tamoyili asosida faoliyat yuritadi); - jamoaviy shartnomalarni tartibga solishning institutsional asoslari. Nominal daromadlarni inflyatsiyadan himoyalash daromadlar siyosatining tarkibiy qismidir. Rivojlangan davlatlarda u daromadlarni davlat darajasida indeksatsiya qilish (tegishli qonunlar asosida) va jamoaviy shartnomalar orqali ayrim firmalar (kompaniyalar) darajasida ham amalga oshiriladi. Indeksatsiya tizimi differentsiatsiyalangan (tabaqalashgan) yondashuvni ko’zda tutadi (eng past daromadlarni to’la kompensatsiyasidan aholining yuqori daromadli guruhida uning mutlaqo bo’lmasligigacha). Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda kambag’al oilalarning daromadlarini qo’llab- quvvatlash davlat tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy ta’minotning (sug’urta) mustaqil xodimlarga ko’maklashish va qaratilgan ma’lum tizimi mavjud. U milliy xususiyatlar va iqtisodiy imkoniyatlar tufayli xilma-xildir. Shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalashning milliy tizimlari qo’llaniladi. Masalan, AQShda davlat darajasidagi dasturlarning ikki guruhini ajratish mumkin: 1) Ijtimoiy sug’urta dasturi (pensionerlar, ishsizlar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha, boqimandalar) sug’urta qilingan shaxsning yaqinlari yo’qotgan ish haqini qisman kompensatsiyalaydi. 2) Davlat yordami dasturi (Xayriya dasturlar) – mehnatga layoqatsizlar uchun nafaqa tayinlash (qariyalar, ko’zi ojizlar, mehnatga layoqatsizlar), kam ta’minlangan oilalarga yordam va shu kabilar. Daromadlarni ma’lum darajada tutib turish uchun umumiy xarajatlar AQShda oxirgi 50 yil ichida YaIMning 4 foizidan 18,0 %gacha o’sdi. So’nggi yillarda O’zbekistonda davlat daromadlar siyosati muhim o’zgarishlarga yuz tutdi: ma’muriy-buyruqbozlik tizimida amal qilgan qat’iy markazlashgan siyosat iqtisodiy islohotlarning boshlanishi bilan ancha yumshadi, bozor iqtisodiga o’tilishi, iqtisodiyotdagi yakkahokimlikka (monopoliyaga) barham berilishi, xususiy mulkchilikka yo’l ochilishi tufayli mutlaq iqtisodiy erkinlik joriy etildi. Agar bozor munosabatlariga o’tishning ilk bosqichlarida korxonalarga o’z biznesini rivojlantirishda erkinlik, mustaqillik berilishi sharoitida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish ortiqcha degan nisbatan noto’g’ri fikrlar ustunlik qilgan bo’lsa, hozirgi 227 vaqtda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishni boshqaruvning respublika hukumati va mahalliy hokimiyatlarning funktsiyasi sifatida qaralmoqda. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning quyidagi asosiy yunalishlari shakllandi: eng kam ish haqi, byudjet sohasi va davlat xizmatchilari mehnatiga haq to’lash; inflyatsiyaga qarshi siyosat; ish bilan bandlik siyosati; jamiyatda ijtimoiy kafolatlar tizimi va ijtimoiy himoyalashning barcha tizimlari; daromadlarni tartibga solish, mehnat munosabatlarini jamoa-shartnomali tartibga solish, soliq siyosati sohalarida qonunchilik bazasini yaratish, tegishli tuzilmalar tashkil etish va shu kabilar. Kafolatlangan eng kam ish haqini belgilash ish haqini davlat tomonidan tar- tibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Eng kam ish haqi ij- timoiy me’yor bo’lib, ishlab chiqarishning normal sharoitlarida eng oddiy mehnatning quyi chegaralarini ifodalaydi. U bir oy uchun pul shaklida hisoblanadi. Eng kam ish haqi miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan belgilanadi, davlat tomonidan kafolatlanadi va butun mamlakat hududida amal qiladi. Eng kam ish haqi muammolari BMT qoshidagi Xalqaro Mehnat Tashkilotining turli forumlarida ko’rib chiqilgan. 1928 yildayoq «Eng kam ish haqini belgilash mexanizmi haqida»gi 26-sonli Konventsiya va uni belgilash to’g’risidagi 30-sonli Tavsiyanoma qabul qilingan edi. Eng kam ish haqi muammosini hal etish, uni belgilanishini majburiyligi Xalqaro mehnat tashkilotining 131 sonli (1971 yil) Konventsiyada ham o’z aksini topgan. Eng kam ish haqini kiritish to’rt asosiy maqsadni ko’zda tutgan edi: 1) oddiy ishlarni bajaruvchi xodimlarning haddan tashqari ekspluatatsiya qilinishiga barham berish; 2) ish haqini keskin pasaytirish yo’li bilan erishiladigan nohalol raqobatga qarshi turish; 3) ish haqining eng quyi darajasini oshirish vositasida ish haqi umumiy darajasini oshirish; 4) ijtimoiy siyosatning milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog’liq tashabbuslarni muvofiqlashtirish. Eng kam ish haqini belgilashda bir qator mezonlarga amal qilinadi. Iste’mol mezoni, ya’ni mutlaq standart mezondan rivojlanayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi, bu mamlakatlarda eng kam ish haqi miqdorini belgilash murakkab iqtisodiy vaziyat kontekstida qo’yilgan dadil qadamdir. Rivojlangan davlatlarda boshqacha yondashuv mavjud – eng kam ish haqi mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bevosita bog’liq holda belgilanadi. Eng kam ish haqi tizimlari turlicha bo’lib, ulardan eng ko’p tarqalganlari quyidagilar: - past ish haqi oladigan va mehnat bozorida raqobatga bardosh berolmaydigan aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash; - adolatli ish haqini belgilash; - ish haqining barcha tizimlari bazasini o’rnatish (qashshoqlikka qarshi kurash, ish haqini pasaytirib yuborishdan himoya qilish); - yuksak milliy maqsadlarga erishish uchun eng kam ish haqini makroiqtisodiy siyosat instrumenti sifatida baholash: iqtisodiy o’sishni tartibga solish, daromadlarni taqsimlashni yaxshilash. 228 Eng kam ish haqini tartibga solish uchun kelajakda yangi mehnat normativi, ya’ni eng kam soatbay ish haqi taklif etilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu ko’rsatkichni joriy etish xodimlarning ijtimoiy himoyalanganini oshiradi va ularning ish haqi darajasi yashash minimumi miqdoriga yaqinlashishini jadallashtiradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling