O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Daromadlarni tartibga solishda soliqlarning roli


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.5. Daromadlarni tartibga solishda soliqlarning roli 
Har bir mamlakat hukumati daromadlarga turlicha ta’sir ko’rsatuvchi soliqlar 
tizimlaridan foydalanib, o’z soliq siyosatini o’tkazadi. «O’zbek tilining izohli lug’ati»da 
soliq so’ziga shunday ta’rif berilgan: «Soliq – ma’lum tartibda aholidan davlat foydasiga 
to’lanadigan pul, mablag’». 
Majburiy badal sifatida soliqlar tegishli darajadagi byudjetga (yoki byudjetdan 
tashqari fondlarga) tushadi va ikki xil ko’rinishga ega: 
1) daromadlar va mulk soliqlari, fuqarolardan olinadigan daromad solig’i, korxona, 
firmalar oladigan foydaga solinadigan soliq, mol-mulk va yer solig’i. Ular muayyan 
jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi va bevosita yoki to’g’ri soliqlar deyiladi; 
2) tovarlar va xizmatlarga solinadigan soliqlar: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar 
(tovarlar va xizmatlar narxlariga bevosita qo’shiladigan soliq) yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar. 
Bu soliqlarni bilvosita yoki egri soliqlar deyiladi. 
Soliqlarni tartibga solish funktsiyasi quyidagilardan iborat: 
- soliq solish tizimini o’rnatish va o’zgartirish; 
- soliq stavkalarini belgilash, ularning differentsiatsiyasi; 
- soliq imtiyozlari berish – iqtisodiy siyosat vazifalariga muvofiq maqsadlarda 
foydalaniladigan foyda va sarmoyaning bir qismini soliqdan ozod qilish, aholining ayrim 
guruhlariga (nogironlar, pensionerlar, harbiy xizmatchilar) soliq imtiyozlari berish. 
Aholi olish mumkin bo’lgan daromadlarni shakllantirish nuqtai nazaridan soliqlar 
daromad solig’i, mulk solig’i va ish haqining bir qismini Pensiya fondiga ajratish (keyinchalik 
uni pensiya sifatida qaytarish) bilan bevosita ta’sir qilsa, firma ish haqi fondidan to’lanadigan 
va boshqa soliqlar orqali bilvosita ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 2002 yil 16 fevral’ kuni Vazirlar 
Mahkamasi majlisida so’zlagan nutqida «Biz bundan buyon ham soliqlar miqdorini 
kamaytirish siyosatini izchillik bilan olib borishimiz kerak», degan edi. O’zbekiston 
davlati mustaqillik yillari mobaynida moliyaviy qudratining yuksalishi, moddiy 
imkoniyatlarining kengayishiga qarab aholidan soliq olish miqdorini qadam-baqadam 
kamaytirib borayapti. Masalan, eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdori va undan 
yuqori miqdorida daromad olgan jismoniy shaxslarga solinadigan soliq stavkasi bundan 
bir necha yil ilgari 45,0 % edi, bugun bu raqam 25,0 %ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 
Fransiyada 44,0 %, Germaniyada 38,0 %, Buyuk Britaniyada 37,0 %, Kanadada – 35,0 
%, AQShda – 30,0 %ni tashkil etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744 sonli 
Qaroriga muvofiq O’zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 
quyidagicha belgilangan: 
- eng kam ish haqining 6 baravarigacha – 13,0 %; 
- eng kam ish haqining 10 baravarigacha – 18,0 %; 


229 
- eng kam ish haqining 10 baravari va undan yuqori – 25,0 %. 
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, soliq stavkalarining optimal darajasi foydaga 15-20 %, 
qo’shimcha qiymatga 5-7 %gacha, ish haqiga daromad va ijtimoiy soliqlar 30-35 %ni 
tashkil etadi. Daromad solig’i to’laydigan jismoniy shaxslar doirasini aniqlashda soliq 
solish darajasi chegaralarini doimiy qayta ko’rib turish mexanizmining saqlanishi juda 
muhim. 
Fuqarolardan olinadigan daromad solig’i O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida»gi Qonun 
asosida belgilanib, uning to’lovchilari o’z mustaqil daromadlariga ega bo’lgan jismoniy 
shaxslar hisoblanadi. Bu soliqning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Bu soliqqa faqat doimiy turar joyi bo’lgan shaxslar emas, xorijlik fuqarolar va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham tortiladi. 
2. Soliqqa asosiy ish joyidan olinadigan ish haqidan tashqari, o’rindoshlik yo’li bilan 
bajariladigan xizmatlari uchun olinadigan, shuningdek mualliflik huquqi va tadbirkorlik 
xorijdan keladigan daromadlardan keladigan daromadlar va boshqa manbalardan 
olinadigan daromadlar ham tortiladi. 
3. Korxona va tashkilotlar soliq miqdorini oylik ish haqi va boshqa daromad- 
lardan ushlab qoladilar. Ikki va undan ko’p joyda ishlovchilar, boshqa daromad manbalari, 
jumladan, mualliflik huquqi va tadbirkorlik daromadiga ega bo’lganlar har yili 1 aprelgacha 
soliq inspektsiyalariga deklaratsiya topshirib, bunda yalpi daromadlarining umumiy miqdori 
va ularning ayrim manbalarini ko’rsatadilar. 
4. Soliq stavkalari daromad miqdoriga qarab oshib boruvchi (progressiv) usulda 
hisoblanadi. Stavkalar har yili o’zgarib turishi mumkin. 
5. Daromad solig’i bo’yicha fuqarolarning bir qator toifalariga imtiyozlar ko’zda 
tutilgan. Yengilliklar qatorida harbiy xizmatchilar, alohida xizmatlari uchun ayrim 
shaxslar va nogironlar soliqdan to’la yoki qisman ozod etilishi mumkin. 
6. Xorijdan keladigan daromadlar, shuningdek merosxo’rlar, huquqiy vorislar, 
to’lovlardan daromad solig’ini O’zbekiston Respublikasi hududida shu mablag’ni 
to’lovchi tashkilot tomonidan ushlab qoladi. 
Soliq siyosatining dolzarb muammolaridan biri soliq yukini kamaytirish va uning 
optimal darajasiga erishishdir. Uni oqilona hal etish uchun davlatning resurslari va 
sarflanadigan xarajatlarini baholash, davlat xarajatlarini markaziy byudjetga tushadigan 
moliyaviy resurslar miqdorini o’zaro muvofiqlashtirish lozim. Progressiv soliq solish 
masalasini hal etish aholi daromadlari differentsiatsiyasi aholining daromadlar guruhi 
bo’yicha tabaqalanishi zichligiga uzviy bog’liq. 
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetlari daromadining 80-90 
%i soliqlar hisobiga vujudga keladi. O’zbekistonda iqtisodiy taraqqiyotning bundan ke-
yingi rivoji ham ko’p jihatdan soliq tushumlariga bog’liq. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti 
qonunlariga amal qilib respublika soliq tizimini yangilab borish va uni takomillashtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlar makroiqtisodiy rolining keskin o’sib boruvchi 
ko’rsatkichi bo’lib, ular hissasining yalpi milliy mahsulot hajmidagi hissasi hisoblanadi. 
Bu ko’rsatkichlar qancha yuqori bo’lsa, davlat shuncha qudratli bo’ladi. 
Ma’muriy buyruqbozlik tizimida soliqlar o’rniga turli ajratmalar va to’lovlar joriy 
etilgandiki, ular o’sha davrning xo’jalik yuritish usullariga mos tushar edi. Iqtisodiyotni 
boshqarishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi shakl va usullariga o’tish bir 


230 
tomondan korxonalar bilan davlat, boshqa tomondan aholi va davlat o’rtasidagi ko’p 
qirrali va murakkab o’zaro munosabatlarni yangicha shart-sharoitlariga moslashtirishni 
talab qilib qo’ydi. 
Soliqqa tortish ishlarini shunday olib borish kerakki, uning natijasida davlat va 
mahalliy byudjetlar yetarli manbaga ega bo’lishi va undan mamlakat milliy 
iqtisodiyotining hamma sohalarida foydalanish imkoniyati yaratilishi, mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga erishilishi ta’minlanishi 
lozim. 
Soliqqa tortish tizimini soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan bog’lab o’rganish va 
undan oqilona foydalanish respublika iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Soliqlar 
solish yo’li bilan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning asosiy mohiyati shundaki, 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan korxonalardan soliqlar ko’proq olinib, boshqa korxonalarga 
yengilliklar yaratib berilishi lozim. 
Bulardan tashqari, soliqlar yordamida ishlab chiqarishni rag’batlantirish, tovar ishlab 
chiqarish va iste’molni ko’paytirish yoki ba’zi hollarda ayrim tovarlarni ishlab chiqarishni 
kamaytirish mumkin, ya’ni soliqlar iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turishning muhim 
vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Respublikada soliqqa tegishli qonunchilik bazasi yaratilgan bo’lib, ularda mamlakat 
hududida amal qiluvchi soliq turlari va stavkalari, soliq sub’yektlari va ob’yektlari, 
soliqlarni to’lashning tartib-qoidalari, soliq solish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga 
beriladigan yengilliklar, soliq qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda soliq to’lash 
yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartib-qoidalari belgilangan 
bo’lib, ular bilan iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga 
oshiriladi: 
- manbalaridan qat’i nazar, barcha olingan daromadlardan soliqlar to’lashning 
majburiyligi; 
- barcha hududiy-ma’muriy pog’onalar uchun yagona bo’lgan umumdavlat soliq 
siyosatini amalga oshirish; 
- o’z faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik muammoni 
hal etishga ko’maklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga soliqlar bo’yicha 
yengilliklar berish, shuningdek xo’jalik yuritishning ilg’or shakl va uslublarini 
takomillashtirish orqali soliq qonunlarining rag’batlantiruvchi funktsiyasini oshirish; 
- deklaratsiyalar hamda tanlab o’tkaziladigan tekshirish va taftishlarni amalga 
oshirish asosida barcha sub’yektlarning soliq majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat 
o’rnatish, soliq qonunlariga rioya qilmaydiganlarga nisbatan ma’muriy yoki iqtisodiy 
choralar qo’llash. 
Soliq solishdagi muhim mezon soliq stavkasini maqsadga muvofiq belgilashdir. U 
soliq solish ob’yekti va sharoitlariga qarab o’zgarib borishi kerak, aks holda ishlab 
chiqarishni 
talab 
darajasida 
o’stirish yoki daromadni ko’paytirib borishni 
rag’batlantirishdan iborat funktsiyasini bajarmay qo’yadi, chunki agar soliq stavkasi 
g’oyat yuqori bo’lsa, davlat byudjetining daromad qismi oshib boradi. Lekin bu sharoitda 
soliq to’lovchilar daromadlarini ko’paytirishdan kamroq manfaatdor bo’ladilar, chunki 
daromad oshgani sari uning katta qismi soliq tariqasida olib qo’yiladi va unga qoladigan 
daromad kamayadi. 


231 
Soliq tizimini takomillashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini kuchaytirish 
maqsadida korxonaning qaysi mulk shakliga mansubligidan qat’i nazar, soliq stavkasini 
korxonalar daromadi yoki ustav fondining miqdoriga qarab belgilash kerak. Soliqlarning 
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi o’rni ko’p jihatdan soliqqa tortilmaydigan 
minimumga bog’liq.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etib, iqtisodiy faollikni tartibga solib 
turuvchi vositalardan biriga aylanishi lozim. Bu masalada sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda qo’llaniladigan «tezlashtirilgan amortizatsiya» deb ataladigan soliq 
mexanizmining ahamiyatini kuchaytirish kerak. Uning mazmuni shundan iboratki, soliq 
organlari korxonalarga amortizatsiya fondiga asosiy kapitalning haqiqiy yemirilishidan 
ham ortiqroq summani ajratishga ruxsat beradi. Shu tariqa soliq solinadigan foyda hajmi 
kamayadi. Tezlashtirilgan amortizatsiya usuli korporativ sektorda kapital mablag’larni 
rag’batlantirish, ayniqsa, fan tarmoqlarini rivojlantirishda keng foydalaniladi. 
Soliqlarning iqtisodiy jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solib turishdagi asosiy 
hamda eng muhim mexanizmlardan biri ekanligini e’tirof etish lozim. Soliqning har 
qanday turi korxonalar va aholi daromadlarining bir qismini davlat va mahalliy 
byudjetlariga undirib olish funktsiyasini bajaradi. Vaholanki, bu mablag’lar ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olish yoki boshqacha qilib aytganda, ishlab 
chiqarishni kengaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Shunday ekan, soliq solish tizimini 
takomillashtirish milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishning muhim omili bo’lib xizmat 
qiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling