O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Mehnatga qobiliyatli aholi 
Faol aholi (ishchi kuchi) 
Ish bilan band aholi 
Mehnat qilishga muhtoj ishsizlar 
Yollanma mehnat
bilan band 
Xususiy
korxonalar 
Standart ta’rif 
Faol 
bo’lmagan 
aholi 
Qoidaning
zaiflashuvi 
Quyidagi sabablarga 
ko’ra: 
a) ta’lim 
olayotganlar; 
b) uy yumushlari 
bilan bandlar (ko’p 
bolali onalar); 
v) pensiyaga 
chiqqanlar; 
g) boshqa sabablarga 
ko’ra ishlashni 
xohlamaydi- 
ganlar. 
Pul yoki 
natura bilan 
to’lanadigan 
ish haqi yoki 
maoshga 
ishlaydilar 
Pul yoki natura 
bilan 
to’lanadigan 
foyda yoki 
xususiy 
daromad uchun
ishlaydilar 
“Ishsizlar”, 
“ishlashni 
xohlovchilar”, 
“ish qidirayot- 
ganlar 
(yollanma 
xodimlar)” 
“Ishsizlar”, “hozir 
ishlashni 
xohlaydilar” 
(yollanma xodimlar 
va korxonalarning 
egalari), lekin 
“ishga ega emaslar” 
Ishlari bor, lekin 
ishlamaydilar
(rasman 
ishlayotgan 
hisoblanadilar) 
Korxonalari bor, 
lekin ishlamay- 
dilar 
12.4-chizmaMehnat resurslarini faol va faol bo’lmagan aholi 
turlari bo’yicha tasnifi 


242 
deb bo’lmaydi. Xalqaro integratsiya jarayonlari va mamlakatlararo taqqoslashlarni 
amalga oshirish uchun turli tushunchalardan foydalanishni bir xillashtirish zarurligini 
hisobga olib, «iqtisodiy faol aholi» tushunchasini qo’llashga o’tish to’g’riroq bo’ladi, 
dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning statistiklari aynan shuni qabul qilganlar. 
 
12.2. Mehnat potensiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
Mehnat jarayonining asosiy sharti jamiyatda mehnat potensialining mavjud 
bo’lishidir. Iqtisodiy adabiyotlarda hozirgacha jamiyatning mehnat potensiali 
tushunchasiga turli qarashlar mavjud bo’lib, bu tushuncha bilan bog’liq «mehnat 
resurslari», «ishchi kuchi» tushunchalarini undan farqlash zarurati bo’lganligi sababli 
ushbu tushunchalar munozarali masala bo’lib qolmoqda. 
«Potensial» atamasi ilmiy muomalaga bundan 15-20 yil oldin kiritilgan edi. 
Etimologik jihatdan u «yashirin imkoniyatlar, quvvat, kuch» ma’nosini anglatadi. 
«Potensial» tushunchasining ma’nosini keng talqin qilish uni «qandaydir vazifani hal 
etish yoki muayyan maqsadga erishish uchun xarajatga keltirilgan foydalanilgan 
imkoniyatlar, mablag’lar, zaxira manbai; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan 
sohadagi imkoniyatlaridir», deb qarashdan iboratdir. Shunday qilib, «potensial», 
«potensialli» degan atamalar biron-bir kishida, korxonaning boshlang’ich mehnat 
jamoasida, umuman, jamiyatda yashirin, lekin hali o’z imkoniyatlari yoki qobiliyatlarini 
ular hayotining tegishli sohalarida namoyon qilmaganligini bildiradi. Agar «mehnat 
resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalar o’zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni 
mujassam etsa, bulardan farqli ravishda mehnat potensiali ham miqdor, ham sifat 
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
Ayrim iqtisodchilar mehnat potensialining miqdor ko’rsatkichlari bevosita resurslar 
miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan 
o’smirlar va pensionerlarni kiritadilar. 
Mehnat potensialining miqdor ko’rsatkichlari faqatgina resurslarning faol qismi 
bilan cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qatlamini ham kiritish 
mumkin: 
- mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi; 
- ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari; 
- mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar; 
- ishlash xohishini bildirgan o’smirlar va yoshga doir pensionerlar. 
Ushbu aholi qatlamlariga yetarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnat sharoitlari 
bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachilik, uyda o’tirgan holda pullik 
ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko’rsatish (kichik shohobchalarda) kabi 
faoliyatlarga jalb qilish yo’li bilan ularni jamiyatning faol va to’laqonli a’zosiga 
aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot 
yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralar, ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga 
erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli yuqorida sanab o’tilgan aholi 
toifalarini mehnat potensialining qo’shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish 
maqsadga muvofiqdir. 


243 
Bundan tashqari, potensialning faol miqdoriga mamlakatimiz hududida mehnat 
faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlarni (immigrantlarni) ham kiritish mumkin. 
Immigrantlarni potensial tarkibiga kiritishning sababi shundaki, ular ham mamlakat 
ishlab chiqarishida (moddiy va nomoddiy sohalarda) ishtirok etadi, iqtisodiyot 
tarmoqlarida o’z ishchi kuchini namoyon qiladi, aqliy va jismoniy salohiyatini safarbar 
etadi. Garchi, norezidentlar o’z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy 
qismini o’zlari olsalar-da, lekin mamlakat hududida o’z ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog’liq xarajatlarni (oziq-ovqat, dam olish, uy-joy ijarasi, kommunal, transport, uy-
ro’zg’or), daromad solig’i va boshqa ijtimoiy to’lovlarni amalga oshiradilar. Bu esa 
byudjet tushumlari va naqd pul aylanmasida o’z aksini topadi.
Biroq, O’zbekiston iqtisodiyotining bugungi holati uchun mazkur toifa ahlining 
ishtiroki u qadar sezilarli bo’lmasa-da, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy 
elchixona va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning hududiy, mintaqaviy bo’limlari, 
qo’shma korxonalar, xorij firmalari, dilerlik kompaniyalari, xorij korxonasi filial va 
shu’balari hamda hamkorlik tashkilotlarida norezidentlar mehnat va tadbirkorlik 
faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Demak, bugungi kunda mamlakatimizda 
immigrantlar xizmati asosan xorijiy ulush yoki tegishlilikka ega bo’lgan korxona va 
tashkilotlarda kuzatilmokda. Shuningdek, ularning mustaqil tarzda mamlakat mehnat 
bozorida paydo bo’lishi va o’z ishchi kuchini namoyon etishi kam uchraydigan hodisadir. 
Iqtisodiyoti jadal rivojlangan, sanoat va ishlab chiqarish keng taraqqiy etgan, 
iqtisodiy o’sish sur’ati talabiga nisbatan kam mehnat potensialiga ega mamlakatlarda 
(AQSH, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Koreya) immigrantlar alohida 
ahamiyatga ega. Mazkur davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish 
uchun milliy ishchi kuchining o’zi yetarli emas, natijada qo’shimcha ishchi kuchiga talab 
paydo bo’ladi. Bu talab esa o’z-o’zidan muhojirlar mehnati orqali qondiriladi. Demak, bir 
so’z bilan aytganda, mehnat potensialida immigrantlar ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. 
Mehnat potensiali mikdor ko’rsatkichlarining shakllanishini chizma ko’rinishida 
quyidagicha ifodalash mumkin (5.5-chizma). 
 
 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling