O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
12.2-jadval
O’zbekiston Respublikasi mehnat resurslari sonining o’zgarishi (ming kishi) Ko’rsatkichlar 1991 y. 2001 y. 2005 y. 2006 y. 2008 y. 2009 y. 1991- 2009 yy., % Mehnat resurslari 10213,2 12817,4 14434,4 14791,9 16540,9 16705,4 144,8 Mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi 9917,1 12630,0 14300,6 14622,5 16321,9 15952,4 147,4 Ishlayotgan o’smirlar va pensionerlar 296,1 187,4 133,8 169,4 189,5 193,4 57,2 hamisha butun aholi soni kabi o’zgaravermaydi. Bu farqlanish turli yo’nalishlarda bo’lishi ham mumkin. Qaror topgan statistik amaliyotta ko’ra, mehnat resurslari mehnatga qobiliyatli, mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar, ya’ni mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yoshlar o’rta hamda mehnatga o’ta qobiliyatli yoshdagi kishilardan iborat bo’ladi. Ko’pincha yoshlar ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi kishilar ishlayotgan pensionerlar deb ataladi. Tarixdan ma’lumki, mehnatga layoqatli yosh chegaralari ijtimoiy va iqtisodiy sabablarga ko’ra qonunlar asosida o’zgarib turgan. Chunonchi, 1929-1933 yillarda 14 yosh mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo’lgan, 1937 yilga kelib, u 15 yoshgacha ko’tarildi. Urush yillarida ushbu yosh chegarasi yana 14 yoshgacha tushdi, urushdan keyingi yillarda esa, 16 yoshni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi 16 yosh deb belgilangan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonunida o’z aksini topgan. Yosh chegarasi erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh belgilangan bo’lib, bu yoshga etganlar uchun pensiya olish huquqi belgilangan. Biroq bu qoidada istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik bosimlar bilan bog’liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya chizig’i sezilarli ravishda 5-10 yilga, ba’zan undan ham ko’proq qisqaradi. Bu yerda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yoshi odatdagi tajriba darajasida bo’lsa-da, hamma joyda erkaklarning o’rtacha umr ko’rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. Ayrim holatlarda (korxonaning tugatilishi, shtatlarning qisqarishi) belgilangan yoshdan avvalroq, ya’ni ayollar 53 yoshdan, erkaklar esa 58 yoshdan pensiyaga chiqishlariga ruxsat etiladi. Ishlab chiqarish amaliyotida «mehnat resurslari» tushunchasi ko’p ishlatilsa-da, ilmiy adabiyotlarda bu tushunchadan ancha kamayib ketmoqda. Fikrimizni batafsilroq asoslash maqsadida, dastlab «resurs» so’zi bilan foydalanish mumkin bo’lgan turli vositalar, zaxiralar, imkoniyatlar, manbalar belgilanishini eslaylik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling