O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.8-chizma. Mehnat potensialining tegishlilik xususiyatiga ko’ra darajalashuv omillari 
Mehnat 
shartnomasi 
Shaxs mehnat 
potentsiali 
(bazis) 
Korxona mehnat 
potentsiali 
(mikro) 
Hudud mehnat 
potentsiali 
(mezo) 
Mamlakat 
mehnat 
potentsiali 
(makro) 
Manzil
Fuqarolik


248 
potensiali tarkibiga qo’shilishiga olib keladi. Demak, mehnat shartnomasi shaxsning 
korxonaga tegishliligini keltirib chiqaruvchi bosh omildir. 
Korxonalar esa ma’muriy-hududiy jihatdan ma’lum hududga tegishli bo’lib, 
ularning umumiy birikmasi hudud mehnat potensialini tashkil etadi. Bunda mezo 
darajalashuv ro’y beradi va shu jarayonda jug’rofiy manzil hududiy potensialni hosil 
qiluvchi omil sifatida yuzaga keladi. 
Shuningdek, agar shaxs yakka tartibdagi xizmat faoliyatida band bo’lsa, ishlamasa 
yoki iqtisodiy nofaol bo’lsa, u holda yashash manziliga ko’ra, mazkur shaxs hudud 
mehnat potensiali tarkibiga kiritiladi. 
Hudud mehnat potensiali jug’rofiy joylashuvi va fuqarolik holatiga ko’ra, mamlakat 
mehnat potensialini tashkil etadi. Shuningdek, mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan 
fuqaroligi bo’lmagan norezidentlarni ham mehnat potensiali tarkibiga kiritish mumkin. 
Biroq, bunda ular vaqtinchalik yoki o’zgaruvchan xususiyatga ega bo’ladi. Demak, 
fuqarolikni mehnat potensialining makro darajasini belgilab beradigan omil sifatida 
hisoblash mumkin. 
«Mehnat potensiali» jamiyatda mehnat imkoniyati, kuvvati, ish bilan bog’liq 
kuchlarning mavjudligi, degan ma’noni bildiradi. Mehnat potensialining ta’rifi uning 
shakllanishi, sifatiy, miqdoriy baholash va samarali foydalanishni ifodalovchi omillar 
birikmasidan iborat. Hozirgacha mazkur kategoriya olimlar tomonidan turlicha talqin 
qilinib, ular ushbu tushunchaga turli nuqtai nazardan yondashganlar. 
Ba’zi olimlar mehnat potensiali bilan mehnat resurslarini o’zaro tenglashtirib, ushbu 
tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi, deya ta’kidlashadi. Boshqa tadqiqotchilarning 
qayd etishicha, ushbu kategoriyalar bir-biridan farq qiladi, bunda mehnat potensiali 
mehnat resurslari va ishchi kuchiga nisbatan kengroq tushunchadir. 
Xullas, «mehnat potensiali» mavzusi haligacha munozarali masala bo’lib 
kelmoqdaki, bugungi kunda u haqdagi ilmiy-iqtisodiy yondashuvlarni uch yo’nalishga 
ajratish mumkin. 
Birinchi yo’nalish vakillari «mehnat potensiali» kategoriyasiga «resurs» jihatdan 
yondashib, asosan, uning miqdoriy ko’rsatkichlariga ustuvor ahamiyat sifatida qaraydilar. 
Mazkur yo’nalish vakillarining fikricha, mehnat potensiali jamiyatni rivojlantirish uchun 
zarur bo’lgan ish bilan bog’liq turli resurslar majmuidir. 
Mazkur kategoriyani tadqiq etar ekan rossiyalik olim N.A. Gorelov uni «mehnat 
resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari bilan bevosita tenglashtiradi. U bunga miqdor 
jihatdan yondashib, mehnat potensiali mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi sonidan 
iboratdir, degan fikrni ilgari suradi
1

Xuddi shunga o’xshash fikrni GT. Sergeeva va L.S. Chijovalarning iqtisodiy 
qarashlarida ham ko’rish mumkin. Bu. mualliflar tomonidan chop etilgan «Mamlakat 
mehnat potensiali» asarida mazkur kategoriyani jamiyat egalik qiladigan mehnat 
resurslaridir, talqin etadi. Biroq, ular N.A. Gorelovdan farqli ravishda ushbu kategoriyani 
talqin etishda uning sifat jihatlariga ham e’tibor qaratadilar. Ya’ni, ularning fikricha, ishga 
layoqatli aholining mikdor va sifat jihatlarining o’zaro uyg’unligi mehnat potensialining 
real mazmunini belgilab beradi
2

1
Горелов Н.А. Экономика трудовых ресурсов. - М.: Высшая школа, 1980, с.6.. 
2
Сергеева Г.П., Чижова Л.С. Трудовой потенциал странм. – М.: Знание, 1982, с.3. 


249 
Rossiyalik iqtisodchi olim N.A. Volgin ham unga resurs sifatida yondashib, 
«Mehnat potensiali o’zaro bog’liq ko’pgina elementlardan tashkil topgan mehnat 
resurslari yig’indisidir. U yoki bu elementni ushbu majmuaga kiritishga asos bo’lib 
xizmat qiluvchi asosiy belgi jonli shaxs, organizm egalik qiladigan ishga bo’lgan 
jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan
1
.
R.P. Ruzavina, R.P. Kolosova, A.A. Kum’psova va L.E. Kunel’skiylarning fikricha, 
mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo’nalishlardan biridir. 
Mazkur olimlar potensialni resurslarga nisbatan kengroq tushuncha deb qarab, mehnat 
potensialining tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga layoqatli barcha 
fuqarolar, shuningdek ish bilan band bo’lgan ishchilar bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga 
ko’ra ish bilan band bo’lmagan kishilarni ham kiritadilar
2

V.G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o’ziga xos nuqtai nazarni ilgari surib, uning 
shakllanishida ish sharoitlariga ham alohida urg’u beradi. Shunga ko’ra, u mehnat 
potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birligidan tashkil topadi, deb ta’kidlaydi. 
Ukrainalik iqtisodchi olim N.V. Korovyakovskaya ham potensialni resursga 
tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga 
etgan bo’lishiga qaramasdan o’zining xizmatga bo’lgan qobiliyatini saqlab qolgan 
kishilar birikmasidan tashkil topadi», degan xulosaga keladi
3

L.S. Degtyar’ esa resurslar va potensial o’rtasida hech qanday farq yo’q, deb 
hisoblaydi Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil mazmunga ega va o’zaro 
teng ahamiyatlidir
4

Demak, potensialga resurs sifatida yondashadigan olimlar, asosan, miqdor 
ko’rsatkichlariga birinchi darajali e’tibor berib, ular potensialni ta’riflashda ishga 
layoqatli kishilar, mehnat resurslari, ish bilan bandlar, ishsizlar hamda ishlash 
imkoniyatiga ega bo’lgan pensionerlar kabi aholi qatlamlari bilan cheklanganlar. Bunda 
ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar. 
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» jihatdan yondashib, ular 
potensialning tarkibini aniqlashda shaxsiy va insoniy omillar (sifat) nuqtai nazardan 
yondashadilar. Ushbu qarashlarda ular sifat ko’rsatkichlariga alohida ustuvor ahamiyat 
qaratadilar. 
M.I. Skarjinskiy potensialga shaxsiy omil harakatining iqtisodiy shakllaridan biri 
sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan 
o’tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali. 
Olimning ta’riflashicha, mehnat salohiyati jamiyatni harakatga keltirishning real va 
potensial imkoniyatlaridir
5

«Potensial» tushunchasini ta’riflashda Ural davlat iqtisodiyot universitetining 
professori N.I. Shatalova omilga alohida urg’u berar ekan, mehnat potensiali - inson 
omilining aniq tarzda namoyon bo’lishidir, degan qisqa ta’rifni keltiradi
6
.
1
Экономика труда. (социально-трудовые отношения). /Под ред. Н.А.Волгина, Ю.Г.Одегов. – М.: «Экзамен», 
2004, с.132. 
2
Колосова Р.П. Экономика труда. – М.: МГУ, 2004, с.42. 
3
Коровяковская Н.В. Совокупный работник социалистического общества. - М.: Экономика, 1987, с.30. 
4
Дегтярь Л.С. Трудовой потенциал общества и социальная политика: из опыта европейских стран-членов СЭВ. 
- М., 1994, с.3 
5
Скаржинсикй М.И. Трудовой потенциал общества. - М.: Экономика, 1997, с.14. 
6
Шаталова Н.И. Трудовой потенциал работника: проблемм функционирования и развития. - Екатеринбург, 
УрГЭУ, 1998, с.14. 


250 
Shunga o’xshash nuqtai nazarni I.A. Kokorevning iqtisodiy qarashlarida ham 
uchratish mumkin. U ham potensialning mazmun-mohiyatini yoritishda omilga alohida 
e’tibor qaratib, mehnat potensiali – inson omilining ishga oid shaxsiy sifatlar 
yig’indisidir, degan fikrni ilgari suradi
1
.
M.I. Dolishniy, S.N. Zlupko, V. Dobrik, T.M. Paliya, T. Shults va boshqalardan iborat 
iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruvchi kategoriya sifatida qaraydilar. 
M.I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi 
formulani taklif etadi 
Bunda: MP - mehnat potensiali;

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling