O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
f(s) = s (s 1 , s 2 , s 3 , s 4 , s 5 , s 6 ,…... s n ) 245 imkoniyatlargina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish va iqtisodiyotni yuritish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Mehnat potensialini tadqiq etishda ularning tegishlilik xususiyatlariga ko’ra o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u tegishlilik darajasiga ko’ra, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bir-biridan farqlanuvchi shaxsiy, tarmoq va hududiy ko’rsatkichlar tizimidan iborat. Potensialning tegishlilik xususiyatini talqin etishda turli olimlar turlicha nuqtai nazarni ilgari suradilar. Ural davlat iqtisodiyot universiteti professori N.I. Shatalova mehnat potensialini mikro darajada tadqiq etib, mazkur kategoriyani ishchi (xodim) egalik qiladigan ish salohiyati sifatida talqin etadi 1 . Shuningdek, rus olimi I.A. Kokorev ham faqatgina mikro jihatdan ko’rib chiqib, mazkur tushunchani faqat shaxs mehnat potensiali sifatida talqin etgan. Uning fikricha, mehnat potensiali shaxs egalik qiladigan va unga tegishli bo’lgan mehnatga oid sifat va qobiliyatlarning umumlashmasidir 2 . A.Ya. Kibanov mehnat potensialini tegishlilik xususiyatiga ko’ra, mikro va makro darajada o’rganib, uni 3 qismga ajratadi: 1. Ishchining mehnat potensiali – xodimga tegishli bo’lgan mehnatning sifat va miqdor ko’rsatkichlari hamda uning ish faoliyatida ishtirok etish chegarasini belgilovchi imkoniyatlaridir. Xodimning mehnat potensiali uning kadr potensiali orqali namoyon bo’ladi. Uning potensiali asosini tabiat tomonidan berilgan sifat ko’rsatkichlari (sog’liq, jismoniy imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlar) tashkil etadi. 2. Korxona mehnat potensiali – ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida tashkilot mehnat jamoasiga tegishli bo’lgan mehnatning miqdor va sifat imkoniyatlaridir. Tashkilot mehnat potensiali inson faoliyatining aniq shakldagi moddiylashuvi hisoblanib, korxona kadrlar potensialining sifat va miqdor xususiyatlari uyg’unligining personallashgan ishchi kuchi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, u korxona kadrlar tarkibining shaxsiy va professional imkoniyatlarining umumiy bahosidir. 3. Jamiyat mehnat potensiali mamlakatning umumiy mehnat imkoniyatlaridir. U sifat va mikdor xususiyatlariga (mehnatga layoqatli aholi soni, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholining ish vaqti miqdori, salomatlik darajasi, jismoniy imkoniyatlar, ta’lim va malaka darajasi) ega bo’lgan jamiyatning kadr potensiali sifatida namoyon bo’ladi 3 . O’zbekistonda 2004 yil chop etilgan «Mehnat iqtisodiyoti» kitobida mehnat potensiali mikro va makro darajada qarab chiqilgan bo’lib, u xodim, tashkilot va jamiyat egalik qiladigan mehnat potensialiga ajratib ko’rsatilgan. Mazkur kitobda keltirilishicha, inson jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining majmui shaxs (xodim) mehnat potensialining asosi hisoblansa, ijtimoiy, ya’ni turli shaxslarning birgalikdagi faoliyati tufayli paydo bo’ladigan «oshirilgan» unumli kuch, jamoa va tashkilot mehnat potensialining asosini tashkil etadi 4 . 1 Шаталова Н.И. Трудовой потенциал работника: проблемы функционирования и развития. –Екатеринбург: УрГЭУ, 1998, с. 38. 2 Кокорев И.А. Управление персоналом в рамках концепции человеческого капитала. - М., 2002, с. 40. 3 Экономика и социология труда. Учебник. /Под ред. А.Я. Кибанова. -М.: Инфра-М, 2007, с.43. 4 Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. -T.: Mehnat, 2004, 221-b. 246 Yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib, ularga qo’shimcha qilgan holda, mehnat potensialining xususiyatiga ko’ra mikro, mezo va makro darajalarga ajratish mumkin. Bunda mikro darajasi korxonaning (tashkilot), mezo darajasi hududning (mintaqa), makro darajasi esa mamlakatning jami mehnat potensialini ko’rsatadi (12.7-chizma). Korxona (tashkilot) mexnat potensiali deb ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonida ishtirok etayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda hamda qo’yilgan maqsadlarga erishishda ma’lum vazifani (ishni) bajarayotgan xodimlar Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling