O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
Mehnatga layoqatli
yoshlardagi aholi Ishlaydigan yoki vaqtincha ishlamaydigan aholi Ishlamaydigan aholi Ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor turmaganlar Ish qidirayotganlar va (yoki) ishlashga tayyor turganlar Joriy davrda faol aholi (ishchi kuchi) Mazkur paytda faol bo’lmagan aholi (mehnat qilish yoshiga etmaganlar ham qo’shiladi) B I T 240 foydalaniladi Ishchi kuchi – mehnat jarayonida inson foydalanadigan uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarning majmuasi. Zamonaviy xorijiy iqtisodiy nazariyalarda «ishchi kuchi» atamasi ko’pincha «iqtisodiy faol aholi» tushunchasining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Masalan, R.J. Erenberger va R.S. Smit bunday ta’rif berganlar: «Ishchi kuchi» deganda yoshi 16 dan yuqori bo’lgan xodimlar va yo endilikda ishlayotganlar, yoki faol ravishda ish qidirish bilan band bo’lganlar yoxud ishdan bo’shatilganlaridan keyin xizmatlarga yana murojaat qilishlarini kutayotganlar tushuniladi» 1 . Xalqaro mehnat tashkiloti XMT ham xuddi shunga o’xshash nuqtai nazarga amal qiladi. «Ishchi kuchi» atamasi ko’p hollarda uch ma’noni anglatishda ishlatiladi: • organizm, tirik inson shaxsi ega bo’lgan va har safar u qandaydir iste’mol qiymatini yaratish chog’ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar majmui sifatida; • aholining ish bilan band bo’lgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol aholining sinonimi sifatida; • umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari sifatida. Qizig’i shundaki, ma’lum kontekstda «yollanma ishchilar» va «mehnat», «ishchi kuchi» so’z birikmasi bilan ifodalanadi. Ammo ayni bir vaqtda «mehnat resurslari» so’zi va «ishchi kuchi» so’z birikmalari turli variantlarga ega bo’lib, ularni qo’llashda ongli va tegishli izohlar berish kerak bo’ladi. Shunday qilib, «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari turli man- balarda turlicha ishlatiladi va ko’p hollarda bir-biridan deyarli farqlanmaydi. Hozirgi zamon mehnat iqtisodiyotida «mehnat resurslari» tushunchasi bilan bir qatorda «inson resurslari» tushunchasi ham keng qo’llanilmoqda. Inson resurslari muayyan sifat xususiyatlariga ega bo’lgan mamlakat aholisining bir qismidir. Biroq, mamlakatimizdagi iqtisodiy adabiyotlar va statistik hisobotlar yuritishda «inson resurslari» degan atama keng tarqalmagan – uning o’rniga 20-yillarda paydo bo’lgan «mehnat resurslari» va «mehnat potensiali» degan atamalar keng qo’llanib kelinmokda. Mehnat resurslari va mehnat potensiali birga qo’shilganda, ular inson resurslarining aniq ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. Inson resurslari deganda, mamlakat aholisining foydali faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan jismoniy rivojlanish, aqliy qobiliyatlar va bilimga ega bo’lgan qismi tushuniladi. Aholining ish bilan band va ishlash uchun ish izlayotgan ishsiz qismi «iqtisodiy faol aholi» tushunchasi anglatadi. Bu tushuncha iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatda ko’p yillar davomida qo’llanib kelmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti andozalarga muvofiq, «iqtisodiy faol aholi» tushunchasi XMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o’z mehnatini taklif etadigan ayol va erkak shaxslarni o’z ichiga oladi. Xalqaro mehnat tashkiloti andozalarda “iqtisodiy faol aholi” atamasi iqtisodiyotda keng ma’noda qo’llaniladigan asosiy tushuncha sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy faol aholini belgilaydigan quyidagi ikkita o’lcham ko’zda tutiladi: odatda «faol aholi», deb uzoq davom etadigan vaqtga, masalan, bir yilga tatbiqan: «hozirgi paytda faol aholi» deb qisqacha vaqt bo’lagiga, masalan, hafta yoki kunga tatbiqan aytiladi (12.4-chizma). 1 Erenberg R.J., Smit R.S. Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti: nazariya va davlat siyosati. - M., 1996, 34-6. 241 Faollik tamoyili shuni anglatadiki, shaxsni u yoki bu toifaga kiritish uning muayyan davr mobaynidagi haqiqiy faoliyatiga bog’liq. Faol aholi guruhiga faqat iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullangan ish qidirgan ishga kirishga tayyor turgan mehnatga yaroqli shaxslargina kirishi mumkin. Faol bo’lmagan aholi toifasiga kunduzgi o’quv yurtlarida o’qiydigan o’quvchilar, talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi shaxslar; ish qidirmay qo’ygan shaxslar; ishlashga zarurati bo’lmagan shaxslar kiritiladi. Ko’rib turibsizki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi» atamalari bir-biridan farq qiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi «mehnat resurslari» tushunchasidan mazmunan torroq. Mehnat resurslari toifasiga ishsizlardan tashqari, qandaydir sabablarga ko’ra ish bilan band bo’lmagan muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolar kiritiladi. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi hozirgi vaqtda faqat tarixiy ma’noga ega bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi fikrga qo’shilamiz, chunki ishlatib bo’lmaydigan narsani resurs Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling