12.2-chizma. Mehnat resurslari tarkibi
Shunday ekan, bir korxona ikkinchi korxonaning na sotishni, na berishni xayoliga
keltirmagan mulki bo’lgan ba’zi materiallarini o’z moddiy resursi deb hisoblashi mumkin
emas. Boshqa kishilar ixtiyorida bo’lgan va bizga tegishli bo’lmagan, buning ustiga
bizgaqarzga berishga ham mo’ljallanmagan pullarni o’z moliyaviy resurslarimiz deyish
mumkin bo’lmaganidek yashash uchun oshkora mablag’larga ega bo’lgan, ishlamayotgan
va qonunga ko’ra ishlashga majbur etib bo’lmaydigan shaxslarni ham mehnat resurslari
qatoriga kiritish mumkin emas. Demak, foydalanish mumkin bo’lmagan narslarni resurs
deb atab bo’lmaydi.
«Mehnat resurslari» atamasini bugungi kunda ham saqlar ekanmiz, biz unga xoh
ixtiyoriy,
xoh
ixtiyorsiz
1922
yili
chop
etilgan
rossiyalik
akademik
S.G. Strimulinning maqolalaridan birida ilmiy jihatdan qo’llanilib shakllantirilgan va
ko’pgina o’n yilliklar mobaynida o’zgarmagan o’sha atamaning ma’nosini bugungi
kunda ham tan olishga majbur bo’lmoqdamiz.
Ammo, iqtisodiyotda ishlab chiqarishning rivojlanish manbai sifatida boshqa resurslar
bilan bir qatorda inson resurslari yoki bugungi kunda mehnat statistikasida qo’llaniladigan
mehnat resurslari tushunchasidan keng foydalanamiz. Iqtisodiyotda bu atamalardan tashqari
«ish kuchi» tushunchasi ham mavjud bo’lib, bu atamadan erkin foydalanilganda bir qator
ilmiy munozaralar yuzaga keladi.
Aytib o’tishimiz kerak, bunday munozaralar fenomei anchadan beri mavjud.
Ma’lumki, turli ilmiy maktablar vakillari ko’pchilik hollarda turli narsa va tushunchalarni
bir xil atama bilan ataydilar va aksincha, ayni bir narsa va hodisalarni turlicha ataydilar.
Iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ilmiy maktab sohibi P. Samuelson buni «so’zlar
diktaturasi» deb atab, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda juda xavfli oqibatlarga olib kelishini
ogohlantirgandi.
Iqtisodiyot nazariyasida, og’zaki ekvilibristika yoki so’zlarning semantik bir ma’noli
emasligidan bexabar kitobxonlar esa, «mehnat – ishchi kuchi» tushunchasi so’z o’yini
Do'stlaringiz bilan baham: |