239
bo’lib, amaliyot uchun ular jiddiy oqibatlarga ega bo’lishi
mumkinligini xayoliga ham
keltirmasligi mumkin.
Ma’lumki, mehnat bozorida ishchilar o’z mehnat qobiliyatlari, o’zi
va oilasini zarur
hayotiy vositalar bilan ta’minlash maqsadida shu vositalarning qiymatga teng bo’lgan ish
kuchini sotish bilan topadilar. Ishchi kuchidan foydalanish jarayonida mehnat jarayoni
amalga oshiriladi va bu
jarayonda u tomonidan tovarlar, tayyor buyumlarda
mujassamlashadigan yangi qiymat yaratiladi. Yollanma ishchi esa, o’z mehnati uchun uning
mehnati
bilan yaratilgan qiymatni emas, balki uning faqat ishchi kuchi qiymati sifatida
belgilanadigan qisminigina oladi. Yangidan yaratilgan qiymatning
qolgan qismini xususiy
tadbirkor o’zlashtiradi, bu yollanma mehnat ekspluatatsiya qilinishining ifodasi hisoblanadi.
Shunday qilib, qiymatni yaratishda kapital, yer, tadbirkorlik
kabi ishlab chiqarish
omillarining ishtiroki inkor etiladi. Boshqa nuqtai nazarni keltirishdan oldin «mehnat» va
«ishchi kuchi» so’zlari semantikasini, shuningdek, ular bilan bog’liq tushunchalarni anglab
olaylik.
.
12.3-chizma. Asosiy elementlar bo’yicha ishchi kuchini ta’riflash.
B – ishchi kuchi guruhiga kiruvchi ish bilan bandlar; I – ishchi kuchi guruhiga kiruvchi
ishsizlar; T – ishchi kuchi guruhidan tashqarilar.
«Mehnat» so’zi xodimlarning ishlayottanliklari, kishilarning
jismoniy va akliy
energiyalarini sarflashlari bilan bog’liq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish
bo’yicha maqsadga muvofiq faoliyatlarini anglatadi. Bu so’zdan ba’zi hollarda bo’lsa-da,
kishilarning ma’lum toifasi – ishchilar sinfi, ishchilar va umuman xodimlarni aniqlashda
Do'stlaringiz bilan baham: