O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011
12.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi axolisining mehnat yoshiga ko’ra guruhlarga taqsimlanishi 1 (yil boshiga nisbatan, ming kishi) Ko’rsatkichlar 1991 y. 2001 y. 2002 y. 2003 y. 2004 y. 2008 y. 2009 y. 1991- 2009 yy.% Mehnatga yaroqli yoshgacha bo’lgan aholi 8896,2 9864,5 9734,5 9328,1 9217,1 9445,2 9631,7 103,6 Sh.j., qishloq joylarda 5841,7 6705,5 6633,6 6414,2 6346,5 6421,8 6760,5 108,6 Mehnatga yaroqli yoshdagi aholi 10135,3 13142,9 13563,8 14859,3 15241,3 16854,1 17010,6 150,4 Sh.j., qishloq joylarda 5681,1 7907,1 8309,3 9164,5 9456,9 7769,7 10716,3 166,5 Mehnatga yaroqli yoshdagi aholi 1610,0 1805,7 1817,5 1834,0 1854,3 16321,9 16901,1 115,2 Sh.j., qishloq joylarda 825,2 975,1 984,3 1000,7 1167,6 7834,0 8009,2 141,5 Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatda mehnatga yaroqli yoshgacha bo’lgan aholi sonining kamayishi tendentsiyasi kuzatilmokda. Bu ko’rsatkich 2001 yilda 1 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 236 9864,5 (jumladan, qishloq joylarda - 6705,5) ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib 9631,7 ming nafardan iborat bo’lmoqda. Ushbu holat mamlakatdagi demografik vaziyatning nisbatan barqarorlashuvi, natijada tug’ilishning kamayishi bilan bog’liq holda ro’y bergan. Shu bilan birga, mustaqillikdan oldingi va uning dastlabki yillarida O’zbekistonda tug’ilish ko’rsatkichlari yuqori bo’lganligi sababli 2001-2009 yillar mobaynida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi soni o’sib borgan va bu davrda 13142,9 ming kishidan 17010,6 ming kishiga etgan. Ishga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining salmoqli qismini tashkil etib, ularning soni demografik omil ta’sirida o’zgarib turadi. Ularning qancha bo’lishi tegishli yoshlardagi o’lim darajasiga bog’liq. Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga etgan o’smirlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o’rtasidagi nisbatga ham taalluqli. O’lim qancha kam bo’lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bilan bu yoshdan chiqqan kishilar o’rtasidagi farq qancha yuqori bo’lsa, ishlash qobiliyatiga etgan kishilar soni shuncha ko’p bo’ladi yoki aksincha. Mehnatga layoqatli yoshdagi barcha aholi ham ishga yaroqli hisoblanmaydi. Chunki ular tarkibida nogironlar va yoshga ko’ra imtiyozli nafaqa oluvchi shaxslar bo’ladi. Demak, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi - ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda yoshiga qo’ra imtiyozli nafaqa oluvchi shaxslardan tashqari ishga qobiliyatli yoshdagi kishilar (16-60 yosh bo’lgan erkaklar va 16-55 yosh bo’lgan ayollar)dir. Resurslarning aksariyat qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko’proq darajada shu yoshdagi aholi bilan bog’likdir. Xizmat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va mehnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o’smirlar resurslar salmog’ida u darajada sezilarli rol’ o’ynamaydi. Iqtisodiyotda hamisha pensiya yoshdagi kishilar mehnatidan foydalanish «nuqta»lari bo’ladi. Ular orasida yuqori aqliy malaka ishlatishni talab qiladigan faoliyat turlari ham bo’lib, insondan yuqori tayyorgarlik va muayyan amaliy tajribani talab qiladi. Ko’pgina maktab o’qituvchilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchi- professorlari, shifokorlar, ilmiy xodimlar va yuqori aqliy faoliyat turlari vakillari borki, ular pensiya marrasidan o’tgandan keyin ham samarali mehnat qiladilar. Pensiya yoshining dastlabki besh yilida (erkaklar uchun 60-64 yosh, ayollarda 55-59 yoshda) alohida faollik seziladi. O’zbekistonda mustaqillikning boshidagi siyosiy, tarkibiy va iqtisodiy o’zgarishlar o’smirlar hamda pensionerlarning mehnat faoliyatiga sezilarli ta’sir qildi (12.2-jadval). Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turganidek, respublikamiz mehnat resurslari yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1991 yil mamlakatda ular 10213,2 ming kishidan iborat bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko’rsatkich 14791,9 ming kishini tashkil etmoqda. O’tgan 18 yil davomida 4578,7 ming kishiga yoki 1,5 barobarga oshgan va mazkur davr oralig’ida ularning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 3,0-3,5 %ga to’g’ri kelgan. Shuningdek, mehnat resurslarining 98,5-99,0 % mehnat yoshidagi ishga qobiliyatli aholidan tashkil topsa, qolgan 1,0-1,5 % ishlayotgan o’smirlar va pensionerlardan iboratdir. Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog’liqligini e’tirof etgan holda, shu dinamikaning ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tibor qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning o’zgarishi bilan butun aholining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlik bor. Biroq, u birinchi qarashda unchalik ko’zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining miqdori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling