O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
11.5-chizma. Laffer egri chizig’i 
 
b) mutanosib stavkalar – daromadning miqdoridan qat’i nazar soliq to’lash- 
ning yagona foizi;
v) progressiv stavkalar – daromadlar oshgan sayin oshadigan stavkalar; 
g) regressiv stavkalar – bunda soliqning o’rtacha stavkasi daromad oshgan sayin 
pasaya boradi. 
Daromadlarga soliq solish amaliyotida yalpi daromad, chegirishlar va soliq 
solinadigan daromad farqlanadi. 
Yalpi daromad – turli manbalardan olingan daromadlar umumiy miqdori. Odatda, 
qonunchilikda yalpi daromaddan ishlab chiqarish, transport, xizmat safari va reklama 
sarf-xarajatlarini chegirishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, soliq sohasidagi turli 
imtiyozlar: daromadlarning soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdori, xayr-ehsonlar 
summasi, pensioner va nogironlarga beriladigan imtiyozlar va hokazolar chegirmalarga 
kiradi. Shunday qilib, soliqqa tortiladigan daromad yalpi daromad va mazkur chegirmalar 
o’rtasidagi farqdir. 
Daromadlarning asosiy qismi aholidan iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoriga 
shaxsiy iste’mol sarf-xarajatlari tarzida qaytadi, ushbu sarf-xarajatlar bir necha usulda 
tasniflanishi mumkin. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi iste’mol 
sarf-xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflaydi: 
1) uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 
2) qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar; 
3) xizmatlarga sarf-xarajatlar. 

5

1
0

T

R

Soliq stavkasi 
(R), foizlarda 
Soliqning jami
miqdori 


222 
Uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga xizmat muddati bir yil va undan ko’proq 
bo’lishi taxmin qilinadigan tovarlar kiradi. Basharti, bu muddat bir yildan kam bo’lsa, bu 
tovar qisqa vaqt foydalaniladigan tovar hisoblanadi. Avtomobillar, televizorlar, kir yuvish 
mashinalari, shaxsiy komp’yuterlar uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga misoldir. 
Aksariyat oziq-ovqat va kiyim-kechaklar qisqa vaqt foydalaniladigan tovarlarga kiritiladi. 
Xizmatlar iste’molchilarga shifokorlar, repetitorlar, advokatlar va shu kabilar xizmat 
ko’rsatishidir. 
Uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajatlar, odatda, iqtisodiyotning 
barqaror yuksalishi davrida oshadi. Iqtisodiy tanazzul davrida esa, aksincha
iste’molchilar uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlarga sarf-xarajat qilishdan tiyiladilar. 
Uy xo’jaliklari daromadning soliqlar to’langanidan qolgan qismini iste’molgagina 
emas, balki jamg’armalarga ham yo’naltiradilar. Jamg’armalar daromadning soliq 
to’langanidan qolgan, iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblanadi. Fuqarolarning 
jamg’armalari banklardagi hisob varaqlarga kelib tushadi, sug’urta polislari, obligatsiyalar, 
aktsiyalar va boshqa moliyaviy aktivlarga qo’yiladi. Ba’zi mamlakatlarda moliyaviy ahvol 
beqaror bo’lgan sharoitlarda aholi o’z jamg’armalarini saqlashning valyuta sotib olish kabi 
shakllaridan ham foydalanadi.
Aholi kutilmagan vaziyatlar ro’y berganda – betob bo’lib qolganda, baxtsiz hodisa 
ro’y berganda, ishsiz qolganda, pensiyaga chiqqanda o’zini ta’minlash uchun, 
bolalarining o’qishiga ishlatish va hokazolar uchun mablag’ jamg’aradi. Shu bilan birga, 
jamg’armalar birjadagi o’yinlar, moliyaviy oldi-sotdilar uchun ham foydalanilishi 
mumkin. Masalan, qiymati nominal qiymatidan oshishi hisobiga qo’shimcha daromad 
olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olinishi mumkin. 
Aholining jamg’armalari ichki resurslar safarbar etilishi hisobiga investitsiya 
jarayoni kengayishida muhim rol’ o’ynaydi. Aholi daromadlarining miqdori, ularning 
tabaqalashishi va taqsimlanishi ko’p jihatdan davlatning ijtimoiy siyosatiga bog’liq. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling