O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.6-chizma. O’zbekistonda daromadlarni tartibga solish darajasi 
Daromadlar siyosatida iqtisodiy samara-dorlik va ijtimoiy adolat o’rtasidagi 
muvozanat amalga oshiriladi. Bu siyosat, bir tomondan, haddan tashqari samaradorlikka 
intilishni adolatni cheklash hisobiga yumshatadi, boshqa tomondan – adolatga rioya 
qilgan holda samaradorlikni oshiradi. 
Davlat
 
Vazirliklar (mahkamalar) 
Hududiy idoralar 
Korxonalar 
_______
bevosita aloqa 
teskari aloqa 


225 
Har bir jamiyatda daromadlar siyosati konstitutsiya va unga tenglashtirilgan qonuniy 
hujjatlarda belgilangan ma’lum tamoyillar asosida yuritiladi. Bu tamoyillar 
quyidagilardan iborat: 
- ijtimoiy adolat; 
- ijtimoiy hamkorlik va aholi barcha qatlamlarining birdamligi; 
- o’z moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;
- mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish; 
- kasaba uyushmalari huquqi; 
- iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va boshqalar. 
Ma’lumki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning eng yuqori shakli 
iqtisodiy dasturlashdir. Uning vazifasi iqtisodiy siyosatning barcha elementlaridan global 
maqsadlarda har tomonlama foydalanishdir. Bunday dasturlarning ob’yektlari sifatida 
tarmoqlar, hududlar, ijtimoiy soha, ilmiy tadqiqotlarning turli yo’nalishlari va shu kabilar 
tanlab olinishi mumkin. Mazkur dasturlarning barchasi (bevosita va bilvosita) aholi 
daromadlariga bog’liq va ularga ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilib turgan bugungi kunda 
rivojlangan davlatlarning daromadlarni tartibga solish tajribasini o’rganish foydadan xoli 
emas. 
Rivojlangan davlatlarda daromadlarni tartibga solish quyidagi uch bo’g’inning 
birikuvchi va o’zaro ta’siridan iborat ish haqini tartibga solish mexanizmida namoyon 
bo’ladi (11.7-chizma). 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling