O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


 Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.4. Aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish vakolatli davlat idoralari tomonidan 
daromadlarni barqarorlashtirish va jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlarga muvofiq tarzda oshirib borish maqsadida amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlar hamda me’yorlarni o’zida mujassamlashtiradi. U ishchi kuchini normal 
takror ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga 
qaratilgan. 
Hozirgi sharoitda davlat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga butunlay aralashmasligi 
mumkin emas, chunki bozorning taqsimoti o’z tabiati bo’yicha adolatsizdir. Bozor 
sharoitida «har bir kishiga – iqtisodiy faoliyati natijasidan qat’i nazar munosib hayotni 
ta’minlovchi daromad» tamoyiliga rioya qilinmaydi. Shuning uchun bu jarayonga 
davlatning aralashuvi zarurat hisoblanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solishning ob’yektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanishning 
ma’lum darajaga etishi, ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyasida yuzaga keladi. Bu 
imkoniyatni haqiqatga aylantirish zarurati muammolar o’sib borgani sayin kuchayadi va 
ularni davlat tomonidan tartibga solish orqali bartaraf etish lozim. 


223 
Hozirgi sharoitda daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab 
chiqarishning tarkibiy qismidir. U ko’p vazifalarni echadi, masalan, iqtisodiy o’sishni, 
tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi progressiv siljishlarni rag’batlantirish, eksportni 
qo’llab-quvvatlash, ish bilan bandlik, soliqqa tortish, narxlarni tartibga solish va hokazo. 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning aniq yo’nalishi, shakllari, ko’lami 
ayrim mamlakatlar va muayyan davrda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar xarakteri va 
jiddiyligi bilan belgilanadi. 
Turli sabablarga ko’ra, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Skandinaviya davlatlari, 
Yaponiya hamda Osiyo va Lotin Amerikasining jadal rivojlanayotgan bir qator 
davlatlarida daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi kengroq rivoj 
topgan. Ikkinchi jahon urushi, sotsializm lageri oqibatlarini boshdan kyechirmagan 
AQSh, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarda u zaifroq rivojlangan, ammo bu davlatlarda 
ham daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish muhim o’rin tutadi, ayniqsa, 
kon’yunkturaning buzilishi, inflyatsiya va ishsizlikning o’sishi sharoitida unga ehtiyoj 
ortadi. 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning mexanizmini anglash uchun 
uning sub’yektlari, ob’yektlari, maqsadi, instrumentlarini (vositalari) ko’rib chiqish 
lozim. Xo’jalik manfaatlarining sohiblari, ifodalovchilari, ijrochilari iqtisodiy siyosatning 
sub’yektlari hisoblanadi. 
Xo’jalik manfaatlari sohiblari bir-biridan mulkiy mavqei, daromadi, kasbi, tarmoq 
va mintaqaviy manfaatlari kabi belgilari bilan farqlanuvchi ijtimoiy guruhlardir. Bu 
guruhlarga korxonalarning (firma) yollanma ishchilari va egalari, fermerlar va yer egalari, 
dehqonlar, mayda va yirik tadbirkorlar, hissadorlar, davlat xizmatchilari va erkin kasb 
egalari kiradi. 
Daromadlarni shakllantirishning o’z-o’zidan hal bo’lmaydigan muammo va 
qiyinchiliklari mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan sohalari, holatlari, sharoitlari, 
manbalari daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish ob’yektlaridir. Mazkur 
muammolarni hal etish va oldini olish orqali iqtisodiyotni bir maromda rivojlantirish, 
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash mumkin. 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy ob’yektlari quyidagilar: 
daromadlar, ish haqi minimumi; bandlik, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; soliqlar, 
narxlar; ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy munosabatlar (shu jumladan, ish beruvchi va yollanib 
ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar), ijtimoiy ta’minot; huquqiy ta’minot (xavfsizlik, 
hayot, mulk va jamg’armalarni himoyalash). 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning bosh maqsadi daromadlarni 
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashdan iboratdir. Shu bilan birga, kam 
ta’minlanganlarning daromadlarini oshirish, ularning ishchi kuchini takror ishlab 
chiqarish, ishlab chiqarish omillarining turlicha ekani tufayli yuzaga kelgan dis-
proportsiyani bartaraf etish, ish bilan bandlikni tartibga solish va ijtimoiy tanglikning 
oldini olish kabi muammolar ham hal etiladi. 
Ko’rilayotgan doirada davlatning faolligi markaziy va mahalliy byudjetdan qilingan 
ijtimoiy xarajatlar hajmi bilan o’lchanadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda 
davlatning imkoniyatlari byudjet tushumlari bilan cheklanadi. Davlat daromadlari 
o’sishining ma’lum chegaralari mavjud: 
- tadbirkorlik faoliyatining yetarli darajadagi chegaralari; 


224 
- yollanib ishlovchilar, aholining o’rta qatlamini soliqqa tortishning ijtimoiy 
chegaralari; 
- YaIMning o’sish chegaralari (kon’yunktura chegaralari). 
Mazkur chegaralarning mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy to’lovlar miqdori 
davlatning moliyaviy (iqtisodiy) imkoniyatlariga monand bo’lishi kerak. Ijtimoiy 
to’lovlar hajmini soliq tushumlaridan oshirib yuborish byudjet kamomadi va inflyatsiyaga 
sabab bo’luvchi omillardan sanaladi. 
Davlat soliqlar darajasini ham oshirib yubormasligi lozim, aks holda bozor 
rag’batiga zarar etkazilishi va jamg’armalarning turg’un defitsiti yuzaga kelishi mumkin. 
Vaholanki, jamg’armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moliyaviy asosini 
tashkil etadi va investitsiyalarga yo’l ochadi. 
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil qilar ekan, murakkab muammoni hal 
etadi: ishsizlar, nogironlar, keksalarni asrash uchun mablag’ ajratishga jamiyatning qaysi 
qatlamlarini jalb qilish kerakligini aniqlab oladi. Bu murakkab vazifalar davlat tomonidan 
iqtisodiy imkoniyatlarni ijtimoiy iste’mol bilan muvofiqlashtirib hamda salbiy oqibatlarni 
mikro va makro darajada tugatib borib hal etiladi. 
Daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish – turli darajalar: davlat, tarmoq, 
mintaqa va korxonalarning o’zaro aloqasini ko’zda tutuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayondir (11.6-chizma). 
Bu barcha darajalar o’zaro bog’liq, o’zaro qaram, ammo har biri o’z xususiyatiga va 
ierarxiyada o’z o’rniga ega. Davlat yetakchi tarmoqdir, u tartibga solishning yo’nalishi, 
taktikasi, uslublari, mexanizmi va ustuvor jihatlarini ishlab chiqadi. Iqtisodiyotning 
ijtimoiy orientatsiyasi xo’jalikni shaxsni kamol toptirish vazifasiga ongli ravishda 
bo’ysundiradi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling