O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti q. X. Аbdurаhmоnоv


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/182
Sana27.07.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1663025
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   182
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

 
 
11.2-chizma. Uy xo’jaliklari yalpi daromadlariga oid chizma 
Uy xo’jaligi – bitta xonadonda yashaydigan, barcha daromadlari va moddiy 
boyliklarini (yoki ularning bir qismini) birlashtirgan va tovarlar hamda xizmatlar 
Birlamchi daromadlar 
Ikkilamchi daromadlar 
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik 
faoliyatidan 
Joriy transfertlar 
- yollanib ishlashdan (mehnat 
haqi pul va natura bilan 
to’lanadi), 
- o’zining ishi (biznesi) bilan 
bandlikdan, 
- aralash daromad, 
- shaxsiy tomorqa xo’jalikdan 
(pul va natura bilan) olinadigan 
daromad 
Mulkdan 
Moliyaviy 
aktivlardan:
-qimmatli 
qog’ozlardan,
-banklardagi 
omonatlardan 
Noishlab 
chiqarish 
aktiv-
laridan: 
er, ko’ch- 
mas mulk 
va hoka-
zolardan 
-pensiyalar, 
-stipendiyalar, 
-nafaqalar, 
-sug’urta tovonlari, 
-moddiy yordam, 
-gumanitar yordam, 
-merosdan olinadigan 
daromad 
Uy xo’jaliklarining yalpi daromadi 


217 
iste’moli, asosan turar joy va oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-xarajatlarni birgalikda 
amalga oshiradigan shaxslar guruhi (yoki bir shaxs)dir. 
Aralash daromad daromadlarning mustaqil ko’rsatkichi bo’lib, unda mehnatga haq 
to’lash va foyda olish elementlari mujassamlashadi. Aralash daromadlar xususiy 
tadbirkorlik faoliyatidan (yollanma mehnat qo’llanilmagan holda), shaxsiy tomorqa 
xo’jaligidan olinadigan daromadlar, erkin kasbdagi shaxslarning daromadlari, mualliflik 
gonorarlari va shu kabilarni o’z ichiga oladi. 
Bozor iqtisodtiyoti sharoitida har qanday mamlakatning aholi daromadlari hamisha 
turli ijtimoiy guruhlar bo’yicha tabaqalashadi. Bunda asosiy masala ushbu 
daromadlarning qay darajada tabaqalashganligidangina iborat. Adolat va fuqarolar 
tengligi tamoyillari xukmron bo’lgan demokratik davlatda ayrimlar o’ta badavlatligi, 
boshqalarning esa qashshoqligi ijtimoiy keskinlikning oshishiga olib kelishi mumkin. 
Aynan shu bois daromadlardagi mavjud notenglikni o’lchash uslubiyatini o’zlashtirish, 
tengsizlikni vujudga keltiradigan sabablarni bila olish va aholi daromadlarining jamiyat 
uchun maqbul yo’sinda tabaqalashishiga erishish zarur. 
Iqtisodiyotda aholi daromadlari tabaqalashuvini o’lchashning turli usullaridan 
foydalaniladi. Eng oddiy usul – aholini belgilangan oraliqlar doirasida daromadlar 
darajasi bo’yicha guruhlashdir. Masalan, 200 ming so’mlik oraliqni belgilaymizda, 
qancha kishi 200 ming so’mgacha miqdorda daromadga ega ekanligini, keyin qancha 
kishi 200 ming so’mdan 400 ming so’mgacha, so’ng 400 ming so’mdan 600 ming 
so’mgacha daromadga ega ekanligini aniqlaymiz va hokazo. 
Daromad darajasi va dinamikasini baholash uchun o’rtacha daromad 
ko’rsatkichidan foydalaniladi. O’rtacha daromad darajasi shunday arifmetik o’lcham 
sifatida aniqlanadiki, bunda daromadlarning jamlangan hajmi aholining jami soniga 
bo’linadi. 
Bozor iqtisodiyotiga ega ko’pchilik mamlakatlarning statistikasida daromadning 
o’rtacha darajasi emas, balki median darajasi hisoblab ko’riladi. Median daraja shundayki, 
xodimlar yoki aholining bir xil miqdori undan yuqoriroq va pastroq darajada daromad 
oladi. Masalan, korxonada 7 ming kishi ishlaydi. Dastlabki ming kishi 240 ming so’m 
miqdorida, ikkinchi ming kishi – 250 ming so’m, uchinchisi – 270 ming so’m, to’rtinchisi –
300 ming so’m, beshinchisi – 350 ming so’m, oltinchisi – 370 ming so’m, ettinchisi – 400 
ming so’m daromad oladi. Shunda xodimlar ushbu guruhining median daromadi 30 mln 
so’m, o’rtacha daromad esa 320 ming so’m bo’ladi. 
Eng ko’p va eng kam daromadga ega bo’lgan aholi guruhlarining nisbati 
tabaqalanishning yaxshi ma’lum bo’lgan ko’rsatkichlaridan biridir. Butun aholi bunda 
son jihatidan teng bo’lgan o’n foizli, yigirma foizli yoki yigirma besh foizli guruhlarga 
bo’linadi. Shundan so’ng, oxirgi guruh olgan daromad birinchi guruh olgan daromadga 
bo’linadi. 
Shunda tegishli ravishda aholi daromadlarining detsil, kvintil yoki kvartil nisbatini 
olamiz. Quyidagi rasmda aholining yigirma foizlik guruhlarga qanday taqsimlanganligi 
ko’rsatilgan. U5 ning U1 ga nisbati aholi daromadlarining kvintil nisbatini ko’rsatib 
beradi. Aholi daromadlari tabaqalanishini baholashning boshqa usulini ham qo’llash 
mumkin. Bu usul hisobga olish natijasining oshib borishini e’tiborga olish orqali amalga 
oshirilishiga asoslangan. Yoki, iqtisodchilarning iborasi bilan aytganda, daromadning 
kumulyativ ulushlari hisobga olinadi. Barcha oilalarning daromadlari bir xil bo’lgan, 


218 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling