O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti


 Sanoat korxonasini boshqarish tizimi


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/111
Sana03.10.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1690916
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма

1.5 Sanoat korxonasini boshqarish tizimi 
Boshqarish to‗g‗risidagi ma‘lumot - bu menejment hisoblanadi. Menejment - 
inglizcha so‗z bo‗lib, o‗zbekcha «boshqaruv» ma‘nosini ifodalaydi. Ilmiy 
atamashunoslikda «Menejment» deganda shunday ijtimoiy – iqtisodiy jarayon 
tushuniladiki, uning natijasida o‗z oldiga qo‗yilgan maqsadlarga firma resurslariga 
rahbarlik qilish orqali erishiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida 
boshqarish tizimida tub islohatlarni amalga oshirish talab etiladi. SHu boisdan, 
iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridanoq bunga asosiy 
e‘tibor qaratildi. 
Bugungi kunda bu borada ahamiyatga molik ishlar qilindi. Birinchi 
bosqichda totalitor tuzumdan demokratik tuzumga, markazlashtirilgan qayta 
taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq ma‘muriy – buyruqbozlikdan 
iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish choralari asosida o‗zini-o‗zi boshqarishga, 
o‗zini-o‗zi idora etishga o‗tish qiyin bo‗ladi. Bu bosqichda boshqarishning aslida 
yangi tizimi vujudga keltirildi. 
O‗zbekistonda bu borada tegishli tajriba yo‗q edi va hatto biror bir o‗xshash 
ishlar ham bo‗lgan emas. Bozor munosabatlari tarkib topib bo‗lgan va bu 
yo‗nalishda endigina dastlabki qadamlarni tashlayotgan mamlakatlardagi 
boshqaruvni tashkil etishning turli tizimlari o‗rganildi. SHu asosda butun xalq 
xo‗jaligining tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul o‗z tuzimlari 
ishlab chiqildi. 
Boshqaruv 
sohasidagi 
islohatlar 
natijasida 
ko‗plab 
boshqaruv 
bo‗g‗inlarining vazifasi o‗zgardi, yangi boshqaruv idoralari tuzildi. Ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijrosi idoralari 


23 
tugatildi. Oldingi taqsimot ishlari hamda ularni amalga oshiruvchi mexanizmlarga 
barham berildi. 
Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining o‗rni muhim 
ahamiyatga ega. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda boshqaruv apparati 
va ular orasidagi bog‗lanish tushuniladi. 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling