O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent to‟qimachilik va yengil sanoat instituti
Paxta-to„qimachilik klasterlari faoliyatining o„ziga xos jihatlari
Download 4.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI Укув кулланма
Paxta-to„qimachilik klasterlari faoliyatining o„ziga xos jihatlari
quyidagilar sanaladi: paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari er, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishga, hosildorlikni oshirishga va etishtiriladigan paxta xom ashyosining o‗z vaqtida yig‗ib-terib olinishiga ko‗maklashadi, shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qo‗shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning ko‗paytirilishini ta‘minlaydi; 2 Meier zu Ko`ker G.Clusters in Germany. An Empirical Based Insight View on Emergence, Financing, Management and Competitiveness of the Most Innovative Clausters in Germany. Berlin: Institute for Innovation and Technology, 2009. 3 Модель «тройной спирали» как механизм инновационного развития регилна / И.Ю.Пахомова // Научные ведомости Белгородского государственного университета. Серия: Экономикаю Информатика. – 2012. – 37. – 1 (126) / том 22. 49 lizing asosida qishloq xo‗jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik, yoqilg‗i-moylash materiallari, o‗simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar etkazib berish bo‗yicha fermer xo‗jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga tatbiq etiladi; paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o‗z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi; ishlab chiqarilgan paxta tolasining o‗z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy iste‘molchilarga sotiladi; paxtadan olingan chigit paxta - to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida yog‗-moy korxonalariga, yog‗-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha birinchi navbatda, fermer xo‗jaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy iste‘molchilarga sotiladi; qo‗shimcha mahsulotlar (lint, o‗lik paxta va boshqalar) paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy iste‘molchilarga birja savdolari orqali sotiladi; paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xo‗jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo‗lmasligi lozim. Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling