Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet11/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

I bob boʻyicha xulosa
Korxonalarga investitsiyalar jalb qilishning muhim vositalaridan biri ular tomonidan toʻlanadigan dividendlar hisoblanadi. Korxona tomonidan toʻlanadigan dividendlar miqdori qanchalik yuqori boʻlsa korxonaning investitsion jozibadorligi ham shuncha yuqori sanaladi. Oʻzbekiston iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish faol investitsiya siyosatini oʻtkazish bilan chambarchas bogʻliq va bu islohotlar strategiyasining eng muhim shartidir. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishning yoʻllaridan biri mamlakat va uning hududlarining investitsion jozibadorligini baholash hisoblanadi. Ushbu vazifalarni hal etish, baholash usulini tanlash va uni amalda qoʻllashni taqozo etadi.
Oʻzbekistonda investitsion jozibadorlik mamlakat iqtisodiyotining oʻsishi; tadbirkorlik rivoji darajasi; hududiy bozorlar rivojlanganligi; investitsiya kiritish ob’ektlari xilma-xilligi; tabiiy resurslar hamda yuqori malakali kadrlar mavjudligi; xorijiy investitsiyalarni himoyalash va ularni qoʻllab-quvvatlash tizimi va shu kabi boshqa omillar bilan tavsiflanadi. Ushbu omillar mamlakat va uning hududlarining nisbiy afzalliklarini koʻrsatadi va bu investorlar uchun investitsiya kiritish ob’ektini tanlash va investitsiya xavfsizligini baholashda asos boʻlib xizmat qiladi. Investitsion jozibadorlikni tavsiflovchi omillarning xilma-xilligi, ularni hududlar boʻyicha baholash va taqqoslash uchun reyting tizimini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday tizimni yaratish va uni amaliyotga joriy etishdan manfaatdorlik, birinchi navbatda, davlat investitsiya institutlari, bozor infratuzilma ob’ektlari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati va istiqboli haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlmagan xorijiy investorlarda yuzaga keladi.
Dividend siyosatining eng muhim jihati – olingan daromadni dividend toʻlovlari va firmani rivojlantirish uchun qoldiriladigan mablagʻlar oʻrtasida eng maqbul ravishda taqsimlay bilishdan iborat boʻladi.


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling