Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


-jadval "Xorazm shakar" AJ qoʻshma korxonasida dividend hisoblanishi va toʻlanishi holati tahlili5


Download 252.65 Kb.
bet13/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

2.1-jadval
"Xorazm shakar" AJ qoʻshma korxonasida dividend hisoblanishi va toʻlanishi holati tahlili5

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2012 yil

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Hisoblangan dividend

mln. soʻm

45 821,4

67 008,7

61 037,9

36 539,1

64 259,3

Toʻlangan dividend

mln. soʻm

45 821,4

67 008,7

61 037,9

36 539,1

64 259,3

Aksiyalar soni

mln. dona

1,3

1,42

1,53

2,84

2,84

Aksiyalar nominal qiymati

soʻm

5 000

5 000

5 000

5 000

5 000

1 dona aksiya uchun dividend

soʻm

35 061,4

47 189,2

39 799,5

12 865,9

22 626,5

Aksiya boʻyicha daromadlilik

foizda

701,2

943,8

796,0

257,3

452,5

2.1-jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, “Xorazm shakar” qoʻshma korxonasi AJ tomonidan 2012-2016 yillarda hisoblangan va toʻlangan dividendlar turlicha boʻlgan. Ya’ni, 2012 yilda 45 milliard 821,4 million soʻm dividend hisoblangan boʻlib, bu 1,3 millionta aksiyaning har bir donasiga 35 061,4 soʻmdan daromad yoki 701,2% daromadlilikka erishgan. 2016 yilda esa 64 milliard 259.3 million soʻm hisoblangan va toʻlangan dividendlar, har bir aksiyaga 22 626.5 soʻmdan toʻgʻri kelganligini koʻrishimiz mumkin. Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, umumiy hisoblangan dividendlar 2012-2016 yillar davomida oʻsish tendensiyasiga ega boʻlsada, ammo bir dona aksiyaga nisbatan kamayish tendensiyasiga ega boʻlgan. Umuman olganda esa daromadlilik ushbu yillarda 257,3% dan 796,0 % oraligida ekanligini ijobiy baholash mumkin.


Aksiyadorlik jamiyati imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarmagan. Bunda aksiyalar soni oʻzgarishi amaldagi qonunchilik asosida aksiyalar nominal bahosi boʻyicha belgilab qoʻyilgan maksimal qiymatdan kelib chiqqan holda aksiyalarni maydalash hisobiga yuz bergan va va bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatii aksiyasi nominal bahosi 5000 soʻmni tashkil etadi. Jadvalda keltirilgan aksiya daromadliligi koʻrsatkichi e’lon qilingan dividend miqdorining aksiya nominaliga nisbatan foizda aniqlangan boʻlib, mazkur koʻrsatkich qoʻshma korxonada dividend miqdori ancha yuqoriligini koʻrsatib turibdi.
Rivojlangan mamlakatlarda dividendlarni toʻlash aniq sanalar boʻyicha quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi (2.2-rasm):



2.2-rasm. Xalqaro amaliyotda dividend toʻlash jarayoni sxemasi6
Bunda dividendlarni e’lon qilish vaqti aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori asosida direktorlar kengashi tomonidan dividend summasi va toʻlash muddatlari belgilanish vaqtini oʻzida aks ettiradi. Eks-dividend yoki reestr yopilish sanasi qaysi sanadagi reestr boʻyicha dividend toʻlanishinishi anglatadi va bu sanada odatda, aksiyalar kursi e’lon qilingan dividend miqdoriga kamayadi. Registratsiyadan oʻtish sanasiga qadar aksiyadorlar roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻladi va dividendlarni toʻlash sanasida esa registratsiyadan oʻtgan aksiyadorlarga dividend cheklari yuboriladi.
Milliy amaliyotda esa dividend toʻlash jarayoni quyidagi ketma-ketlik asosida tashkil etiladi (2.3-rasm).




Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling