Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


-rasm. “Xorazm shakar” qoʻshma korxonasi aksiyadorlik jamiyatii misolida dividend toʻlash jarayoni bosqichlari7


Download 252.65 Kb.
bet14/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

2.3-rasm. “Xorazm shakar” qoʻshma korxonasi aksiyadorlik jamiyatii misolida dividend toʻlash jarayoni bosqichlari7

Bunda reestr aksiyadorlar umumiy yigʻilishidan uch ish kuni oldin tuziladi va aynan shu reestrga kiritilgan aksiyadorlarga dividend toʻlanishi milliy qonunchilikda belgilab qoʻyilgan. Dividend toʻlash toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarori qabul qilinishi dividend e’lon qilinganligini anglatadi va qarorda dividend toʻlashning boshlanish va tugallanish sanalarini belgilash shart. Fikrimizcha, dividend toʻlash jarayonini ketma-ketligini xalqaro tajaribaga uygʻunlashtirish lozim.


Aksiyadorlik jamiyatlari toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi va jamiyatning rasmiy vebsaytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 16-muhim fakt sifatida e’lon qilib boradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari nominal bahosi tahlil qilinganda ayrimlarida bir soʻmlik, shuningdek Universal sugʻurta aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tomonidan bir tiyinlik aksiya muomalaga chiqarilganligini koʻrishimiz mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish masalasi qoʻyilgan vaqtda aksiya nominal bahosining bunday pastligi taklif jarayonida ma’lum bir muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki bir soʻmlik yoki bir tiyinlik aksiyani xorijiy investorlarga erkin almashtiriladigan valyutada taklif qilish oʻziga xos qiyinchilik tugʻdiradi. Keyin keltirilayotgan nominal bahodagi aksiya boʻyicha dividend miqdori haqida soʻz yuritish yana bir oʻziga xos jihat. Aynan shundan kelib chiqqan holda aksiya nominal bahosi boʻyicha minimal miqdorni ham belgilash lozim, deb oʻylaymiz.
Oʻrganishlar, oʻtkazilgan tahlillar va tadqiqotlarimiz natijasi sifati quyidagi xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Birinchidan, Aksiyadorlik jamiyatlarining samarali dividend siyosati qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish va oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirish, qoʻshib olishlardan himoyalanish, IPO oʻtkazish orqali aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, davlat byudjeti daromadlar tarkibida yuqori ulushga ega boʻlmagan dividendlar boʻyicha toʻlov manbaida undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda soligʻi stavkasi 7,5 foiz boʻlib turgan bir vaqtda dividend boʻyicha 10 foizlik soliq stavkasining qoʻllanilishi ma’lum darajada mahalliy investorlarning fond bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir koʻrsatishi mumkin.
Uchinchidan, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investorlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda aksiyalar nominal bahosi boʻyicha minimal miqdorni qonunchilikda belgilab qoʻyish maqsadga muvofiq. Chunki aksiya nominal bahosi qanchalik past boʻlsa, oʻz navbatida dividend miqdori ham past boʻladi. Natijada aksiyani erkin almashtiriladigan valyutada xorijiy investorga taklif etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin.
Quyida esa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ayrim korporativ tuzilmalarda hisoblangan va toʻlangan dividendlar hususida qisqacha toʻhtalib oʻtamiz.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning 31.03.2015 yildagi Kengashi Bayoniga koʻra dividend toʻlovi uchun hisoblangan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltirilgan: 

  • 5% miqdorida kreditlarni toʻlash, kapital qoʻyilmalar, shuningdek “2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida” kompleks dasturi va “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasi qurilishi” loyihasini amalga oshirishga;

  • 93.5% miqdorida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorinini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazida emissiya risolasini roʻyhatdan oʻtkazish orqali ustav fondini oshirishga;

  • 1.5% miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 dekabrdagi PQ-1874 sonli “Xorazm viloyatinining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yahshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadborlaritoʻgʻrisidagi” Qaroriga asosan Shovot kanalini ta’mirlash va uning qirgʻoqlarini obodonlashtirishga yoʻnaltirilgan.

2.2-jadval
Ipoteka bank” ATIB dividend boʻyicha hisoblangan va toʻlangan daromad toʻgʻrisida ma’lumot8


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling