Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


«Samarqand dori-darmon» AJ da sof foydaning taqsimlanishi va dividendlar miqdori holati tahlili9


Download 252.65 Kb.
bet17/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

«Samarqand dori-darmon» AJ da sof foydaning taqsimlanishi va dividendlar miqdori holati tahlili9

Koʻrsatkichlar

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

ming soʻm

% da

ming soʻm

% da

ming soʻm

% da

ming soʻm

% da

Sof foyda

609 775,40

100,0%

1 096 690,00

100,0%

1 113 324,00

100,0%

1 127 944,00

100,0%

Sof foyda taqsimoti, shu jumladan:

Jamiyat zahira fondiga

37 448,30

6,1%

64 459,60

5,9%

197 618,40

17,8%

218 905,60

19,4%

Jamiyat ustav fondini oshirishga

552 625,60

90,6%

732 829,60

66,8%

600 680,00

54,0%

600 680,00

53,3%

Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a'zolarini moddiy ragʻbatlantirishga

19 701,50

3,2%

23 088,00

2,1%

26 699,20

2,4%

34 448,30

3,1%

Dividend toʻlashga

0,00

0,0%

276 312,80

25,2%

288 326,40

25,9%

273 910,10

24,3%

«Samarqand dori-darmon» AJ da sof foydaning taqsimlanishi va dividendlar miqdori holatini 2.4-jadvalda koʻrishimiz mumkin. Ushbu ma’lumotlarga koʻra jamiyat sof foydaning asosiy qismuni ustav fondini oshirishga yoʻnaltirgan. Masalan, 2013 yilda sof foydaning 90.6%i ustav fondga yoʻnaltirilgan boʻlsa, 2016 yilga kelib esa 53.3%ini yoʻnaltirgan. Shuningdek, sof foyda aksiyadorlik jamiyati zaxira fondiga, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini moddiy ragʻbatlantirishga va qolgan qismini dividend toʻlashga sarflangan. Jamiyat 2013 yilda dividend toʻlamagan boʻlsa 2016 yilda 273910.1 ming soʻm, ya’ni jami sof foydaning 24,3%ini toʻlagan.


Tanlangan dividend siyosatiga muvofiq AJ foydasini taqsimlash mexanizmi quyidagi xarakat ketma-ketligini nazarda tutadi:
1. Sof foyda miqdoridan jamiyat ustavida koʻzda tutilgan zahira va boshqa maxsus jamgʻarmalarga ajratmalar chegirib tashlanadi.
2. Foydaning qolgan qismi kapitallashtirish va iste’molga taqsimlanadi.
3. Foyda hisobiga shakllantirilgan iste’mol jamgʻarmasi dividendlar toʻlash va AJ xodimlarining iste’mol jamgʻarmalariga (xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish va ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun) taqsimlanadi.
Bir oddiy aksiyaga dividendni toʻlash darajasi (DTD) ushbu formula orqali aniqlanadi:
DTD = DTF - IT/Moa
bu erda:
DTF - tanlangan dividend siyosatiga muvofiq shakllantirilgan dividend toʻlash fondi;
IT - imtiyozli aksiyalarga toʻlanadigan dividend jamgʻarmasi;
Moa - AJ tomonidan emissiya qilingan oddiy aksiyalar soni.
Dividend siyosatini shakllantirishning muhim bosqichlaridan biri, dividend toʻlash shaklidir. Ularning asosiylari quyidagilardir:
1. Dividendlarni naqd pulda (chek) toʻlash - eng oddiy va keng tarqalgan usul.
2. Dividendlarni aksiyalar bilan toʻlash - yangi chiqarilgan aksiyalarni dividend qiymati oʻrniga aksiyadorlarga berish
3. Avtomatik reinvestitsiyalash - aksiyadorga dividend shakli - naqd puldami yoki aksiya bilan olinadimi, tanlash huquqi beriladi.
4. Kompaniya tomonidan aksiyalarni sotib olish - dividend jamgʻarmasi miqdoriga kompaniya bozorda erkin muomaladagi aksiyalarning bir qismini sotib oladi. Bu qolgan aksiyalarga toʻgʻri keluvchi foyda miqdori va kelgusi davrda dividend toʻlash koeffitsientini oshirish imkoniyatini beradi.
AJ ning dividend siyosati samaradorligini baholashda quyidagi koeffitsientlardan foydalaniladi:
1. Dividend toʻlash koeffitsienti:
Dtk = DTF/ SF yoki Dtk = Da/ SFa
bu erda,
DTF - dividendlarni toʻlash fondi;
SF – AJning sof foydasi;
Da - bir aksiyaga toʻlanadigan dividend miqdori;
SFa - bir aksiyaga toʻgʻri keladigan sof foyda.
2. Aksiya bahosining daromadiga nisbati koeffitsienti:
Kb/d = ABb/Da
bu erda:
ABb - aksiyaning bozor bahosi;
Mablagʻlarning maxsus hisobraqamdan olib ishlatilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Kapitallashuvga yoʻnaltirilganda. Nizomga muvofiq, kapitallashuv - yuridik shaxslar tomonidan mablagʻlarni oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) oshirishga yoʻnaltirish. Ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilganda dividendlarning jamlangan summasi maxsus hisobraqamdan kapitallashuv summasi miqdorida hisob-kitob raqamiga koʻchirib oʻtkaziladi.
MISOL. Korxona yil yakunlari boʻyicha taqsimlanishi kerak boʻlgan 5000000 soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi. Muassislar tomonidan 2000000 soʻmni ustav fondini oshirishga yoʻnaltirish taklif etildi. Bunda maxsus hisobraqamda olingan, toʻlov manbaida soliq solishdan ozod etilgan 3 000 000 soʻm dividend yigʻilgan. Ustav fondini oshirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng maxsus hisobraqamdan 2000000 soʻm asosiy hisobraqamga oʻtkaziladi va mazkur summa maqsadga muvofiq ishlatilgan deb hisoblanadi.
Mablagʻlarni investitsiyalarga yoʻnaltirish. Nizomga muvofiq investitsiyalar boʻlib yuridik shaxslar tomonidan modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, rekonstruktsiya qilish va qurilishga yoʻnaltiriladigan, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga (fondiga) qoʻyilma sifatida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisoblanadi. Mazkur holda maxsus hisobraqamdan mablagʻlar koʻrsatilgan maqsadlar uchun hisobdan chiqariladi.
MISOL. Maxsus hisobraqamida 5 000 000 soʻmga ega boʻlgan korxona ustav fondi 3 000 000 soʻm boʻlgan shu’ba korxona tashkil qilishga qaror qildi. U maxsus hisobraqamdan 3 000 000 soʻm miqdorida mazkur shu’ba korxonaning ustav fondiga oʻtkazgan qoʻyilma mazkur mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻlib hisoblanadi.
Mablagʻlarni avval olingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirish. Nizomga muvofiq kredit - kredit tashkilotlari tomonidan yuridik shaxslarga muddatlilik va qaytarish shartlari asosida kredit tashkilotiga asosiy qarz summasi va ssudadan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash sharti bilan beriladigan pul shaklidagi ssuda. Soliq kodeksinnig 22-moddasiga muvofiq, kredit tashkiloti deganda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari tushuniladi.
MISOL. Korxonaning kredit tashkilotlaridan 15 000 000 soʻm qarzi mavjud. Toʻlov manbai boʻlgan yuridik shaxsga ariza berib, u manbada foyda soligʻini toʻlashdan ozod etildi va maxsus hisobraqamga 5 000 000 soʻm dividend oldi. Mablagʻlarni kreditni soʻndirishga yoʻnaltirgan holda korxona ularni 1901-son Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun ishlatdi.
Imtiyozlarni qoʻllashning yana bir muhim sharti boʻlib shuningdek Dividend tarzida olingan va toʻlov manbaida soliq solinmagan mablagʻlardan foydalanishning hisob-kitobini taqdim etish hisoblanadi. Toʻlov manbaida soliq solishdan ozod etilgan dividendlardan maqsadli foydalanish kerakligini hisobga olganda, mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan yoxud maxsus hisobraqamdagi mablagʻlardan 2014 yil 1 yanvarga qadar foydalanilmagan taqdirda ularga soliq solinishi kerak. Nizomda nazarda tutilishicha, mazkur holda ushbu dividendlarga mablagʻlardan maqsadli ravishda foydalanilmagan paytdagi yoki 2014 yil 1 yanvar holatidagi stavka boʻyicha dividend tarzidagi daromadlarga toʻlov manbaida foyda soligʻi solinganidek dividend oluvchi yuridik shaxslarda soliq solinadi.

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling