Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet18/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

II bob boʻyicha xulosa
Dividend siyosati aksiyadorlik jamiyati oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishishning qudratli vositasi hisoblanadi. Shuning uchun, foyda miqdori etarli boʻlganda ham, dividendlar miqdori, ularni toʻlash tartibi va muddatlari aksiyadorlik jamiyatning investitsiyaviy jozibadorligini, kapitalizatsiya darajasini hamda uning aksiyalari likvidliligini oshirishda muhim rol oʻynaydi.
Xalqaro amaliyotda dividend siyosatini shakllantirishga koʻpgina nazariy yondashuvlar mavjud boʻlib, eng keng tarqalgan nazariyalar quyidagilardir:
1. Dividendlar mustaqilligi nazariyasi (mualliflar F.Modilyani va M.Miller);
2. Dividendlarning ma’qulligi nazariyasi (yoki «yaqindagi oʻpka yaxshi», mualliflari M.Gordon, D.Linter);
3. Dividendlarni minimallashtirish nazariyasi (yoki «soliqni nazarda tutish nazariyasi»);
4. Dividendlarning signalli nazariyasi (yoki «xabar berish nazariyasi»);
5. Aksiyadorlar tarkibiga dividend siyosatining mos kelishi dividend siyosati nazariyasi (yoki «mijozlar nazariyasi»).
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividend toʻlovlarining doimiy ravishda amalga oshirilishi AJining investitsion jozibadorligiga xizmat qiladi. Bunday holatda korporativ obligatsiya muomalaga chiqarish yoki bank kreditlari jalb qilishga nisbatan qoʻshimcha aksiya emissiyasi hisobiga moliyaviy resurs jalb qilish nisbatan kam xarajat talab qiladi. Chunki muntazam dividend toʻlovlarining amalga oshirilayotganligining oʻzi investorning qiziqishiga sabab boʻladi. Mamlakatimizda oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda dividend siyosating oqilona yuritilishi ham ma’lum darajada mazkur vazifaning bajarilishiga xizmat qiladi, deb oʻylaymiz. Chunki dividend koʻrinishidagi daromadlarga qiziqtirish orqali aholi qoʻlidagi boʻsh pul mablagʻlarini aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini kengaytirish maqsadida jalb qilish mumkin. Buning natijasida oʻrta mulkdorlar sinfining shakllanishi bilan bir vaqtda aholi daromadlarining ham muntazam oʻsib borishiga erishiladi.
Bugungi kunda aksariyat emitentlarning dividend siyosati faoliyatdagi kapitalni oshirish, uni korxona aylanmasida saqlashga emas, balki iste’molga (mohiyatan kompaniya aktivlarining bir qismini dividendlar koʻrinishida yoʻqotish) yoʻnaltirilmoqda. Bu korxonaning iqtisodiy rivojlanishini susaytirish va ularning raqobatbardoshligi va chet el investorlarining qiziqishlarini pasaytirish xususiyatiga ega.


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling