Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


III BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI


Download 252.65 Kb.
bet19/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

III BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
3.1 Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil va takomillashtirish yoʻnalishlari
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish mamlakat moliya tizimi barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllanishida, uy xoʻjaliklarining doimiy daromad manbasiga ega boʻlishlarida, tashqi savdo munosabatlarida, moliya-kredit muassasalarining barqaror ishlashida oʻziga xos vositachi vazifasini oʻtaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligini oshirishga, ularning investitsion jozibadorligini ta’minlashga hukumat darajasida jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiylashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investorlarni va xorijiy menejerlarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga keng jalb qilish kabi masalalarga dolzarb masalalardan biri sifatida yondashilayotgan bir vaqtda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiq. Shu asosda quyida aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini ta’minlashning ayrim masalalari xususida fikr yuritamiz.
Oxirgi yillar mobaynida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligini oshirish, investitsion jozibadorligini ta’minlash hamda dividend siyosatini samarali tashkil etish maqsadida ular faoliyatiga doir quyidagi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (yangi tahrirda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2327-sonli Qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4720-sonli Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2454-sonli Qarori.
3.1-jadval

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling