Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet22/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

Markovits modeli.
Koʻpchilik investorlar oʻz mabdagʻlarini yuqori daromadli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirish bilan birga ular boʻyicha investitsion risklarni pasaytirishga urunadilar. Ularning oldida portfel tarkibini tanlash muammosi paydo boʻladi. Ana’naviy yondashuvga koʻra portfelga yshnaltirilgan mablagʻlarni diversifikatsiya qilish bi unvestitsion risklarni pasaytirish yoʻli boʻlib hisoblanadi.Masalan, agar investor oʻz mablagʻlarini 10 ta teng qismga ajratib, ularni turli tarmoqqa tegishli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirsa, portfel oʻz oʻzidan minimal risk darajasiga erishishi mumkin boʻladi. Ammo bu yondashuv faqat sifat jihatdan amalga oshrililib, odatda portfel tarkibidagi qimmatli qogʻozlar hajmiy jahatdan toʻliq baholanmaydi va ularga aniq daromadlilik va risk darajasi oʻrnatilmaydi.
1950 yillarning boshlarigacha portfel risklari faqat sifat jihatdan aniqlangan boʻlib, boshqaruv menejerlari aksiyalarni quyidagicha klassifikayiya qilishgan: konsnrvativ, arzon, oʻsuvchan, daromadli va spekulyativ. Aktivlarni bunday guruhlashtirish ushbu sohada izlanishlar olib borayotgan olimlarga portfel shakllantirishni optimallashtirishga qaratilgan chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratdi. Bu yoʻnalishda birinchi ish, ya’ni portfelni begilangan daromadlik va risk darajasida shakllantirish tamoillarini oʻzida ifodalagan Markovitsning “Portfel tanlovi: investitsiyalarni samarali diversifikatsiyasi” (“Vibor portfelya: effektivnaya diversifikatsiya investitsiy”) deb nomlangan ishi boʻldi. U 1952-yilda jurnalda chop etildi. Markovits shunday hulosaga keladiki, koʻpchilik investorlar riskdan (agarda ular yuqoir darajadagi daromad bilan ta’minlanmagan boʻlsa) iloji boricha xoli boʻlishni xoxlashadi. Investorlar qandaydir belgilangan daromadlik normasida iloji boricha ushbu daromaddan minimal chetlanishga ega boʻlgan portfelni ma’qul koʻradilar. Shunga koʻra investorlar portfelni diversifikatsiyalash orqali riskni minimallashtirishga intiladilar.
Ammo portfel tarkibidagi qimmatdi qogʻozlar bir biri bilan kuchli bogʻlanishga ega boʻlsa, uni diversifikatsiyalash faqatgina qisman riskni kamaytirishi mumkin. Samarali diversifikatsiya shundan iborat boʻladiki, portfel tarkibidagi qimmatli qogʻozlarning holati bir biriga oʻxshash boʻlmasligidir, Ya’ni bir tarmaq qimmatli qogʻozlarining narxi pasayganida boshqa tarmoq (korxona) aksiyalarining koʻtarilishi). Bu holatda daromadlik darajasidan chetlanish ehtimoli (risk darajasi) pasayadi.
Markovits modelini amaliyotda qoʻllash uchun har bir qimmatli qogʻozning kutilayotgan daromadlik darajasi, uning standart chetlanishi va aksiyalar oʻztasidagi oʻzaro kovariatsiyasini aniqlash kerak boʻladi. Agarda ushbu ma’lumotlar mavjud boʻlsa, Markovits koʻrsatib berganidek, kvadrat dasturlashtirish yordamida “samarali portfel” ni aniqlash mumkin.


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling