Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


-rasm. Markovitsning “samarali portfel” nazariyasi egri chizigʻi16


Download 252.65 Kb.
bet23/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
МД-Азиза

3.1-rasm. Markovitsning “samarali portfel” nazariyasi egri chizigʻi16
Markovits izlanishlariga koʻra, rasmda keltirilgan qandaydir A portfel boʻladigan boʻlsa, u suboptimal yoki samarasiz portfel boʻlib hisoblanadi, chunki V portfel xuddi shunday kutilayotgan daromad darajasida risk darajasi minimal boʻlishini ta’minlashi mumkin. Shu bilan birga bur vaqtning oʻzida S portfel A portfel risk darajasini saqlab qolgan holda ancha kattaroq daromad olishni ta’minlashi mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda barcha samarali portfellar EF egri chizigʻida joylashishi kerak. Bu egir chiziq koʻproq Markovitsning “ samarali chegara” si (Effektivnaya granitsa) deb nomlanadi.
Umuman aytganda Markovitsning ushbu modeli optimal portfelni tanlash imkoniyatini bermaydi, balki samarali portfellar tanlovini amalga oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari Markovits modelidan foydalanishda koʻp hisob – kitoblar va informatsiyalar oʻrganish talab etiladi. Bu esa bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sharp modeli (indeksli model).
Portfelni shakllantirishda nisbatan soddaroq va osonroq model Sharp modeli boʻlib hisoblanadi. Sharp modelini Markovitsning portfel shakllantirish modelini soddalashtirilgan koʻrinishi yoki Sharpning indeksli modeli deb ham atash mumkin. Sharpning fikriga koʻra, xar bir alohida aksiyadan kutilayotgan daromadlik darajasi bozor indeksi bilan kuchli korrelyatsiyaga ega. Bu esa samarali portfel tanlovini amalga oshirishni ancha osonlashtiradi. Sharp modelining qoʻllanilishi ancha kam hisoblashlarni talab etadi va amaliyotda bu model qoʻllanilishini ancha ososnlashtiradi. Bozordagi aksiyalarni xarakatini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, xar bir aksiyani bir biri bilan oʻzaro kovariatsiyasini hisoblash shart emasligi, xar bir aksiyaning umumiy bozor bilan oʻzaro muvozanati qanday ekanligini aniqlash kifoya qiladi. Shunday ekan gap qimmatli qogʻozlar haqida ketar ekan, bozorning umumiy hajmini hisobga olish kerak boʻladi. Shu oʻrinda shuni aytish kerakki, fond bozorida qimmatli qogʻozlarning soni ancha katta, xatto bir mamlakatda ham. Ular boʻyicha xar kuni xam birja ham birjadan tashqari bozorlarda katta muomilalar amalga oshiriladi. Bozordagi qimmatli qogʻozlarning narxlari doimo oʻzgarib turganligi sababli, bozorini umumiy holatini aks ettiruvchi indeks (fond indeksi) lardan foydalaniladi.
Masalan, agar “oʻrtacha” portfel tarkibiga Nyu York fon dirjasida kotirovka qilinadigan bitta dona aksiya jalb qilingan boʻlsa, uning daromaddan standart chetlanishi () taxminan 28% ni tashkil qilsa, ikkita istalgan aksiyalardan tashkil topgan oʻrtacha portfel standart chetlanishi oʻrtacha 25% ni tashkil etadi. Agarda portfel tarkibida (turli tarmoqlar boʻyicha) aksiyalarning soni 10 gacha yetkaziladigan boʻlsa, portfelning daromadlikning standart chetlanishi taxminan 18% gacha tushishi mumkin. Grafikdan koʻrinib turibdiki, portfel tarkibidagi aksiyalar sonining oshishi bilan risk darajasi miinmallashib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda agar portfel tarkibida bozorda kotirovkada boʻlgan aksiyalardan (bozor portfeli) tashkil topgan boʻlsa, unda portfelning standart chetlanishi oʻrtacha 15,1% tashkil etadi. Shunday qilib portfel tarkibida mavjud boʻlgan aksiyalarni risk darajasini (tizimsiz riskni) diversifikatsiyalash (portfel tarkibida 30 ga yaqin turli hil aksiyalarni jamlash natijasida pasaytirish mumkin. Ammo qandaydir belgilangan darajasidagi risk darajasi doimo mavjud boʻladi. Bu risk bevosita bozor (tizimli) riski boʻlib, portfel qanchalik kuchli diversifikatsiyalangan boʻlmasin riskning ma’lum darajasi doimo saqlanib qoladi.

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling