Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet24/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
МД-Азиза

III bob boʻyicha xulosa
Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xalqaro fond birjalariga ochiq joylashtirish amaliyotini tashkil etishda listing talablaridan biri hisoblangan dastlabki toʻlovlar va har yillik toʻlovlar darajasini hisobga olish lozim. Chunki bunday toʻlovlarning amalga oshirilishi aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir koʻrsatmasligi talab etiladi. Xalqaro etakchi fond birjalarining IPO boʻyicha talablariga mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining toʻliq javob bera olmasligidan kelib chiqqan holda mintaqaviy fond birjalarini rivojlantirish yoki talablari nisbatan qulayroq boʻlgan fond birjalariga aksiyalarni joylashtirish boʻyicha strategik moliyaviy rejalar mamlakat miqyosida qabul qilinishi va amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Dividend siyosatini shakllantirishning jahon nazariyalarini oʻrganar ekanmiz, jahondagi yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan toʻlanadigan dividendlar miqdori aksariyat hollarda shu mamlakatning inflyatsiya darajasiga bogʻliq boʻlib, dividend miqdori 2-5% atrofida belgilanadi. Bu yirik kompaniyalar tomonidan past dividend miqdorini belgilanishi asosiy sababi aksiyalarining erkin muomalada boʻlishini, kurs tafovutidan foyda olinishini ta’minlash va oʻz faoliyatiga ommaviy investorlarni jalb qilishdan iboratdir.
Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining assotsiatsiyasi boʻyicha oʻrtacha dividend daromadliligi 3,54%, Shimoliy Osiyo boʻyicha oʻrtacha 2,46% ni, AQSh boʻyicha oʻrtacha 2,03% ni, Evropa boʻyicha oʻrtacha 2,95% ni, butun guruhlar boʻyicha oʻrtacha dividend daromadliligi esa 2,83% ni tashkil qilgan. Aytish joizki, yuqoridagi davlatlar indekslari uchun toʻlanayotgan dividendlarning oʻrtacha miqdori inflyatsiya darajasidan ham past ekanligini tahlil etishimiz mumkin. Bunday holat investorlarni aksiyani ushlab turishga, dividend olish uchun aksiya sotib olishga undamaydi hamda taqsimlanmagan foydaning koʻproq qismi emitent ixtiyorida qolishiga hamda ROA, ROE moliyaviy koeffitsientlarining oʻsishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, muomaladagi aksiyalarning aksariyat qismi ikkilamchi bozorda oldi-sotdi ob’ekti sifatida muomalada boʻladi. Ikkilamchi bozorda keng qatlamli investorlarning aksiyalar oldi-sotdi jarayonida qatnashishi emitentning bozordagi imidjiga, obroʻsiga juda ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
XULOSA
Korxonalar investitsion jozibadorligini oshirishda dividend siyosatini takomillashtirishga doir amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy hulosalar shakllantirildi va takliflar ishlab chiqildi.
1. Dividend siyosati (dividend policy) – kompaniyaning oʻz aksiyadorlariga dividend toʻlash munosabatlarini ifodalab, kompaniyaning oʻzgarmas qarorlari davrida investitsiya va qarzlarga taalluqli masalalar hisoblanadi. Soliqlar va operatsion xarajatlar mavjud boʻlmagan ideal moliyaviy muhitda kompaniya qanday dividend siyosati yuritishidan qat’iy nazar, aksiyadorlar farovonligi (ya’ni, ular aksiyalarining bozor qiymati) bir xil darajada boʻladi, Haqiqatda (haqiqiy hayotda) aksiyadorlarning farovonligiga (moddiy barqarorligiga) ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan bir qancha moliyaviy omillar mavjud. Soliqlar, moliyaviy faoliyatni tartibga solish xususiyatlari, tashqi moliyalashtirish xarajatlari va informatsion (axborot), yoki dividendlarning “signallik” xususiyati (mazmuni) bunday omillar boʻlishi mumkin.
2. Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend, emissiya va investitsiya siyosatlarini oʻzaro bogʻliq holda, hamda maksimal foyda olishga qaratilgan yoʻnalishlarda olib borilishi nafaqat qimmatli qogʻozlar bozoriga, balki butun iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qiladi. Lekin ayrim hollarda koʻpgina yirik aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatlari qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlanishiga salbiy tomondan ta’sir koʻrsatishi mumkin. Umuman, mazkur siyosatlarni oʻzaro bogʻliq holda olib borilishi davlatning oldida turgan bir qancha muammolarni, xususan, ishsizlik, aholini tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, milliy qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammosini hal qilishga yordam beradi.
3. Rivojlangan davlatlar qimmatli qogʻozlar bozorida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati koʻlami va yoʻnalishi kengayib borayotganligi hamda yangicha tus olayotganligi natijasida fond bozori rivojlanishida aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatlari muhim rol oʻynamoqda. Mazkur holat mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining milliy qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini korporativ manfaatlarni ustun qoʻygan holda xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorida yuzaga keladigan tendentsiyalar bilan muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Buning uchun aksiyadorlik jamiyatlarining dividend, emissiya va investitsiya siyosatlarini qimmatli qogʻozlar bozoridagi rolini oshirishga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish va ularning fond bozoridagi rolini shakllantiruvchi muhim shart-sharoitlarni yuzaga keltirish lozim.
4. Dividend siyosatini shakllantirishning jahon nazariyalarini oʻrgangan holda, aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya faoliyati mexanizmini yaxshilash fond bozorlarida free float darajasini oshirish kabi masalalarga bogʻliq boʻlib, ularni echilishi mamlakatimiz qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlanishining yangi bosqichiga olib chiqadi.
5. Toʻlanayotgan dividendlar summasi kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari nisbatlariga, uning byudjeti, kapitalizatsiya darajasiga va likvidliligiga ta’sir qiladi. Dividendlar kompaniyaning oʻz kapitalini kamaytiradi, chunki ular korxonaga qoldirilgan foydadan toʻlanadi. Boshqa teng sharoitlarda ularning toʻlanishi qarz va oʻzlik kapitali oʻrtasidagi nisbatning ortishiga olib keladi.
6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida emitentlarning investitsiya va dividend siyosatlarining chambarchas bogʻliqligi hamda ularni samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
- yirik korxonalarni xususiylashtirish mexanizmini IPO yoʻli bilan tadbiq etish;
- yirik aksiyadorlik jamiyatlarning ustav kapitalida davlatning ishtirokini kamaytirish evaziga erkin muomaladagi aksiyalar ulushini koʻpaytirish kerak;
- emitentlar yuritayotgan dividend siyosatini “yillik dividendni hech qachon pasaytirma” shioridan voz kechish;
- mulkdorning joriy va kelgusi dividend daromadlari boʻyicha soliq toʻlovlarini minimallashtirish yoki imtiyozlar berish lozim;
- moliya bozorida mayda investorlarni keng ishtirok etishini ta’minlash va ularning investitsiyalarini himoyalash mexanizmlarini tadbiq etish;
- birlamchi bozordagi ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish va qimmatli qogʻozlarni chiqarish boʻyicha davlat roʻyxatiga olish jarayonlarini soddalashtirish;
- emissiya jarayonini soliqlar va soliqsiz yigʻimlardan imtiyozlar berish;
- mamlakatimiz qimmatli qogʻozlar bozorining ijobiy imidjini yaratish va takomillashtirish;
- milliy qimmatli qogʻozlar bozorini xalkaro fond birjalar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash;
- fond bozorida investitsiya ob’ekti boʻlgan hosilaviy qimmatli qogʻozlar turlarini joriy etish.
7. Bizga ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini ta’minlashdagi eng muhim masalalardan biri axborotlar shaffofligi masalasidir. Shundan kelib chiqqan holda barcha aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy hisobotlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi alohida reyting agentligini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunda reyting agentligi faoliyati aynan aksiyadorlik jamiyatlariga qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish maqsadida moliyaviy hisobotlar asosida alohida koʻrsatkichlar, xususan moliyaviy barqarorlik va umumiy daromadlilik koʻrsatkichlari, aksiyalar daromadlilik darajasi hamda boshqa koʻrsatkichlarni e’lon qilib borishga qaratilishi lozim.


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling