Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


III BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TAKOMILLASH-TIRISH YOʻLLARI


Download 252.65 Kb.
bet2/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

III BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TAKOMILLASH-TIRISH YOʻLLARI ……………………………….....................................

55

3.1 Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil va takomillashtirish yoʻnalishlari ………………………………………………

55


3.2 Korxonalar dividend siyosatini tashkil etish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarining oʻziga xos xususiyatlari………………………………………

63


III bob boʻyicha xulosa ……………………………………………………..

72







XULOSA …………………………………………………………………

74







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.................................

77


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etilish orqali foydani maksimallashtirish ijroiya organ hamda va korporativ boshqaruv sub’yektlarining asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligining ham asosiy koʻrsatkichlari boʻlib ham foyda miqdori hamda uning dividend sifatida taqsimlanish darajasi boʻlib hisoblanadi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlariga moliyaviy resusrslar, ya’ni investitsiyalar jalb qilishda mazkur koʻrsatkichlarning holati qay darajada ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek – “Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi1”. Demak, investitsiyalar aksiyadorlik jamiyatlari uchun ham yangi texnika texnologiyalar va “nou-xau”lar kirib kelishiga imkoniyatlar yaratadi. Bunga erishish uchun, albatta, puxta oʻylangan dividend siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha korxonalarda ham dividend siyosati yaxshi holatda amalga oshirilayapti deb boʻlmaydi. Chunki, dividend siyosatining samarali amalga oshirilishi oʻz navbatida fond birjalar rivojlanishiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatishi kerak. Mamlakatimizda hanuzgacha fond birjalari yetarli darajada rivojlanmaganligi, aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali amalga oshirish zaruratini taqozo etadi. Shu sababdan ham bugungi kunda mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmi va dividend siyosatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida – “… kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yoʻli bilan, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish”2 – kabi masalalar alohida qayd etilgan. Shu sababdan ham bugungi kunda aktsionerlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil etish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻz navbatida mazkur magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini oʻzida aks ettiradi.

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling