Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet5/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

Ish tuzilmasining tavsifi. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, har bir bob boʻyicha xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Shuningdek ishga, jadval va rasmlar biriktirilgan. Tadqiqot ishining hajmi 80 betdan iborat.

I BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDAN VA DIVIDEND SIYOSATINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash va dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash masalasi korporativ boshqaruv oldidagi jiddiy masalalardan biridir. Chunki har bir aksiyador kiritgan ulushidan kelib chiqqan holda foydaning tegishli qismini olishga intiladi. Boshqa tomondan aksiyadorlik jamiyatining hisobot davrini foyda bilan yakunlashini ta’minlagan boshqaruvchilar ham foydaning ma’lum bir qismini mukofot tarzdida olishni xohlaydi. Shuningdek aksiyadorlar oldida aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida erishilgan foydani reinvestitsiyalash masalasi ham turadi. Foydani taqsimlashda yuqorida keltirilayotgan har bir jihat inobatga olinishi shart. Aks holda tomonlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi, natijada esa korporativ nizolar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari foydaning aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanishida faoliyatni kengaytirish maqsadida qoʻshimcha resurslar jalb qilish imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim. Umuman korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash mexanizmi haqida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati hisobot davri yakunlari boʻyicha moliyaviy natija shakllantiriladi. Bunda barcha soliq majburiyatlari bajarilgach, korxona ixtiyorida qolgan foyda taqsimlanmagan foydaga oʻtkaziladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav kapitalining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi ustavda belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Foydadan har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak. Bundan koʻrinib turibdiki, korporativ boshqaruvda foydani taqsimlashda zaxira fondlarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Boshqa mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari oʻrnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun moʻljallanadi. Bunda zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav asosida kelgusi davr xarajatlari bilan bogʻliq boshqa fondlar ham tashkil etilishi mumkin.
Korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash masalasi avvalo Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Soʻngra Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga masala kiritiladi. Bunda foydani taqsimlashda zaxira fondiga ajratmalar qilish, reinvestitsiyalash natijasida qoʻshimcha aksiyalar chiqarish, oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash masalalari koʻrib chiqilishi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Dividendbu sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiqlikda mulkdorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismidir. Dividend siyosati – korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari oʻrtasidagi proportsiyani optimallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir.
Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga tikilgan (qoʻyilgan) pul mablagʻlari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va oʻz navbatida olingan foydani taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi. Umuman mazkur huquqni amalga oshirish vaqtida foydaning turli shakllardagi qismlarini ta’sischilar foydasiga oʻtkazish koʻrinishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an’anaviy tarzda foydani taqsimlashda ishtirok etish va dividendlar toʻlanishi (dividend olish) shaklida amalga oshiriladi.
Kapital taqdim etishdan olinadigan boshqa daromadlardan, masalan foizlardan farqli ravishda dividend toʻlovlari majburiy hisoblanmaydi, ularning miqdori oldindan ma’lum boʻlmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar miqdori direktorlar kengashi taklifi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga asosan belgilanadi va odatda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan olinadigan natijalarga bogʻliq boʻladi.
Dividendlar olish huquqi imtiyozli aksiyalar kabi oddiy aksiyalarga ham beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda imtiyozli aksiyalar boʻyicha odatda qa’iy belgilangan dividendlar toʻlanadi. Mamlakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyati ustavida dividendlar miqdori qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qoʻyilishi lozim. Umuman aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar faqatgina jamiyat tomonidan barcha xarajatlar qoplangandan soʻng, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar boʻyicha foizlar, soliqlar va imtiyozli iktsiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan soʻng toʻlanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, oddiy aksiyalar egalarining korxona faoliyati boʻyicha olingan foydaning bir qismiga egalik qilish huquqi eng oxirgi navbatda qanoatlantiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligi bevosita olingan foyda va aksiyadorlarga toʻlanayotgan dividend miqdori bilan belgilanishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari xususida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning aksiyadorlar oʻrtasida dividend koʻrinishida toʻlanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan qismi oʻrtasidagi optimal nisbatni belgilash boʻyicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Dividend siyosatining oqilona yuritilishi oʻz navbatida Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida quyidagilarga imkon beradi (1.1-rasm):

1.1-rasm. Oqilona dividend siyosati orqali erishish mumkin boʻlgan natijalar3
Yuqoridagi rasm ma’lumotlarini kengroq bayon etgan holda quyidagilarni alohida ta’kidlashimiz lozim:

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling