Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Download 252.65 Kb.
bet3/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqotning ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati olingan. Aksiyadorlik jamiyatlarida foydaning taqsimlanishi va dividend siyosatini samarali tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmi va dividend siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatining nazariy asoslarini tadqiq oʻrganish;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini tashkil etishning amadagi holatini tahlil qilish hamda ilmiy asoslangan xuloslar ishlab chiqish;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini tashkil etishning iqtisodiy va huquqiy asoslarini tadqiq etish;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida foydaning taqsimlanishi va unda dividendlarning ulushini tahlil qilish;

  • korxonalarda dividend siyosatini samarali tashkil va takomillashtirish yoʻnalishlarini tadqiq etish;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmini va dividend siyosatini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalr ishlab chiqishdan iborat.

Ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • korxonalarda dividend siyosatining asosiy yoʻnalishlari ilmiy jihatdan yoritildi;

  • dividend siyosatining jamiyat moliyaviy barqarorligiga ta’siri tahlil qilindi;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining shakllanishi va ta’sischilarning ulushi hamda ular uchun hisoblangan dividend summalari tahlil qilindi;

  • dividend siyosatining kompaniyalar faoliyati samaradorligiga ta’siri aniqlandi;

  • aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil etish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqildi.


Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling