Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 252.65 Kb.
bet4/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishining asosiy masalasi, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmi va dividend siyosatini samarali tashkil etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishida keltirilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi, aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini samarali tashkil etish va takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin. Tadqiqotning farazi esa, foydani toʻgʻri proportsional taqsimlash mexanizmini joriy etish, foydani reinvestitsiya qilish boʻyicha xorijiy amaliyotdan kelib chiqib takliflar ishlab chiqish, investitsion jozibadorlikni oshirishga dividend siyosatining ta’sirining ilmiy asoslanishi hisoblanadi.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmi va dividend siyosatini samarali tashkil etish kabi masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlar iqtisodchi olimlaridan A.Idrisov, V.Van Xorn, V.Bocharov, V.Milovidov, D.Savitskaya, D.Ergin, D.Shevchuk, I.Karaseva, I.Blank, I.Lipsits, J.Cheng, J.Annaert, K.Kempbell, K.Makkonell, L.Moortgat, L.Pavlova, M.Jonk, N.Petrosyan, P.Xavranek, R.Kempbell, R.Fatxutdinov, S.Kartishev, E.Dolan, W.Song va boshqalarning asarlarida koʻrib oʻtilgan.
Oʻzbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Karimov, B.Berkinov, B.Toshmurodova, J.Zaynalov, M.Hamidulin, N.Haydarov, N.Sherqoʻziyeva, R.Karlibaeva, N.Jumaev, S.Elmirzayev, T.Malikov, V.Kotov, U.Burxonovlar, Sh.Elmurodov va boshqa bir qator olimlar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiyada ilmiy abstraksiyalash, induktsiya va deduktsiya, qiyosiy, tarkibiy va trendli tahlil, moliyaviy koeffitsientlar, operatsion-qiymat usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash mexanizmi va dividend siyosatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha asoslangan ilmiy-uslubiy takliflar mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati strategiyasini hamda qonunchilik bazasini takomillashtirishga asos boʻlib xizmat qiladi. Dividend siyosatini oqilona tashkil etish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarni amalda qoʻllash mumkin. Dissertatsiya tadqiqotining amaliy natijalari, hozirgi davrda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Dissertatsiya materiallaridan “Korporativ moliya”, “Moliyaviy menejment” va “Korporativ boshqaruv” fani boʻyicha ma’ruza matnlari hamda keys-stadilar tayyorlashda, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishda foydalanish mumkin.

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling