Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura boʻlimi qoʻlyozma huquqida uoʻK


II BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TASHKIL ETISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI


Download 252.65 Kb.
bet12/28
Sana29.08.2023
Hajmi252.65 Kb.
#1671128
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
МД-Азиза

II BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA FOYDANI TAQSIMLASH VA DIVIDEND SIYOSATINI TASHKIL ETISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
2.1 Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini tashkil etishning amaldagi holati tahlili
Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) lari faoliyatini samarali tashkil etish mamlakat moliya tizimi barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi (korporativ moliya) davlat byudjeti daromadlarining oʻz vaqtida va toʻliq shakllanishida, uy xoʻjaliklarining doimiy daromad manbasiga ega boʻlishlarida, tashqi savdo munosabatlarida, moliya-kredit muassasalarining barqaror ishlashida oʻziga xos vositachi vazifasini oʻtaydi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda korporativ moliyaviy munosabatlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, xususiylashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investorlarni va xorijiy menejerlarni Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida 2015 yilda “378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qoʻyildi”. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligi bevosita olingan foyda va aksiyadorlarga toʻlanayotgan dividend miqdori bilan belgilanishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari xususida quyida toʻxtalib oʻtamiz.
Mamlakatimizdagi Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosati 2014 yil 6 mayda yangi tahrirda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun asosida tashkil etiladi. Mazkur qonunga koʻra “Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan qismidir. Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha e’lon qilingan dividendlarni toʻlashi shart”.
Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning aksiyadorlar oʻrtasida dividend koʻrinishida toʻlanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan qismi oʻrtasidagi optimal nisbatni belgilash boʻyicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Amaldagi tartibga koʻra, Aksiyadorlik jamiyatlari moliya yilining birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Shundan kelib chiqqan holda “Xorazm shakar” qoʻshma korxonasi AJ misolida dividend tahlilini koʻrib chiqamiz (2.1-jadval).

Download 252.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling