O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga
Download 0.73 Mb.
|
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.1-jadval Lisenziya beruvchi organlar
3.2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga
lisenziya berish tartibi Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan lisenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Lisenziya beruvchi organlar 3.2.1-jadvalda keltirilgan. Lisenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo’lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so’ng, 30 kun ichida lisenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. Agar lisenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so’ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o’tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to’laydi. Lisenziya ikki nusxada bo’lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo’l qo’yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. 3.2.1-jadval Lisenziya beruvchi organlar Lisenziya beruvchi organlar Faoliyat turi Vazirlar Mahkamasi -raketa-kosmik majmui; -aloqa tizimlari; -qimmatbaho metallar; -qimmatbaho toshlar qazib olish; -qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari yasash; -havo taransporti va boshqa faoliyat turlari. Adliya vazirligi -yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug’ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar. Moliya vazirligi -qimmatli qog’ozlarni chiqarish; -lotereya o’yinlarini o’tkazish va boshqalar. Markaziy bank -valyuta qiymatliklari bilan operasiyalar o’tkazish; -tijorat banklari ochish va boshqalar. Ichki ishlar vazirligi -ovchilik va sport o’qotar qurollari va ularga o’q- dorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish; -sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish; -tarkibida narkotik moddalar bo’lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish; -narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar. Sog’liqni saqlash vazirligi -farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish; -tibbiy xizmat ko’rsatish; -parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar. Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari -sog’lomlashtirish va bolalar, o’smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish; -xususiy o’quv muassasalarini ochish va boshqalar. O’zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi Aloqa xizmati ko’rsatish. Lisenziyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: - lisenziya berayotgan muassasa nomi; - yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi; - lisenziya berilayotgan faoliyat turi; - faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; - lisenziyaning ro’yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda lisenziyada belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda lisenziya bergan muassasa tadbirkorni lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda lisenziya bergan muassasa lisenziyani bekor qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling