O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


 Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini


Download 0.73 Mb.
bet46/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

3.3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini 
boshqarishning maqsadi va vazifalari
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga
oshiruvchi va vazifalarini bajaruvchi, o’zaro bog’langan turli boshqaruv organlari
va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda
boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish
jarayoni hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat
ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar
o’rtasida mehnat taqsimotini talab etadi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari
va ularga xos boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularninng tarkibi
va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi.


Boshqaruvning maqsadi, vazifasi, obyekti va organlari uning tashkiliy


tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqaruv organlari
boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqaruvning ayrim yoki qator vazifalarini bajaruvchi
mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal
xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → sex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi
bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal
bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish
tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular
o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil etadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling