O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin


Download 0.73 Mb.
bet47/176
Sana21.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1714833
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176
Bog'liq
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo’lish mumkin: butun tarmoqni
boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar
ichidagi bo’limlarni boshqarish va h.k.
3.4. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari 
boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining
quyidagi turlari mavjud (3.4.1-rasm).
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruv
tuzilmalarining tashkiliy turlari
Chiziqli
pog’onali
Chiziqli-
shtabli
Funk-
sional
Chiziqli-
funksi-
onal
Dasturli
maqsadli
Matrisa-
li
3.4.1-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining
tashkiliy tuzilmasi
Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar,
avvalo, vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’ysunishning turiga ko’ra, bir-
biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha
masalalarga daxldor bo’lsa, u holda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb
ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga
daxldor bo’lsa, u holda bu xildagi aloqa funksional rasmiy aloqa deb ataladi.


Organlar o’rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud


bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi
aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o’rinni egallaydi. Lekin norasmiy
aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo’lga
qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo’lishi
mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan
umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki
do’stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e’tibor berish kerak. Chunki:
- norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo’g’inlari bilan bog’langan
bo’ladi;
- qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha
ishiga ta’sir ko’rsatadi;
- norasmiy tizim ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining
samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va
shunga o’xshash ko’rinishlar paydo bo’lishi mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling