O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
x
k = x modm ; y k = y modm 5. Yacheykadagi koordinatasi (X k1 U k ) bo‗lgan pikselning rangi (S) ni topamiz. 6. Akslantiruvchi rastrga S rangli (xu) pikselni yozamiz, bunday holda piksellarda aniqlovchi rastrlarning o‗lchami o‗zgarmaydi. Bu usuldan piksellarning yacheykada joylashishlarining barcha variantlari uchun fodalanib bo‗lmaydi. Bunday almashtirishlar uchun piksellar konfiguratsiyasi maxsus ishlab chiqilishi lozim. Qo‗yiladigan talablardan shunday ifodalash mumkin. Agar yacheyka ikki rang, masalan oq va qora rang, asosida tayyorlansa, gradatsiya esa yacheyka raqamiga proportsional holda o‗zgarsa, unda (i) raqami ostidagi yacheyka kul rangning to‗qroq gradatsiyasi uchun (I-1) raqamli yacheykadagi barcha qora piksellarni o‗zida saqlashi kerak. 5x5 yacheyka asosida barpo etilgan tasvirga misollar qaraymiz. Bunday tasvirni barpo etishda tasvir strukturasini yaqqol ko‗rsatish uchun yuqori bo‗lmagan ajratish qobiliyati tanlanadi. Yacheykalar ancha sezilarli kvadrat rastrlar hosil qiladi (10 – rasm). 106 10 – rasm. 5x5 yacheykali kvadrat rastrga misol. Tasvirni qabul qilishni (vospriyatie) yaxshilash uchun yacheykalarning boshqacha (masalan, dioganal) joylashishidan ham foydalanish mumkin (11 - rasm). 11 – rasm. 5x5 yacheykalarning dioganal joylashuvi Diagonal joylashuvni yacheykalarning juft qatorlarni biroz surish bilan olish mumkin. Yacheykadagi piksellar koordinatalarini quyidagicha hisoblash mumkin: , 2 2 mod m n y S X K = (x-s) mod m, Y K = y mod n. Gazetalar pechat qilish uchun foydalaniladiganga o‗xshash diagonal rastr strukturasini olish uchun yacheykalarning boshqa tipdagi kvadrat joylashishidagi ham foydalanish mumkin. Yuqorida dizeringga keltirilgan barcha misollar uchun yacheykalarning doimiy qadamga ega bo‗lgan o‗zgaruvchan o‗lchamli nuqtalar hosil qilinganligiga e‘tibor qilgan bo‗lsangiz kerak. Ammo tez-tez boshqacha bir yondashuv – doimiy o‗lchamli nuqtalarning o‗zgaruvchan qalinlikda joylashuvidan ham foydalanib turiladi. Bu usul chactotali modulyatsiya (ChM) nomini oldi. ChM usulining yaxshi tomoni – rastr strukturasining kamroq sezilishidir. Uning qo‗llanilishi piksellarning o‗lchamlari ularning qadamidan katta bo‗lgan 107 hollarda qiyinchilik tug‗diradi. Ma‘lum bir qalinlikdan so‗ng piksellar tutashib ketadilar. Bundan tashqari, diskret rastrda, ayniqsa o‗lchami uncha katta bo‗lmagan yacheykalar uchun qalinlikni (chastotani) tekis (planoviy) o‗zgarishini ta‘minlab bo‗lmaydi. ChM – dizering usuli bilan barpo etilgan tasvirlar uchun rastrli struktura kamroq seziladi. Ammo bir xil yacheykalarning ma‘lum tartibda joylashuvida hamisha tekstura, tovlanuvchan sirt (muar), oshiqcha konturlar paydo bo‗ladi. Muhim masalalardan biri – rastr strukturasini eng kam miqdorda sezilishini (aksincha gravyura stilida bunday strukturani yaqqol namoyon etish kerak bo‗lgan holatlardan tashqari) ta‘minlovchi variantlarni ishlab chiqishdir. Bu anchagina murakkab masala. Etarlicha sifatli tasvirlar hosil qilishning usullaridan biri – bu sochiluvchan (diffuz) dizeringdir (diffused dithering). Uning mohiyati shundaki, yacheykalar tasodifiy (yoki psevdotasodifiy) ravishda hosil qilinadi. Agar har bir gradatsiya uchun tasodifiy yacheykalar hosil qilsak, unda hatto rastrlarning doimiy rangli piksellari uchun ham tartiblashgan struktura hosil bo‗lmaydi. Bu notekis (matoviy) sirtdan nurning sochilib qaytishiga mos keladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling