O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Sut mahsulotlarini saqlash shartlari


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Sut mahsulotlarini saqlash shartlari: 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
118 
Sut va sut mahsulotlarini harorati 6°C haroratdan yuqori bo‘lmagan va yorug‘lik tushmaydigan 
xonada saqlash kerak. 
•sariyog‘ bilan sutni pishloq hamda qatiq va shunga o‘xshash sut mahsulotlaridan alohida 
saqlagan ma’qul. Chunki bunday mahsulotlarning hidi o‘tkir bo‘ladi. Sariyog‘ning sifatini saqlash 
uchun uni tuzli suvga botirilgan pergament qog‘oz yoki sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak; 
•smetana 7°C haroratdan yuqori bo‘lmagan salqin va qorong‘u joyda yaxshi saqlanadi
•tvorog, ayniqsa, yog‘sizi yog‘och idishda usti tuzli suvda namlangan doka bilan yopilgan 
holatda uzoq vaqt saqlanadi
•pishloq qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, tez mog‘orlaydi. Buning oldini olish qiyin emas: 
pishloqni mum surtilgan qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz kifoya; 
•sut mahsulotlari saqlanadigan joyda yoqimsiz hid va mog‘or paydo bo‘lmasligi uchun 
dezinfeksiyalash va oqlash zarur
•pishloqni boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlanadi. Sababi uning hidi boshqa mahsulotlarga 
tez uradi; 
•mog‘or bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan yaxshilab artish lozim. 
Sut mahsulotlarini iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi? 
Sut mahsulotlaridan voz kechish va vazn yo‘qotish o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qat’iy ilmiy 
dalillar mavjud bo‘lmasa-da, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu keskin vazn yo‘qotishiga yordam 
beradi. Ammo bunda nafaqat sutdan, balki hayvonlarning boshqa mahsulotlaridan ham voz kechish 
kerak bo‘ladi. 
Ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi: 
Ayrim odamlar sut mahsulotlariga nisbatan o‘ta sezgir bo‘lib, ularni iste’mol qilganidan so‘ng 
qorinda dam va boshqa noqulaylik paydo bo‘ladi. Biroq zaiflik, aksincha, sut mahsulotlarini iste’mol 
qilgandan keyin ich qotishi mavjud bo‘lsa, ulardan voz kechish mantiqan to‘g‘ri. 
Qolaversa, probiotiklar faqat yogurt va kefir shaklida iste’mol qilinsa, ichaklarda ularning 
yetishmasligi kuzatiladi. Sut kislotasi fermentatsiyasining boshqa mahsulotlari ham probiyotiklardir. 
Ratsionda ularning miqdorini oshirish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘proq loviya va ismaloq iste’mol 
qilish kerak. Sut, smetana va pishloqni rad etish tanadagi kalsiyni kamaytiradi va bunda ismaloq, 
brokkoli, loviya va boshqa dukkaklilar yordam beradi. 
Agar yuzda toshma yoki husnbuzarlar bo‘lsa, sutsiz diyetaga o‘tish muammoni bartaraf etishga 
yordam beradi. Sutda testosteronga o‘xshash biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular teri 
tomonidan yog‘ ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Natijada ko‘pincha teshiklar tiqilib qoladi, bu esa 
akne paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchi va uchinchi sabablar – sutdagi ortiqcha yog‘ va shakar. 
Bu teri muammolarining yana ikki aybdoridir. Sut, sariyog‘ va pishloqlarni unutib, chiroyli 
ko‘rinishga erishish mumkin. 
Go‘sht mahsulotlari inson ratsionida alohida o‘rin tutadi. Go‘sht mahsulotlari inson tanasini 
zaruriy aminokislotalarni o‘z ichiga olgan to‘liq oqsil bilan ta'minlaydi. Go‘sht mahsulotlarida inson 
salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlar, yog‘ kislotalari va minerallar mavjud. 
Go‘sht mahsulotlari yuqori ovqatlanish qiymati va yaxshi ta'mi bilan ajralib turadi. Go‘sht 
mahsulotlari ulkan assortimentda ishlab chiqariladi. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling