O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet124/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
119 
Go‘sht – so‘yilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi, asosiy oziq-ovqat 
mahsulotlaridan biri. Go‘sht ma'zasi jihatidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi 
qo‘shiladi, shuning uchun ham undan ko‘p miqdorda har xil taomlar va mahsulotlar tayyorlash 
mumkin. Go‘sht mushak, yog‘, qovurg‘a va suyak to‘qimalaridan tashkil topadi. Mushak 
to‘qimasining to‘yimliligi eng yuqori bo‘ladi. Unda ekstrakt moddalar, oqsil, yog‘, mineral moddalar. 
A, D va B guruhlardagi vitaminlar bor. Go‘sht to‘qimalari muskul, birlashtiruvchi suyak va iliklardan 
iborat. 
Go‘shtdan turli taomlar tayyorlanadi. Go‘shtni uy sharoitida (muzlatkichda) bir necha kun 
saqlash mumkin. Ovqat tayyorlashdan oldin go‘shtni oqib tuqib turgan suvda yuvish kerak. Go‘sht 
qaynatilganda uning 40%ga yaqin vazni yo‘qoladi. Undagi moddalar qaynab turgan suvga ajralib 
chiqadi. Go‘sht qovurilganda o‘z vaznining 37%ni yo‘qotadi. Qovurilgan go‘shtdagi suv bug‘lanib 
ajraladi, qolgan moddalari o‘zida qoladi. Muzlatilgan go‘shtni pishirishdan 2-3 soat oldin salqin joyga 
qo‘yib muzdan tushiriladi. Muzlatilgan go‘shtni issiq yoki sovuq suvda eritish tavsiya etilmaydi. 
Quyidagi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi: 
•so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa; 
•belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan bo‘lsa; 
•veterinariya hujjatlari bo‘lmasa; 
•ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa; 
•veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi bo‘lmasa; 
•oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, parrandalarning patlari yulinmagan bo‘lsa; 
•xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda 
qo‘yilgan bo‘lsa; 
•veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron 
bazasiga kiritilmagan bo‘lsa. 
Go‘shtdan butunlay voz kechishning eng muhim kamchiligi temir tanqisligi xavfining oshishi 
hisoblanadi. Shuningdek, yana bir boshqa salbiy tomoni omega-3 yog‘ kislotalarining yetishmasligini 
o‘z ichiga oladi. Ammo bu qo‘rqinchli emas, chunki malakali yondashuv bilan ushbu moddalarning 
yetishmasligidan qochish mumkin. Go‘sht iste’mol qilmaydiganlar, baliq va dengiz mahsulotlarini 
iste’mol qilsa, tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Agar bu mahsulotlar ham ratsionda bo‘lmasa, unga 
ko‘proq yong‘oq, urug‘, o‘simlik va zig‘ir moylari va avokadolarni qo‘shish tavsiya etiladi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling