“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
194
TERIB OLINGAN MEVALARNI SAQLASH SIFATIGA TA’SIR E’TIUVCHI OMILLAR
Xatamova Hamidaxon Komiljonovna Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti,
katta o’qituvchisi
Voxobjonova Ibodatoy Zoxidjon qizi “Organik qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish,
saqlash va qayta ishlash” ta’lim yo’nalishi 1-39 grux talabasi
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o’rni va
ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda
ham mavjud resurs va
imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash,
hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy
yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29
dekabr kuni Oliy Majlisga
yo’llagan Murojaatnomasida, kambag’allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini
ko’paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo’jaligida hosildorlik va samaradorlikni
keskin oshirish ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o’rtacha 2
ming dollardan
kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo’yildi va qishloq xo’jaligiga eng ilg’or
texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug’chilik, ilm-fan va innovatsiyalar
sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi.
Meva-uzum va sabzavotlar inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ularda yengil
hazm bo’ladigan qand, organik kislotalar, pektin moddalari, vitaminlar
va mineral moddalarning
ko’pligi oziqlik ahamiyatini yanada oshiradi. Meva-uzumlarning pishib yetilishi bilan oshlovchi
moddalar miqdori kamayadi, bu esa taxirligining pasayishiga olib keladi.
Meva-uzumlar tarkibida
yetilish paytida bir qator o’zgarishlar ro’y beradi. Ayniqsa ularda qand miqdori ko’payib, kislota
kamayib boradi. Masalan, ayrim mevalarda olcha, gilos va tog’olchada
kislota miqdori aksincha
ortadi. Mevalar pishganda ular tarkibidagi pektin va oshlovchi moddalar kamayadi. Vitaminlar
pishish davrida ko’payadi [3].
Do'stlaringiz bilan baham: