O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet280/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Karbonat angidrid. Uzum sharbatini germetik yopiq sig‘imlarda bijg‘itish vaqtida ajratib olinadi. 
Undan vinolarni saqlashda foydalaniladi.
Vino toshi. Vinolarni sig‘imlarda saqlash vaqtida sig‘im devorlariga yopishib qoladi. Sig‘imlar 
bo‘shatilganidan so‘ng yig‘ishtirib olinib quritiladi va undan vino kislotasi olinadi.
Konyak bardasi. Vinomaterialdan konyak spirti olgandan keyin qolgan qoldiq bo‘lib, undan vino 
kislotasi olishda foydalaniladi.
Yuqoridagi chiqitlarni qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi.
Vino kislotasining nordon birikmalari. Bu birikmalarga vino toshi va kalsiy tartrat tuzlari kiradi. 
Bu ikkala birikmadan sanoatda vino kislotasi olishda foydalaniladi. Vino kislotasi oziq-ovqat, qog‘oz, 
radotexnika sanoatida ishlatiladi.
Vino toshi kristall modda bo‘lib, uning tarkibi 83 %ni kaliy bitartrat, 5,4 %ni kalsiy tartrat va 1,1 
%ni kremnezema tashkil etadi. Vino toshi sovuq suvda yomon, issiq suvda yaxshi va spirtda erimaydi.[2]
Kalsiy tratrat oq kristall modda, suvda yaxshi erimaydi. Vino kislotasini nordon tuzlariga ohak 
suti, maydalangan bo‘r va kalsiy xlorid ta’sir etib olinadi. Uning tarkibida 57,7 %gacha vino kislotasi 
bo‘ladi.
Spirt–sires. Rangsiz tiniq suyuqlik, o‘ziga xos hidi va ta’mga ega, quvvati 40 %dan kam emas. 
Uning tarkibida yuqori molekulali spirtlar, aldegidlar, uchuvchan kislotalar va efir moddalari bor. Spirt-
sires rektifikatsiya qilinib 95,8 quvvatli spirt olinadi va bu spirt quvvatlangan vinolar ishlab chiqarishda 
ishlatiladi.
Uzum moyi. Uzum urug‘idan presslash yoki ekstraksiyalash usulida olinadi. Bu moyni 85 % 
to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan tashkil topgan, shu sababdan ham bu moy qonda xolestirin moddasini 
ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu moy margarin mahsulotlari ishlab chiqarishda farmatsevtikada 
ishlatiladi.
Oziq-ovqatbop bo‘yoq moddalar (enokrasitel).Qizil rangli uzumlarini turpidan konsentrat yoki 
kukun holda olinadi. Bu bo‘yoq moddalar qandolatchilikda va gazlangan ichimliklar ishlab-chiqarishda 
ishlatiladi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling