“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
290
TABIIY SHIRINLASHTIRUVCHI VOSITALARDAN FOYDALANIB YAXNA
ICHIMLIKLAR ISHLAB CHIARISH
mag Otamurodova D.Sh. 12-20 gr, prof. Bobaev I.D., mag. Jumaniyozova A.J. 12-20 gr,
asstent. Abdullaeva F.B., bak. O’razova M.N. 58-20 gr.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 99 720 02 14
Yaxna ichimliklar ishlab chiqarish jarayonida sifatli ichimlik suvi, shakar, meva ekstrakti va
sharbatlari, organik kislotalar (limon, sut, vino), ovqat bo‘yoqlari va essensiyalardan foydalaniladi.
Yaxna ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan suv ichimlik suvi uchun qo‘yiladigan barcha talablarga
javob berishi lozim [1].
Yaxna ichimliklarning tayorlangandan keyin sifati standart talablarga mos kelishi kerak.
Ularning tashqi ko‘rinishi tiniq va begona cho‘kmalarsiz bo‘lishi lozim. Yaxna ichimliklar tarkibida
margimush va og‘ir metall tuzlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi [2, 3, 4].
Tadqiqotning maqsadi nafaqat yuqori sifatli, balki biologik qiymati yuqori bo'lgan mahsulotlarni
olish uchun o'simlik xomashyosidan biologik faol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
texnologiyalarini takomillashtirishdir.
Yaxna ichimliklar uchun tabiiy shirinlashtiruvchi vositani olish uchun steviya o’simligidan
foydalanildi.
Hozirgi vaqtda shirinlashtiruvchi vosita ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblangan steviya
(Stevia rebaudiana) o‘simligi inson organizmiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator diterpen
glikozidlar aralashmasi - Steviozid, Rebaudiozid A, Rebaudiozid V, Rebaudiozid S, Rebaudiozid D
mavjud bo‘lib, ularning barchasi shirinlashtiruvchi vositalar shakarga nisbatan o‘rtacha 30-45 marta
shirin.
Steviozid iste’mol qilinganda organizmda insulin ajralishi kuzatilmaydi, bu esa, o‘z navbatida
insulinga qaram bo‘lgan diabetlarda insulin dozasini sezilarli darajada pasaytiradi. Shuningdek,
steviozid diabet bilan kasallangan bemorlarda gipoglikemik va giperglikemik holatlarni rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi.
Steviya barglaridan sanoatda shirinlashtiruvchi vosita sifatida ishlab chiqarish imkoni mavjud
bo‘lib, O‘zbekistonda eng yuqori hosil yiliga – 5-6 t/ga olish yo‘lga qo‘yilgan.
Tozalangan shirinlashtiruvchi kukunidan sirop olish uchun manba sifatida “Steviya” o‘simligi
bargidan foydalanildi.
Steviya o‘simligi kukunidan sirop tayyorlash uchun siropli qozonlarda qaynatiladi. Steviya
o‘simligi kukunidan siropini olish jarayoni quyidagi texnologik operatsiyalarni o'z ichiga oladi: Steviya
o‘simligi kukunini suvga solib eritmani qaynatish; siropni filtrlash va sovutish.
Steviya o‘simligi kukuni qoplar palletlarda sirop tayyorlash bo'limining ishlab chiqarish
omboriga etkazib beriladi, bu yerda tortishdan keyin steviya o‘simligi kukuni paqir liftining qabul qilish
bunkeriga, so'ngra oraliq saqlash bunkeriga va u yerdan siropli qozonga quyiladi, bu yerda bir vaqtning
o'zida hisoblab chiqilgan suv miqdori o'rnatiladi. Suv qozonga yetkazib beriladi va 55-60 °C ga qadar
isitiladi. Ushbu jarayon ikki marta takrorlanadi. Steviya o‘simligi kukuni siropi sterilizatsiya qilish
uchun yana 30 daqiqa qaynatiladi. Sirobning tayyorligi undagi shirinlik darajasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |